UNICEF: vaksinalarga ishonchni shaklantirish, yoshlarning ruhiy salomatligi borasidagi inqirozni yengib o‘tish va raqamli texnologiyalardan foydalanishdagi tafovutni bartaraf etish pandemiyadan keyin butun dunyo boalari uchun eng muhim imkoniyatlardandir

UNICEF Ijrochi direktori o‘zining ochiq xatida COVID-19 dan keyin dunyoni qayta tasavvur qilishda global pandemiyaning beshta sabog‘iga e'tiborni qaratadi

17 Fevral 2021

NYU-YORK, 17 fevral 2021 yil – UNICEFning ijrochi direktori Genrietta Forning bugun e'lon qilingan ochiq xatida ta'kidlanadiki, vaksinalarga bo'lgan global ishonchni tiklash, yoshlarning aqliy salomatligi va farovonligini ta'minlash, kamsitishga qarshi kurash, iqlim o'zgarishi va raqamli texnoligiyalardan foydalanishdagi tafovutni bartaraf etish xalqaro hamjamiyat uchun COVID-19 pandemiyasi bolalar manfaatlari uchun harakat qilishdagi eng katta imkoniyatlardir.

UNICEFning 75 yilligini butun dunyo bo'ylab nishonlashga bag'ishlangan maktubda, For xonim, dunyo global pandemiya bilan kurashishda davom etayotgan bir paytda, vaziyatni qayta ko'rib chiqish va bolalar uchun maqbul dunyo yaratishdagi asosiy imkoniyatlardan foydalanish zarurligini aytadi.

"UNICEFning 75 yilligini nishonlashni boshlar ekanmiz, ushbu tashkilot Ikkinchi jahon urushidan keyingi tarixiy inqiroz paytida tashkil etilganini eslaymiz", dedi For xonim. "O'sha paytda, urush vayron qilgan dunyoda bolalar duch keladigan muammolarning ko'lami juda katta ekanligini his etish mumkin edi. Biroq, biz tiklash mumkin bo'lgan narsalarni qayta tikladik. Biz dunyoning turli mintaqalarida sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minotning yangi tizimlarini shakllantirdik. Biz chechak va yovvoyi poliovirusni yengdik. Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotini yaratdik. Tarix bizni yana harakatga chorlaydi.”

Vaksinalar to’g’risida gapirar ekan, For emlash zarurligiga shubha qilish bizning COVID-19 bilan kurashish qobiliyatimizga jiddiy ta'sir qilishini ogohlantiradi. Dunyo bo'ylab vaksinalarni sotib olish, tashish va yetkazib berishda yordam ko’rsatish uchun hukumatlar, hamkorlar va donorlar bilan ishlayotgan bo'lsak ham, aholi orasida vaksinarga ishonchni shakllantirishimiz zarur. "Ishonch bo’lmasa, vaksinalar shunchaki shifokor kabinetidagi qimmat ampulalar bo’lib qolaveradi".

Ruhiy salomatlik mavzusiga to'xtalar ekan, For xonim COVID-19 bolalar va yoshlar o'rtasida bundan avval ham xavotirli bo’lgan ruhiy kasalliklar darajasi yanada o’sganini ta’kidlaydi, hamda xalqaro hamjamiyatni ushbu vaziyatni tuzatish uchun qo'shimcha choralar ko'rishga chaqiradi. "Mamlakatlar bu muammoni yechish uchun zarur sarmoyalar kiritishlari, mahalliy hamjamiyatlarda va maktablarda yigit-qizlarga ruhiy salomatlik va qo'llab-quvvatlanish xizmatlarini kengaytirishlari, zaif bolalarga o'z sharoitlarida kerakli parvarish va himoyani olishlari uchun ota-onalar dasturlarini ishlab chiqishlari kerak".

Raqamli texnologiyalardan foydalanishdagi tafovutni bartaraf etish nuqtai nazaridan For xonim dunyoning turli burchaklarida karantin kiritilishi muqarrar ravishda yuzaga keladigan tengsizlikni ko’rsatayotganini aytadi. 2020 yilning eng ko’p sonli maktablar yopilgan davrida dunyo miqyosida maktab o'quvchilarining qariyb 30 foizi masofaviy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lmadi. Ularning ba'zilari umuman sifatli ta'lim olish imkoniga ega emas. Maktub ta'limni qayta ko'rib chiqish va raqamli tafovutni bartaraf etish, ta'limga nisbatan yangi qarashni rivojlantirish va kelajakka qadam qo'yish uchun raqamli vositalardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratishga chorlaydi.

Xat ushbu imkoniyat lahzasi naqadar muhim ekanligini ta'kidlab yakunlanadi. "Xalqaro hamjamiyat bolalar uchun sarmoya kiritishni birinchi o'ringa qo'ygan inklyuziv tiklanishni qo'llab-quvvatlashi kerak", deb yozadi For xonim. "Har bir bola uchun kelajakni qayta ko'rib chiqishga qaratilgan, UNICEFning 75 yilligi nishonlanadigan yilda, bolalar va yoshlarni keyinga qoldirib bo’lmaydigan harakatlar bilan qo'llab-quvvatlaylik, hayotlarining barcha sohalarida yordam berib, ularni orzu qilishga rag’batlantiraylik!"

###

Muharriralar uchun eslatma:

Xatning to’liq matni: http://uni.cf/five-opportunities-children-letter

Foto, video va multimedia materiallar: https://weshare.unicef.org/Package/2AMZIFB4L05P

UNICEFning COVID-19 davrida bolalarni himoya qilish bo'yicha olti bandli rejasi: https://www.unicef.org/coronavirus/six-point-plan-protect-children

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF to’g’risida qo’shimcha ma’lumot va uning boalalar manfaatilari yo’lidagi faoliyati to’g’risida: www.unicef.org.

UNICEF faoliyatini Twitter va Facebook da kuzatib boring.

Qo’shimcha ma’lumot uchum murojaat qiling:

Janob Kurtis Kuper (Kurtis Cooper), UNICEF, Nyu-York, telefon: + 1 917 476 1435,
el. pochta: kacooper@unicef.org.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.