Amaliyot
Amaliyot dasturi talabalarga amaliy tajriba orttirish imkonini beradi

Qanday qilib talaba sizlarda amaliyot o`tishi mumkin?
UNICEF o'z mandati bilan bog'liq bo'lgan turli funktsional sohalarda faoliyat olib boradi va bu faoliyat uchta asosiy ustunga bo'linadi: dastur va siyosat, tashqi aloqalar va operatsion faoliyat.
Talabalarni amaliyotga olish, talabalarni amaliyotga olish va nazorat qilish idoralarning ehtiyoj va salohiyatiga bog`liq. Ayni vaqtda amaliyotga oid imkoniyatlar UNICEFning bandlik haqidagi sahifasida e'lon qilingan.
Amaliyotga qo'yiladigan talablar
Amaliyotda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- Bakalavriat, magistratura yoki aspiranturada o`qish. Bakalavriat kursiga qabul qilingan talabalar kamida ikki yillik to'liq kursni tamomlagan bo'lishlari kerak.
- UNICEFning eng kamida bitta ish tilini yaxshi bilish lozim: ingliz va rus tillari. Qirg'iz tilida ravon so`zlashish talab qilinadi.
- So`nggi oliy o'quv yurti yoki muassasalar yozuvlarida ko'rsatilganidek, mukammal va a`lo o`qish.
- Avvalgi kasbiy tajribaga qo'shimcha e'tibor beriladi.
Qanday murojaat qilish kerak?
Mavjud amaliyotlar ro'yxati bilan tanishish uchun bandlik haqidagi sahifamizni tekshiring.
Barcha arizalar onlayn elektron qabul qilish tizimi orqali topshirilishi kerak. Amaliyot dasturiga ariza berish uchun amaliyot reklama sahifasini oching va quyida joylashgan "Murojaat qilish" tugmasini bosing.
Agar allaqachon profilga ega bo'lgan nomzod bo`lsangiz, bu yerda elektron qabul qilish tizimiga kirishingiz mumkin.