Ozodlikdan mahrum qilish - yagona va eng maqbul yechim emas

Yuvenal yustitsiyaga innovatsion yondashuv qanday qilib Anvarning hayotini tiklashga yordam berdi

UNICEF Uzbekistan
Женщины беседуют с подростком и его мамой.
UNICEF Uzbekistan/2020
11 Sentabr 2020
(Shaxsni himoya qilish uchun ismlar o'zgartirilgan)

"Men butunlay sarosimaga tushib qoldim. Uular o'g'limni olib ketishadi va men uni qayta ko'rolmayman degan firk aqlimni qamrab oldi. O'g'limni sudlanuvchilarn kursisida, o'zimni esa sud zalida tasavvur qilib, qo'rqib ketdim", - deydi Anora, ovozi bir qadar qaltirab. U keyin o'zi bilan hali ham shu yerda birga ekanini eslatganday, yonida o'tirgan o'n olti yashar o'g'li Anvarga tezgina nigoh tashlaydi.

Anora so’zlab berayotgan voqea bundan to'rt oycha avval O'zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi o’zi yashaydigan mahallada sodir bo'lgan. Do'stlarini hayron qoldirmoqchi bo'lib, Anvar otasining avtomobilini garajdan olib chiqdi va oldin hech qachon uni boshqarmaganiga qaramasdan moshina haydamaganiga qaramay yo'lga chiqdi. Tabiiyki, u juda tez orada avtomobil boshqaruvini  yo'qotgan va tomosha qilib turgan do'stlaridan birini moshina bilan urib yuborgan. Olingan jarohatlar tufayli bola bir necha oy shifoxonada davolanishga majbur bo’ldi.

Anvarning qilgan ishi O'zbekiston Jinoyat kodeksi qamrovi ostiga tushadi va uch yilgacha jamoat xizmatini o’tashga olib kelishi mumkin. Anvarni va uning ota-onasini qo’rqitgan narsa jinoiy adliya tizimi jarayonidan o’tish va sudlanganlik to’risidagi axborotning qayd etilishi edi. "Men ota-onamni ranjitdim deb o'yladim. Men jinoiy qaydga ega bo’lgan kishi  muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin emas deb o'ylayman. Bu inson kelajagini xarob qiladi", deydi ko’zlarini yerga tikib.

Ammo Anvar uchun uning ishi odatdagi sud tartiblariga amal qilmadi. Buning o'rniga unga adliya tizimidan chiqarish jarayonida - voyaga yetmagan huquqbuzarlarni adliya tizimidan chiqarish yoki yo'naltirish uchun harakat qiladigan dasturda qatnashish taklif qilindi.

Adolat sari boshqacha yo'l

Adliya tizimidan chiqarish Anvar kabi voyaga yetmaganlarga stress vaozodlikdan mahrum etish, shuningdek sudlanganlik to’g’risidagi axborotni qayd etish kabi  rasmiy sud ishlarini yuritishning salbiy oqibatlarini oldini olish imkonini beradi.

Adliya tizimidan chiqarish voyaga yetmaganlarning ko’pchiligining ishalri bilan shug’ullanishga imkon beradigan bo'lgan jarayonlar, tuzilmalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali qonun bilan ziddiyatda bo'lgan bolalarni sud jarayonlaridan shartli yo'naltirish sifatida belgilanadi. Ushbu organlar fuqarolik jamiyati tashkilotlari, NNT, jamoa guruhlari va ma'muriy tuzilmalardir.

Adliya tizimidan chiqarish chora-tadbirlarining maqsadi bolalar huquqbuzarlik sodir qilishlarining sabablarini aniqlash va samarali reabilitatsiya va reintegratsiya faoliyatini ta'minlashdan iborat. Adliya tizimidan chiqarish iqtisodiy jihatdan ko’p xarajatli sud jarayonidan ko’ra iqtisodiy tomoddan afzal bo’lib, bolalar tomonidan yana huquqbuzarlikni oldini olish uchun ham samaralidir.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, adliya tizimidan chiqarish tashabbusidan naf ko’rgan bolalar, jinoiy javobgarlikning an'anaviy shakllaridagi jarayondan o’tgan tengdoshlariga nisbatan qaytadan huquqbuzarlikni sodir etishlari darajasi sezilarli past bo’ladi.

Sudlanganligi rasmiy ravishda qayd etilgan voyaga yetmaganlar ko'pincha kamsitish va jinoyatchilar sifatida tamg’alanish holatlariga duch keladi. Adliya tizimidan chiqarish bunday salbiy ta'sirlarning oldini olish, bolalar huquqlarini himoya qilishga yordam beruvchi muhim vosita bo'lishi mumkin.

