UNICEF Hukumatga pandemiya davrida immunizatsiyani davom ettirishda yordam bermoqda

COVID-19 pandemiyasi immunizasiyaning insonlar hayoti va iqtisodiyotni himoya qilishdagi ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi. Hozirgi vaziyatda milliy immunizatsiya dasturi har qachongidan ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

UNICEF Uzbekistan
ЮНИСЕФ доставляет средства, необходимые для иммунизации
UNICEF Uzbekistan/2020
22 Iyun 2020

COVID-19 pandemiyasi immunizasiyaning insonlar hayoti va iqtisodiyotni himoya qilishdagi ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi. Hozirgi vaziyatda milliy immunizatsiya dasturi har qachongidan ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu muhim tibbiy xizmat barcha yoshdagi odamlarni emlash bilan oldini olish mumkin bo’lgan kasalliklardan himoya qiladi va bu kasalliklarning keng miqyosda tarqalishi ehtimolini kamaytiradi.

Milliy immunizasiya dasturi COVID-19 pandemiyasi davrida ham davom etishini ta'minlash maqsadida, UNICEF xalqaro hamkor tashkilotlar va hukumat bilan birgalikda o’ta muhim bo’lgan vosoitalar, jumladan aholi bilan bevosita muloqotda ishlovchi tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini etkazib berish bo’yicha ish olib borilmoqda.

Vaksinalar va immunizatsiya bo'yicha global alyans (GAVI)ning moliyaviy ko'magi bilan UNICEF shaxsiy himoya vositalarini sotib oldi va mamlakatning barcha 14 mintaqasiga etkazib berdi. 25 ming qutidan ortiq tibbiy qo'lqop, bir marotaba ishlatiladigan 820 mingta niqob, 8000 xalat va qopqoq, 4000 litr qo'l sanitariya vositalari va 130 kilogramm dezinfeksiyalash kukuni viloyat sanitariya-epidemiologiya farovonligi markazlariga topshirildi. Bu 4000 dan ortiq tibbiyot xodimlarini, jumladan birlamchi sog'liqni saqlash muassasalaridagi 3000 ta vaksinatorlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash imkonini berdi. Mazkur choralarning barchasi COVID-19 pandemiyasi davrida xavfsiz immunizatsiya xizmatlari taqdim etilishini ta'minlaydi.

ЮНИСЕФ предоставляет средства, необходимые для иммунизации
UNICEF Uzbekistan/2020

"Ushbu inqiroz davrida muntazam immunizatsiya dasturlarini davom ettirish, bu jarayonda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlarini hamda emlanayotgan kattalar va bolalarni tegishli ravishda himoya bilan ta’minlash juda ham muhim”, dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Sascha Graumann.

"Emlash orqali oldini olish mumkin bo’lgan kasalliklarning keng tarqab ketishiga yo’l qo’ymaslik nafaqat insonlar hayotini saqlab qoladi, balki ayni vaqtda, kasalliklar tarqaganida chora ko’rish uchun ketadigan mablag’ga nisbatan kamroq xarajatlarni talab qiladi. Bunday yondashuv COVID-19 pandemiyasi tufayli bosim ostida ishlayotgan sog’liqni saqlash tizimiga bo’lgan bosimni yengillatishga yordam beradi”, - deb qo’shimcha qildi u.

O'zbekistonda milliy immunizatsiya dasturi COVID-19 pandemiyasi davrida davom ettirilmoqda va kasalliklarga qarshi emlash qamrovini 90% dan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Immunizatsiya xizmatlari davom etar ekan, infeksiyaning oldini olish va COVID-19 virusi yuqishining oldini olishga qaratilgan profilaktika va nazorat choralari alohida ahamiyat kasb etadi.

UNICEF O’zbekiston hukumatiga milliy immunizatsiya dasturini mustahkamlashda yordam berishni davom ettiradi. COVID-19 pandemiyasi davrida xavfsizlik choralari bo’yicha aholining xabardorligini oshirish, tibbiyot xodimlarini zarur shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, vaksinalarni O'zbekistonga o'z vaqtida yetkazib berish va ularning xavfsiz saqlanishiga ko’maklashish bu boradagi tadbirlar jumlasiga kiradi.