Vasiylik tizimidagi islohotlar
Bolalarni himoya qilishning yanada keng qamrovli tizimi

Muammolar
Bolalar uchun eng katta mas'uliyat oilalar zimmasida bo‘lib, aynan oilalar ularning o‘sib-ulg‘ayshi, omon bo‘lishi va himoyalanishi uchun maqbul muhitni ta’minlay olishlari mumkinligi sababli, UNICEFning faoliyati bolalar o‘z oilalarida yashashlari va ularni imkon qadar ixtisoslashtirilgan vasiylik muassasalariga joylamasliklariga qaratilgan. UNICEF ham Mehribonlik uylari va internatlarda yashayotgan bolalar iloji bo‘lgan har bir holatda o‘z ota-onalari yoki qarindoshlarining bag‘riga qaytishlari va bolalarni faqat ularning manfaatini ko‘zlab, ota-onalaridan ajratib qo‘yishlari uchun qayg‘uradi. Bundan tashqari, UNICEF bolalarga oilaviy vasiylik qilinishining muqobil shakllaridan foydalanish, shu jumladan asrab olish, patronat va bolani o‘gay (foster) oilada tarbiyalash tajribasini ommalashtirmoqda.

Erishilgan yutuqlar
- UNICEF ko‘magida tashkil etilgan oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha beshta xizmatlar ko‘p oilalar va bolalarga ko‘maklashdilar va bolalar ixtisoslashtirilgan vasiylik muassasalariga topshirilishining oldini olish uchun ularga ijtimoiy xizmatlardan foydalanishga yordam berdilar;
- bolalar muassasalari xodimlari UNICEF va bolalar ijtimoiy moslashish Respublika markazi tomonidan bolalar o‘z oilalarida yashashlari hamda Mehribonlik uylari va internatlarda yashayotgan bolalar iloji bo‘lgan har bir holatda o‘z oilalariga qaytishlari naqadar muhimligi to‘g‘risida xabardorlikni oshirish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quvlardan o‘tdilar.
Yechim
- bolalarni himoya qilish sohasini isloh qilish va noinstitutsionallashtirish bo‘yicha kompleks strategiyani ishlab chiqishda O‘zbekiston hukumatiga ko‘maklashish va bunda 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga alohida e’tibor qaratish;
- - bolalar Mehribonlik uylari va boshqa vasiylik tashkilotlariga topshirilishining oldini olish maqsadida oila va mahalla darajasida bolalarni himoya qilish muammolarini hal qilishga yordam berishi mumkin bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalar va profilaktik ishlarni rivojlantirish, qiyin ahvolga tushib qolgan oilalarga yordam berish va qo‘llab-quvvatlash uchun mahallalarda tegishli xizmatlarni tashkillashtirish;
- oilaviy vasiylikning muqobil shakllarini rivojlantirish, shu jumladan bolalarni o‘gay oilalarga joylashtirish va bola qilib olish;
- bolalar Mehribonlik uylarida va boshqa davlat vasiylik muassasalarida yashashlari ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va bolalarni oilada tarbiyalash lozimligi to‘g‘risida mahallalar aholisining xabardorligini oshirish;
- o‘z oilalariga qaytarilgan bolalarga muqobil yordam ko‘rsatilishini ta’minlash yoki ularni o‘z ota-onalariga qaytarishning iloji bo‘lmasa, ma’qul shakldagi muqobil vasiylikni taqdim etish uchun ixtisoslashgan bolalar muassasalari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish.