Bola huquqlari bo'yicha milliy institutlarning xalqaro amaliyot va O'zbekiston tajribasini muhokama qilish bo’yicha yig'ilishi
Xalqaro va milliy ekspertlar tajriba almashinuvi
TOSHKENT, 2020 yil 4-noyabr – Bugun, UNICEF ва Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili o’rinbosari – Bola huquqlari bo’yicha vakil birgalikda inson huquqlari milliy institutlari, parlament a'zolari, O'zbekiston Respublikasi davlat organlari, tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbatini o'tkazmoqda.
"Bola huquqlari bo’yicha milliy inson huquqlari institutlarining faoliyati: xalqaro amaliyot va O'zbekiston tajribasi" mavzusida o'tkazilayotgan davra suhbatining maqsadi turli mamlakatlar tajribalarini almashish hamda mutaxassislar o'rtasida bolalar uchun inson huquqlari milliy institutlari ish faoliyatini tashkil etishning eng yaxshi usullari to'g'risida fikr almashishga qaratilgan.
"Bola huquqlari bo’yicha vakil O'zbekistondagi bolalar, ayniqsa ularning eng zaif guruhlari huquqlarini himoya qilishning markaziy mexanizmi bo'lishi mumkin,"- dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. "Bola huquqlari bo’yicha vakil o'z vazifalarini samarali va mustaqil bajarishi uchun barcha zarur vakolatlarga, imkoniyatlarga va resurslarga ega bo'lishi juda muhimdir,"- deb ta’kidladi.
UNICEF Bola huquqlari bo’yicha vakilni o'z vazifalarini xalqaro standartlar va boshqa mamlakatlarning ilg'or tajribalari asosida bajarishi uchun salohiyatini oshirishi borasida qo'llab-quvvatlaydi.
Ushbu uchrashuv BMTning Bola huquqlari bo'yicha qo'mitasi tavsiyalariga va O'zbekistonning inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlariga javoban 2020 yil fevral oyida bolalar ombudsmani lavozimi ta’sis etilganidan beri O'zbekistondagi bunday turkumdagi birinchi uchrashuvdir.
Xalqaro tajribaga asoslangan uchrashuv bolalarning ovozlari, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga bevosita va bilvosita bog'liq qarorlar bo'yicha bolalar bilan maslahatlashishga ehtiyoj borligini ta'kidlaydi.
Murakkab turmush tarziga tushgan va kamsitilgan bolalar guruhlariga alohida e'tibor beriladi. Mutaxassislar turma va boshqa yopiq muassasalarda bolalarning zaifligi, xususan, ularning turli xil zo'ravonlik va suiste'mol qilinish xavfini ko'rib chiqadilar.
Ushbu davra suhbati Bolalar ombudsmani va mintaqaviy vakillarning salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan 2 kunlik seminar bilan davom etadi. Seminar ishtirokchilari tegishli xalqaro standartlar va inson huquqlari milliy institutlari tomonidan turmalardagi bolalarni kuzatishda bolalar ishtiroki va monitoringini o'tkazish bo'yicha ilg'or tajribalar bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo’ladilar.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:
Safinas Axayeva, Bolalarni himoya qilish bo'yicha mas'ul
UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi
Telefon: + 998 90329 60 38
Elektron pochta: sahayeva@unicef.org
***
Nargiza Egamberdiyeva, Jamoatchilik bilan aloqa bo'yicha mas'ul
UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi
Telefon: + 998 93 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org
***
Shoxjahon Kulturayev, Yetakchi maslahatchi, Ombudsman kotibiyati Bola huquqlarini ta’minlash sektori
Telefon: +998 71 200 10 96
Elektron pochta: info_ombudsman.uzb@umail.uz
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to’g’risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun unicef.org/uzbekistan saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.