"Siz menga keraksiz, onajon!". Nigora va uning oilasi haqida hikoya

Yozning issiq kunida, jazirama quyosh ostida 16 yoshli Nigora Farg'ona viloyatining qishloqlaridan birida shaftoli termoqda. Jazirama issiq uni bezovta qilayotgani yo’q. U o’ylayotgan yogana narsa - ukalari va singlisi uchun ozgina bo’lsa-da pul ishlash.

UNICEF Uzbekistan
Девочка накладывает еду своей сестре и брату.
UNICEF Uzbekistan/2020
16 Sentabr 2020
(Shaxsni himoya qilish maqsadida ismlar o'zgartirilgan)

Yozning issiq kunida, jazirama quyosh ostida 16 yoshli Nigora Farg'ona viloyatining qishloqlaridan birida shaftoli termoqda. Jazirama issiq uni bezovta qilayotgani yo’q. U o’ylayotgan yogana narsa - ukalari va singlisi uchun ozgina bo’lsa-da pul ishlash.

Nigora, uning ukalari va singlisi ota-onasi ajrashganidan so’ng Tojikistondan O’zbekistonga qaytarilgan. Ularning onasi qamoqda, otasi esa boshqa oila qurgan. U Tojikistonda ishlaydi, lekin bolalarga hech qanday moddiy yordam ko’rsatmaydi. Hozir Nigora, uning ukalari va singlisi uch xonali kichkina uyda buvisi hamda tog’alarining oilalari bilan istoqomat qilishadi.

Nigoraning ko’zlari g’amgin, u kam gapiradi. " O'zbekistonga kelganimizdan beri dadam faqat ikki marta bizga qo'ng'iroq qildi. Unga ham ancha vaqt bo’ldi. Onamni sog'indim, uni yana ko'rishni istayman," - deydi Nigora ko'zida yosh bilan.

U endigina  O’zbekistonga qaytganida mahalliy tilda so’zlashishdan qo'rqish va do'stlarining yo’qligi uchun maktabga borishni istamadi. “Men lotin alifbosini bilmayman, faqat kirillchani o'qiy olaman, - derdi u qayg’u bilan.

Qarindoshlar gender asosidagi o’rnashib qolgan tushunchalariga ko’ra qizlarga uydan tashqarida ta'lim olish va ishlash zarur emas degan nuqtai nazardan Nigoraning ta’lim olishi to’g’risida qayg’urmadilar. Uning 13 yoshli singlisi yangi oila a'zolari bilan til topisha olmadi, chunki onalarining taqdiri tufayli qarindoshlar bolalarga boshqacha munosabatda bo'lishdi. Kichkina uyda ko’pchilik bilan yashash unda hissiy stressni keltirib chiqardi, u  ko’p janjallashardi, yig'lardi va hattoki ko’chib ketmoqchi bo’ldi.

Hanuzgacha ahvol yaxshi emas. Bolalarning tog’asi ba’zan spirtli ichimlik ichadi va urushadi. Bolalar undan qo'rqishadi: "Agar biz uni bezovta qilsak yoki unga gap qaytarsak, u baqiradi va bizni urmoqchi bo'ladi, ammo bugungi kungacha bunday bo’lmadi", deydi Nigora pichirlab. Uch yoshli ukasi Akmal ko'pincha ota-onasi haqida so'raydi. Tengdoshlari ota-onalari tomon yugurayotganini ko'rgach, yig'lay boshlaydi va ota-onasi qayerda ekanligini so'raydi.

Baxtli va mehribon oilada katta bo’lish har bir bolaning huquqidir, lekin Nigora, uning ukalari va singlisi bunday imkoniyatga ega bo’lmadi.

