Uchuvchi bo'lishni istagan bolaning hikoyasi

Tanishing, Ahmadjon Ofokov, inklyuziv bo‘yicha qahramonimiz. U oddiy maktabda o‘qiydi, har kuni u yerga ishtiyoq bilan boradi. Bu yoqimtoy bola insonlar bilan oson do‘stlashadi.

UNICEF Uzbekistan
Ахмаджон в школьной форме под лучами декабрьского солнца.
UNICEF Uzbekistan/2020/Sorochin
07 Dekabr 2020

Sakkiz yashar Ahmadjonda Daun sindromi bor. U Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanidagi 284-sonli maktabnining birinchi sinf o‘quvchisi. Ahmadjon butun dunyoga nogironlik cheklov emasligini namoyish etib, tengqurlari va o‘qituvchilar bilan samimiy muloqot qiladi!

Sinfda Ahmadjon hamma narsani o‘zi qiladi. U rasm chizish, o‘qish va sanashni yaxshi ko‘radi.

Ахмаджон вместе с учительницей проводит простые математические вычисления.
UNICEF Uzbekistan/2020/Sorochin

Uning ustozi Ra'no Shamsitdinovaning aytishicha, Ahmadjon juda ochiq va mehribon bola. U boshqa bolalar bilan osonlikcha muloqot qiladi. Sinfdoshlar ham u bilan gaplashishni xush ko‘rishadi, shuning uchun u hech qachon yolg‘iz bo‘lmaydi. Ahmadjon har bir ishda rostgo‘ydir.

9-летний Ахмаджон, живущий с синдромом Дауна, в процессе занятия со своей преподавательницей.
UNICEF Uzbekistan/2020/Sorochin

«To‘g‘ri, nutqida nuqsonlar yo‘q emas, biroq biz uni ajratmasdan boshqa o‘quvchilarga bo‘lganidek munosabatdamiz. Ahmadjon barcha vazifalarni boshqalar bilan teng ravishda bajaradi. Maktab qoidalariga doim rioya qiladi.»

Ахмаджон использует классную доску для проведения своих вычислений.
UNICEF Uzbekistan/2020/Sorochin

Ahmadjon maktabda yangi do‘stlar orttirdi. Mufasira, Madina, Bobur va Ulug‘bek o‘z vazifalarini bajarib bo‘lganlaridan keyin birgalikda Ahmadjonga yozishda va mashqlarni bajarishda ko‘mak beradilar. Ularning do‘sti yordamga muhtojligini ko‘rishsa, o‘zlari yugurib keladilar. Madina Ahmadjon bilan birga o‘tirishni iltimos qiladi.

Bolajonning sevimli mashg‘uloti – LEGO detallaridan uylar va binolar qurish. Bunda u qo‘l ostidagi bor narsalardan foydalanadi.

Ахмаджон позирует на камеру в холе своей школы.
UNICEF Uzbekistan/2020/Sorochin

Eng ko‘p kimni yaxshi ko‘rasan degan savolga Ahmadjon o‘sha zahoti o‘zini ko‘rsatdi. Keyin onasi, otasi va opachasini aytdi. Do‘sti Bobur ham ushbu ro‘yxatga kiritildi.

Qo‘llarini samolyot qanotidek yoyar ekan, sakkiz yashar bolakay kelgusida uchuvchi bo‘lishni orzu qilishini aytdi.

Ахмаджон позирует на камеру в коридоре своей школы.
UNICEF Uzbekistan/2020/Sorochin