Samarali immunizatsiyaga qaratilgan sa’y-harakatlarni birlashtirish

Ushbu yilning sentabrida mamlakatimizning barcha hududlarida sovuqlik zanjiriga kiruvchi omborxonalar ochilmoqda.

UNICEF Uzbekistan
карта страны со складами холодовой цепи
UNICEF Uzbekistan
24 Sentabr 2019

Har bir bola va uning ota-onasi uchun emlash hayotning birinchi yillarining ajralmas qismidir. Ota-onalar farzandlarini emlashga ahd qilar ekanlar, o‘z farzandlarining sog‘lig‘ini himoya qilish uchun mas’ul ekanliklarini anglab, tan olgan bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, UNICEF va Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti birlashgan holda, GAVI Vaksinalar alyansining moliyaviy ko‘magida sog‘liqni saqlash tizimini, shu jumladan vaksinalarni saqlash va tashishni takomillashtiruvchi sovuqlik zanjiri uskunalarini optimallashtirish platformalarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishda birgalikda ishlamoqdalar. Ushbu oy butun mamlakat bo‘ylab bir qator sovuqlik zanjiridagi omborlarning rasmiy ochilishi va ularni Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirish bilan alohida e’tiborga molik bo‘ladi.

"O‘zbekistonda har bir vaksina yuborish nuqtasidan boshlab, to har bir hudud va so‘ngra tuman vaksinatsiya markazlariga yetkazilguniga qadar, optimal sharoitlarda, talab etilgan haroratda transportirovka qilinadi va saqlanadi", - deydi Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori janob Baxrom Almatov.

участники церемонии держат табличку октрываемого склада для вакцин
UNICEF Uzbekistan
холодовой склад для вакцин
UNICEF Uzbekistan

Mamlakatimizning barcha hududlarida sovuqlik zanjiriga kiruvchi omborxonalarni qurish va keyinchalik ularni sovuq xonalar, sovutgichlar, vaksinalar uchun muzlatgichlar, haroratni nazorat qilish moslamalari, sovuq qutilar, sovutgichli avtoulovlar kabi maxsus uskunalar bilan jihozlash uchun deyarli ikki yil vaqt kerak bo‘ldi va ularning umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortig‘ini tashkil etdi.

O‘zbekiston sotib oladigan har bir vaksina sertifikatlangan bo‘lib, emlash poliklinikada o‘tkaziladimi yoki xususiy emlash markazida amalga oshirilishidan qat’i nazar, vaksinalarning sifati va xavfsizligi qat’iy nazorat qilinadi. Sovuqlik zanjirining takomillashtirilgan uskunalari O‘zbekistondagi har bir bola xavfsiz va samarali emlashdan naf ko‘rishi uchun hayotni saqlovchi vaksinaning har bir flakonini maqbul holatda saqlashda muhim rol o‘ynaydi.