Pandemiya davrida o‘quv muassasalarida xavfsiz muhit

2020 -2021 o‘quv yili O’zbekistonning barcha maktablarida boshlandi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ham bolajonlarni qabul qilishga faol tayyorgarlik ko‘rdilar.

UNICEF Uzbekistan
Карандаши на столе, дети на фоне в процессе занятия.
UNICEF Uzbekistan
18 Sentabr 2020

2020 -2021 o‘quv yili O’zbekistonning barcha maktablarida boshlandi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ham bolajonlarni qabul qilishga faol tayyorgarlik ko‘rdilar.

O‘quv jarayoni bolalar uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, o‘qituvchilar va tengdoshlar bilan muloqot qilish o‘ta ahamiyatli va barcha yoshdagi bolalar uchun butun ta'lim va tarbiya jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Pandemiya davrida ushbu jarayon maktablardagi va maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi sharoitlar bolalar va o‘smirlar uchun xavfsiz bo‘lishiga qanday erishish mumkin? Bugungi kunda ushbu masala dunyoning ko‘pgina mamlakatlari uchun ustuvor bo‘lib turibdi, va O’zbekiston ham bolalar maktablarga va bolalar bog‘chalariga o‘z salomatliklari uchun xatarsiz qaytishlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. 

Maktablarda va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar va o‘smirlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida O’zbekiston hukumati tomonidan maktablar va maktabgacha tashkilotlar xavfsiz ochilishi va faoliyat yuritishi bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqildi. Ushbu qo‘llanmalarni tadbiq etish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi UNICEF bilan birgalikda bolalar va ota-onalar, barcha ta'lim tashkilotlari xodimlari hamda ma'muriy tuzilmalar uchun bir qator axborot-ta'lim materiallarini ham ishlab chiqdilar.  

Ushbu materiallar COVID -19 to’grisida bilimlarni oshirish, pandemiya sharoitida ta'lim muassasalarida bolalar jam bo‘lgan vaqtda qo‘llar va nafas olish gigienasi, ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilishning ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, mazkur materiallarga bolalar bog‘chalarida xavfsiz muhitni tashkil qilish, kichik yoshdagi bolalarni o‘qitish va ular bilan muloqot qilishga oid batafsil yo‘riqnomalar kiritilgan.