UNICEF: COVID-19 – bizning 75 yillik tariximizda bolalar uchun eng yirik global inqirozdir

UNICEF o‘zining 75 yilligini nishonlar ekan, COVID-19 pandemiyasi natijasida bolalar taraqqiyotining deyarli barcha ko‘rsatkichlari yomonlashayotgani, jumladan, qashshoqlik holatiga tushib qolgan ajablanarli 100 million bola borligi haqida ogohlantirmoq

11 Dekabr 2021
Ребенок смотрит на сотрудника ЮНИСЕФ
UNICEF Uzbekistan

Mul'timedia materiallarini bu yerdan yuklab olish mumkin

Nyu-York, 2021 yil, 9-dekabr – Bugun, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi tomonidan e'lon qilingan hisobotda aytilishicha, COVID-19 pandemiyasi bolalarga misli ko‘rilmagan miqyosda ta'sir ko‘rsatib, bu holat UNICEF o‘zining 75 yillik tarixida guvoh bo‘lgan bolalar uchun eng yomon inqirozga aylandi.

Preventing alost decade: Urgent action to reverse the devastating impact of COVID-19 on children and young people - Yo‘qotilgan o‘n yillikning oldini olish: COVID-19 pandemiyasining bolalar va yoshlarga halokatli ta'sirini qaytarish uchun shoshilinch choralar nomli hisobotida turli muammolarga, jumladan qashshoqlik, salomatlik, ta'lim olish, oziqlanish, bolalarni himoya qilish va ruhiy farovonlik borasida erishilgan o‘n yillik taraqqiyotga COVID-19 sabab yuzaga kelgan turli muammolar keng yoritilgan. Hisobotda ogohlantirilishicha, pandemiya boshlanganidan deyarli ikki yil o‘tgach, COVID-19 pandemiyasining keng tarqalgan ta'siri chuqurlashib, qashshoqlikni oshirib, tengsizlikni davom ettirmoqda va bolalar huquqlariga ilgari hech qachon ko‘rilmagan darajada tahdid solmoqda.

UNICEF ijrochi direktori Genrietta For: "UNICEF o‘z tarixi davomida butun dunyo bo‘ylab bolalar uchun sog‘lom va xavfsizroq muhit yaratishga yordam berdi va bu millionlab bolalar uchun ajoyib natijalarga olib keldi. Bu yutuqlar endi xavf ostida. COVID-19 pandemiyasi 75 yillik tariximizda bolalar taraqqiyoti uchun eng jiddiy tahdidga aylandi. Och qolgan, maktabga bormagan, zo‘ravonlikka uchragan, qashshoqlikda yashovchi yoki turmushga chiqishga majbur bo‘lgan bolalar soni ortib borishi bilan sog‘liqni saqlash, emlash, to‘g‘ri oziqlanish va asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati bo‘lgan bolalar soni kamayadi. Oldinga qarashimiz kerak bo‘lgan yilda biz orqaga qaytmoqdamiz."

Hisobotda aytilishicha, pandemiya sababli 100 million bola qashshoqlikda yashamoqda, bu 2019 yilga nisbatan 10 foizga ko‘p. Bu 2020-yil mart oyi o‘rtalaridan boshlab har soniyada taxminan 1,8 chaqaloqqa to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, hisobot yo‘qotilgan yutuqlarga qayta erishish uchun uzoq yo‘l haqida ogohlantiradi: hatto eng yaxshi ssenariyda ham tiklanish va COVID pandemiyasidan oldin qayd etilgan bolalar qashshoqligi darajasiga qaytish uchun kamida yetti-sakkiz yil kerak bo‘ladi.
Hisobotda qo‘shimcha dalillarning manbalari keltirilgan va aytilishicha, hozirda pandemiyadan oldingi davrdagi kambag‘al oilalarda 60 millionga ko‘proq bolalar yashaydi. Bundan tashqari, 2020-yilda 23 milliondan ortiq bola zaruriy vaksinalarni olmadi, bu ko‘rsatqich 2019-yildagiga nisbatan qariyb 4 millionga ko‘p, bu so‘nggi 11 yildagi bunday bolalarning eng ko‘p sonidir.

Pandemiyadan oldin ham butun dunyo bo‘ylab 1 milliardga yaqin bola ta'lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy, ovqatlanish, sanitariya yoki suvdan mahrum bo‘lishning eng yomon ko‘rinishlaridan birini boshdan kechirdi. Bu raqam hozir ortib bormoqda, chunki tengsiz iqtisodiy tiklanish boy va kambag‘al bolalar o‘rtasidagi tafovutni kengaytiradi, chetlashtirilgan va himoyasiz bolalar eng ko‘p zarar ko‘radi. Hisobotda qayd etilishicha:

