Jahon immunizatsiya haftaligi yakunlanishi munosabati bilan UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadening bayonoti

30 Aprel 2021
Представитель ЮНИСЕФ получает прививку против COVID-19
UNICEF Uzbekistan/2021

TOSHKENT, 30 aprel 2021 yil – Jahon immunizatsiysi hafatligi nihoyasiga yetar ekan, UNICEF o’zbekistonlik ota-onalar va hamjamiyatlarni bolalarni emlash bo'yicha erishilgan juda katta yutuq – mamlakatdagi emlash qamrovi 98% bo’lgani binal qutlaydi - bu ota-onalarning yuqori darajadagi saviyasi, boshlang’ich sog’liqni saqlash tizimining mustahkamligi va unga bo’lgan ishonch manunasidir.  

Endi ushbu ishonchni ilm-fanga va sog'liqni saqlash tizimidagi samarali yechimlarga, mamlakatdagi kattalar orasida COVID-19 ga qarshi emlashga nisbatan ham shakllantirish kerak.

Bugun men COVID-19 vaksinasining birinchi dozasini O'zbekistonning Toshkent shahrida oldim. Emlash xavfsiz, tez va og'riqsiz bo’ldi. Bu vaksinalarga hamda ularning samaradorligiga, insoniyatning kasalliklarga qarshi kurashidagi samarali vosita ekanligiga bo’lgan ishonchimni namoyish etishda yana bir qadamdir.

Kattalar xavfsizlikda bo'lmaguncha, bolalar xavfsizlikda bo’lolmayd, va emlashda erishilgan barcha yutuqlar zoye ketadi, ta'lim tizimi hamda boshqa ko'plab xizmatlar va tizimlar tiklanmaydi. COVID-19 ga qarshi ommaviy emlanish bo’lmas ekan, odamlar hayoti xavf ostida bo’ladi, makroiqtisodiy darajada mamlakatlarning tiklanishi qiyin bo’ladi.

Pandemiyani tugatishda har birimiz muhim rol o'ynaymiz va COVID-19 vaksinasi pandemiyadan chiqishning yagona yo'lidir. Sizning navbatingiz kelganida albatta COVID-19 ga qarshi  emlaning, bu sizni kasallikning eng og'ir shakllaridan xalos etadi.

UNICEF immunizatshiya sohasidagi ko’p yillik hamkor tashkilotdir. So‘nggi 3 yil davomida UNICEF hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Milliy immunizasiya dasturini qo‘llab-quvvatlashga deyarli 20 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritdi. Biz mamlakat, viloyat va tuman miqyoslarida vaksinalar omborxonalarini qurish, sovuqliq xonalarini jihozlash, sovutgichlar va muzlatgichlar hamda vaksinalarni tashish uchun transport vositalarini sotib olish, shuningdek vaksinalar logistikasi boshqaruv tizimni ishlab chiqish uchun orqali Sog’liqni Saqlash vazirligini qo’llab-quvvatlashda davom etmoqdamiz.

Bundan tashqari, UNICEF vaksinalar va emlashlar bo'yicha global alyans (GAVI) ko'magi bilan vaksinalarni xavfsiz va sifatli yetkazib berishni ta'minlash uchun 223 ta maxsus avtomashinalarni O’zbekiston hukumatiga taqdim etdi. Bu COVID-19 ga qarshi emlash jarayoni amalga oshirilayotgan davrda muhimdir.

O’zbekiston hukumatiga COVID-19 ga qarshi vaksinarani olib kelishda ko’mak berdik. Oxford-AstraZeneca vaksinasining dastlabki 660,000 dozasi 2021 yil mart oyida keltirildi. Bu COVAX dasturi doirasida O‘zbekiston uchun ajratilgan  2 256 000 doza vaksinalarning birinchi qismidir. Vaksinalarning qolgan qismi 2021 yil davomida bosqichma-bosqich keltiriladi.

COVAX doirasida vaksinalarning kelishi O'zbekistonning kasallanish xavfi yuqori bo’lgan aholini COVID-19 ga qarshi emlash bo’yicha harakatlariga hissa qo'shadi. UNICEF aholining eng zaif qatlamlarini vaksinalar bilan ta’minlashda O'zbekiston hukumatining sa'y-harakatlarini qo’llab-quvvatlashga sodiqdir.

Tabiiyki, emlash jarayoni niqob taqish, ko’pchilik yig’iladigan joylarga borishni checklash,  jismoniy masofani saqlash kabi sog'liqni saqlash choralariga rioya qilish bilan birga olib borilishi kerak. Faqat shu yo’sinda oilalar, jamoalar va millatlar o'zlarini tiklashlari mumkin.

Batafsil ma’lumot olish uchun murojaat qiling:

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Telefon: +998 93 380 34 19

El. pochta: negamberdieva@unicef.org 

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.