UNICEF va Yevropa Ittifoqi amalga oshirayotgan "Janubi-Sharqiy, Janubiy va Markaziy Osiyoda migratsiya ta'sirida bo'lgan bolalarni himoya qilish" loyihasi doirasida oilaga biriktirilgan ijtimoiy xodim bolalarga yangi muhitga moslashishga yordam bermoqda. Uning sa'y-harakatlari tufayli Nigoraning buvisi bolalarga rasmiy vasiy etib tayinlandi, va ikki kichik nabirasi uchun nafaqa olish huquqiga ega bo’ldi. Oila davlat tomonidan qo'llab-quvvatlandi va ijtimoiy xodimning ko’magi bilan opa-singillar maktabga o’qiy boshladilar. Nigoraning buvisi va tog’alarining bolalari unga Lotin alifbosini o'rganishda yordam berishdi. Avvaliga Nigora o'qish va muloqot qilishda qiynaldi, lekin bir oz vaqt o’tgach, u o’zbek tilida kitoblarni o’qishni boshladi, do’stlar orttirdi va muntazam ravishda maktabga bordi. Kichik ukasi Akmal bolalar bog’chasiga borishi uchun barcha kerakli emlashlarr qilindi, u yerda u juda faol va do'stona bo'laga aylandi.

Pandemiya sababli maktablar yopilganidan so’ng bolalarning o’qishi to’xtatildi. Nigora onlayn o’qiy olmadi, shuning uchun maktab mashg’ulotlari vaqtida xolalariga shaftoli terishga yordam berib, kuniga 45000 so’mdan pul ishladi. Pul to’lanadigan mazkur ishdan tashqari u yana ovqat pishiradi, uylarni tozalaydi, ukalari va singlisini parvarish qiladi.

Дети знакомятся с новыми книгами.
UNICEF Uzbekistan/2020

Nigora o’smir vaqtidayoq ota-onalarning vazifalari uning zimmasiga tushdi. U nafaqat bolalaikdan, balki o’qish imkoniyatidan ham mahrum bo’ldi. Uning o’z ota-onasi yo’qligi va ona vazifasini bajarish uchun juda yosh ekanligi uchun ukasining tarbiyasini uddalay oladi deb o’ylash noto’g’ri. Nigora, ukalari va singlisi Akmal bilan o’ynash yoqsa-da, ularning mehri ota-ona mehrining o’rnini bosa olmaydi.

Ijtimoiy xodim oilaga qiyinchiliklarni yengishda, Nigora o’qishni davom ettirishida ularni qo’llab-quvvab, ishlashi davom ettirmoqda. Qiyin bolaligiga qaramay Nigora tikuvchi bo’lish orzusiga intiladi. Singlisi undan o'rnak olmoqda. Opa-singil ularning ko'nglini ko'tarish uchun haftada bir marta qo'ng'iroq qilayotgan onasi bilan diydor ko’rishishga umid qilishadi. Tushayotgan yulduzni kutib, osmonga tikilar ekan, "Men onamning qaytib kelishini istayman ... faqat shuni orzu qilaman", - deb shivirlaydi Nigora.  


Nigora haqidagi mazkur hikoya ota-onaning yo'qligi oilada bolalar uchun katta xavf tug'dirishi va uy ishlarining hajmi oshishi, hamda kichik uka-singillari uchun mas'uliyat tufayli erta yoshda ulg’ayishga olib kelishi mumkinligiga misol bo'la oladi. Shuningdek, bu ularning jismoniy rivojlanishi, oziqlanishi, o'qishining samaradorligiga ta’sir qilishi, salbiy tajriba va tushkunlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyada aytilganidek: "O’zining shaxsiyatining to'liq va uyg'un rivojlanishi uchun bola oilaviy muhitda, baxt, muhabbat va tushunish muhitida o'sishi kerak".

Ushbu hikoya Yevropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan moliyalashtirilgan "Janubi-Sharqiy, Janubiy va Markaziy Osiyoda migratsiya ta'sirida bo'lgan bolalarni himoya qilish" mintaqalararo loyiha doirasida amalga oshirilgan ishni aks ettiradi.