To'siqlarsiz ijtimoiy himoya

Sirdaryoda yagona ro'yxatga olish tizimi sinovdan o'tkazilmoqda.

UNICEF Uzbekistan
Ayol va qizaloq uyining hovlisida.
UNICEF Uzbekistan/2020
12 Avgust 2020

Malika Qosimova oilasining uch avlodi vakillariga ovqat tayyorlash niyatida an'anaviy sabzavotli manti pishirish uchun bir qavatli uyining xonalaridan birida tiz cho'kib, xamir qormoqda.

Malika O'zbekistonning sharqiy qismida, Sirdaryo viloyatining qishloq hududida istiqomat qiladi. Uning oilasi kabi kam ta’minlangan oilalar moliyaviy yordam so’rab murojaat qilsa, ular yashaydigan hududdagi 15ta  hurmat-e’tiborli kishilardan tashkil topgan mahalla komissiyasi oldida o’z oilasining yordamga muhtojligi haqida gapirib beradi, shundan so’ng komissiya a’zolari ovoz berish yo’li bilan qaror chiqaradi.

“Ularning yuzlariga qarab turib o’z sharoitimiz haqida aytib bera olmas edik,” - deydi Malika, - “Bu juda ham noqulay edi.”

Женщина несет казан с едой.
UNICEF Uzbekistan/2020

Ushbu noqulay kechinma, Malika zarur qog'ozlarni to'plash uchun o’nlab hukumat idoralari eshigini qoqishi, va oila zo’rg’a kun kechirayotganini isbotlash uchun uzoq navbatlarda o’z galini kutib juda ko’p vaqt yuqotishi bilan yanada og’irlashar edi. So'ngra mahalla vakillari u biron-bir daromadini yashirishga urinmaganiga ishonch hosil qilish uchun uning uyini tekshirishga kelishar edi.

"Ular qaror chiqarishlari uchun bir hafta vaqt ketar edi. Keyin ular tomorqa yerim ko'pligini, oilamda nafaqa oluvchilar borligi sababli menga bola puli berilmasligini aytishar edi. Shunday vaqtlar bo’lganki, tarvuzimiz qo’ltig’imizdan tushib, qiynalib, uyga bir tiyin pulsiz qaytganmiz.”

Shu viloyatda yashaydigan yosh ona Dildora Abiyatovaning ham hikoyasi shunga o’xshash.

"Ular oilaviy ahvol haqidagi ma’lumotnomani, yerni ro'yxatga olish kitobini-kadastr nusxasini, bandlik haqida ma’lumotnomani, bundan tashqari oilaning omonat hisob kitob raqamini va keyin biz ishlashimiz yoki ishlamasligimiz haqida uch nafar qo’shnidan akt ham talab qilishar edi.”

Ayni vaqtda, viloytda sinov tariqasida ishga tushirilgan Yagona reeestr tizimi tufayli, bu oila boquvchilarning ikkisi uchun ham o’z oilalari ularning haqqi bo’lgan ijtimoiy yordamdan bahramand bo’lish osonlashdi.  

"Ijtimoiy himoya bo'yicha Yagona reyestr mustaqil faoliyat ko'rsatib, barcha zarur ma'lumotlarni to'qqizta idoradan oladi. Bu ma'lumot fuqaroning moliyaviy yordamga haqli yoki haqsiz ekanligini aniqlab beradi", - deydi mahalla raisi Inomiddin Yo'ldoshev.

 

Мать и отец пилят дерево, пока ребенок наблюдает за процессом.
UNICEF Uzbekistan/2020

“Hamma narsa o'zgardi,” - deydi Dildora yuzida tabassumi bilan. "Endi jarayon oson bo’ldi, chunki tug'ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport nusxasi va nikoh guvohnomasi talab qilinadi xolos. Endi turli idoralarga yugurishning keragi yo’q.”

Malika ham shu fikrni qo’llab-quvvatlab: "Endi komissiya yo'q. Biz faqat Sobesga -byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga kerakli hujjatlarni taqdim etamiz. Ular natijani darhol kompyuterdan olib, javob berishadi: "Xolajon, hammasi yaxshi. Sizning arizangiz ma’qullandi. Bola puli olasiz.” Hujjatlarimizni o'tkazganimizdan so'ng javobni SMS orqali yuborishadi. Bunga ko'p vaqt ketmaydi va so’ng har oyning 15-kunida biz pulni olamiz.”- deydi.

Daladagi zahmatli mehnat kunidan keyin, Malikaning oilasi kamsitish, byurokratiya va noaniqlik holatlaridan holi, farzandlarini asosiy ehtiyojlarini qoplash uchun o'z huquqi ta’minlanganligini his qilib, mazali mantini tanovvul qiladi.

Sirdaryo viloyatida sinov tariqasida ishga tushirilgan Yagona reyestr tizimi kam ta’minlangan oilalar uchun nafaqalarni rasmiylashtirishni osonlashtirdi. Mazkur loyiha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda UNICEF tomonidan birgalikda amalga oshirildi. Usbu tizimni butun O'zbekiston bo'ylab joriy qilish rejalishtirilmoqda.

UNICEF Uzbekistan/2020