  • o‘zining eng yuqori cho‘qqisida 1,5 milliarddan ortiq o‘quvchi umummilliy cheklovlar tufayli maktabdan tashqarida edi; inqirozning birinchi yilida butun dunyo bo‘ylab kunduzgi ta'limning deyarli 80 foizi uchun maktablar yopildi;
  • butun dunyo bo‘ylab ruhiy kasalliklar 10-19 yoshdagi o‘smirlarning 13 foizdan ko‘prog‘iga ta'sir qiladi; 2020-yil oktyabr' oyiga kelib, pandemiya dunyo mamlakatlarining 93 foizida jiddiy ruhiy salomatlik xizmatlarini to‘xtatdi yoki izdan chiqardi;
  • o‘n yillikning oxiriga kelib, COVID-19 pandemiyasi natijasida qo‘shimcha 10 milliongacha bolalar nikohi sodir bo‘lishi mumkin;
  • bolalar mehnatiga jalb qilingan bolalar soni dunyo bo‘ylab 160 millionga yetdi, bu so‘nggi to‘rt yil ichida 8,4 millionga ko‘paydi; qo‘shimcha 9 million bola 2022 yil oxirigacha pandemiya tufayli qashshoqlikning kuchayishi natijasida bolalar mehnatidan foydalanish xavfi ostida qoladi;
  • pandemiya avjida bo‘lgan davrda zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish xizmatlari jiddiy ravishda to‘xtab qolgan 104 mamlakatda 1,8 milliard bola yashagan;
  • 50 million bola to‘yib ovqatlanmaslikning hayot uchun eng xavfli shakli bo‘lgan qattiq ozishdan aziyat chekmoqda. Pandemiyaning bolalar oziqlanishi, bu boradagi xizmatlar va amaliyotga ta'siri tufayli mazkur ko‘rsatkich 2022 yilga kelib 9 millionga oshishi kutilmoqda.

Hisobotda pandemiya keltirib chiqaradigan muammolarni ta'kidlashdan tashqari, bolalar huquqlariga o‘ta jiddiy tahdid soladigan boshqa xavflar haqida ham ogohlantiriladi. Dunyo bo‘ylab 426 million bola bor, ya'ni, deyarli har besh boladan biri tobora kuchayib borayotgan va tinch aholiga ko‘proq zarar yetkazayotgan, bolalarga nomutanosib ravishda ta'sir qilayotgan mojaro hududida yashaydi. Ayollar va qizlar mojaro bilan bog‘liq jinsiy zo‘ravonlik xavfi ostida. Barcha insonparvarlik ehtiyojlarining 80 foizi mojarolar tufayli yuzaga keladi. Xuddi shunday, taxminan 1 milliard bola yoki dunyodagi bolalarning deyarli yarmi iqlim o‘zgarishi oqibatlarining "o‘ta yuqori xavfi" ostida bo‘lgan mamlakatlarda yashaydi.

Vaziyatlarga javoban harakat qilish, hayotni qayta qurish va har bir bolaning kelajagini qayta idrok eish uchun UNICEF quyidagilarga chorlashda davom etadi:

  • ijtimoiy himoyaga, inson kapitaliga va inklyuziv hamda barqaror iqtisodiyotni tiklashga sarmoya kiritish;
  • pandemiyaga barham berish va bolalar salomatligi va oziqlanishidagi xavotirli regressiyalarni, shu jumladan, COVID-19 vaksinalarini tarqatishda UNICEFning muhim rolidan foydalanish orqali bartaraf etish;
  • har bir bola uchun sifatli ta'lim, himoya va yaxshi ruhiy salomatlikni ta'minlash orqali bolalar kuchini tiklash va mustahkamlash;
  • bolalarni inqirozlarning oldini olish, ularga javob berish va ulardan himoya qilish, jumladan ochlikka barham berish, bolalarni iqlim o‘zgarishidan himoya qilish va tabiiy ofatlarga qarshi kurashish xarajatlarini qayta ko‘rib chiqishga yangi yondashuvlar orqali barqarorlikni oshirish.

"Global pandemiya, mojarolar kuchayib borayotgan va iqlim o‘zgarishining yomonlashuvi davrida hech qachon bolalarga yo‘naltirilgan yondashuv bugungi kundagidan muhimroq bo‘lmagan", dedi For. - Biz chorrahada turibmiz. Hukumatlar, donorlar va boshqa tashkilotlar bilan kelgusi 75 yil uchun umumiy yo‘limizni belgilab olishda bolalar uchun investisiyalarni ajratishda biz bolalarni birinchi o‘ringa, byudjetni qisqartirish uchun esa oxirgi o‘ringa qo‘yishimiz kerak. Bizning kelajagimiz biz bugun belgilayotgan ustuvor yo‘nalishlarda belgilab qo‘yilgan".

###
 
Muharrirlarga uchun eslatma:

Hisobotni bu yerdan yuklab olish mumkin.

UNICEF haqidagi yangiliklarni Twitter va Facebookda kuzatib boring.


Batafsil ma'lumot uchun murojaat qiling: 

Nizzina Mosin xonim (Nazzina Mohsin), UNICEF, N'yu-York, tel.: +1 929 538 8012,
el. pochta:  nmohsin@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.