Shuning uchun, voqea sodir bo'lganidan bir hafta o'tgach, Anoraga sinov loyihasining ijtimoiy xodimi qo'ng'iroq qilib, adliya tizimidan chiqarish va tiklovchi adliya yondashuvi haqida gapirib, bu jarayon nima ekanligini va Bundan Anvar qanday foydalanishi mumkinligini tushuntirdi. Bunga ona-bola darhol o’z roziliklarini bildirishdi. "Ushbu loyiha haqida eshitganimda juda xursand bo'ldim. Bu juda yaxshi belgi deb o'ylagandim", - deydi Anora.

O'zbekistonda adliya tizimidan chiqarish va tiklovchi adliya yondashuvini sinov tariqasida boshlash

Shu tariqa Anvar Toshkent shahri Chilonzor tumanida sinov tariqasidagi adliya tizimidan chiqarish innovatsion loyihasining qatnashchisiga aylandi.

Loyihani Bosh prokuratura va Bosh prokuratura akademiyasi mahalliy hokimiyat va UNICEF ko'magida amalga oshiradi. Unda turli tashkilotlar vakillaridan iborat   10 nafar professionallar jamoasi bo’lib, ular qatorida shu jumladan Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha idoralararo komissiya (BYeIBIK) kotibi, koordinator, ijtimoiy xodimlar, adliya tizimidan chiqarish bo'yicha mutaxassislar, o'qituvchilar,fasilitatorlar, shuningdek, Yoshlar Ittifoqi va Mahalla qo'mitasi vakillari  Ishtirok etadilar.

Loyiha doirasida uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar (o'g'rilik, bezorilik, tan jarohati yetkazish, talonchilik) sodir etgan 14-18 yoshli bolalar hamda ma’muriy huquqbuzarliklar (engil tan jarohati, mayda bezorilik, myda o’g’rilik) sodir etgan 16-18 yoshli bolalar Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha idoralararo komissiya (BYeIBIK) tasarrufidagi adliya tizimidan chiqarish bo'linmasiga yuboriladi. So'ngra jamoa a'zolari bolalar va ularning oilalari ehtiyojlarini aniqlaydi va shuningdek, bolalarning huquqbuzarlik xulqini o’zgartirish uchun individual chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, uni amalga oshiradilar.

Adliya tizimidan chiqarish tiklovchi adliya yondashuvi bilan yoki usiz amalga oshirilishi mumkin va har ikkala ko’rinish ham sinov loyihasi paytida ishlatilmoqda. Tiklovchi adliya ikkala tomon voyaga etmagan shaxs yetkazilgan zararni qanday qiib tiklashi mumknligini muhokama qiladi. Loyihani kengaytirish uchun uni Toshkent shahrining boshqa tumanlarida ham amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu sinov loyihasi dasturni keng miqyosda joriy etish bo'yicha olingan saboqlarni tushunishga, shuningdek huquqbuzarliklarni qo'llashda huquqni muhofaza qilish organlari va ijtimoiy ta'minot organlari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Keyingi bosqichlar, shuningdek, adliya tizimidan chiqarish chora-tadbirlarini milliy qonunchilik va amaliyotga kiritishni ham o'z ichiga oladi.

Tiklovchi adolat bilan adliya tizimidan chiqarish huquqbuzar, jabrlanuvchi va jamiyat o'rtasida iloji boricha jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni tiklash va totuvlikni tiklashni ta'kidlovchi huquqbuzarliklarga javob berish usulidir. Huquqbuzar va jabrlanuvchi bu jarayonda jinoyatdan kelib chiqadigan masalalarni, odatdamalakali vositachi yordamida hal qilish uchun faol ishtirok etadi.

Loyiha davomida Anvarga yordam bergan ijtimoiy xodim Madina Gobozova, adliya tizimidan chiqarishni  yuvenal adliya tizimidan ajralib turadigan asosiy nuqta deb hisoblaydi. "Bolalarga nisbatan umuman boshqacha munosabat bo’ladi. Ha, ular o’z xatosini qabul qilishlari kerak, chunki ushbu loyihaning bir qismi bo'lishning asosiy shartlaridan biri bolaning o’ z xatosini tushunib yetishi va uni tuzatishga rozi bo'lishidir. Keyin esa biz unga yordam berishni boshlaymiz. Jazolash bilan emas. Bu yordam bolaning o'zi bilan birgalikda reja ishlab chiqishni o'z ichiga oladi. Uning oilasi bu jarayon davomida uni qo'llab-quvvatlaydi. U o'zi bilan butun oilasini olib kelishi mumkin", deydi u.

Anvarning holatida, rejaga keksalarga qarash, nogironlarni ziyorat qilish, masjid va boshqa joylardagi tozalash ishlariga yordam berish kabi haftalik asosida yangilangan turli vazifalar kiritilgan. O'zaro kelishuvga asoslanib, u jabrlanuvchining oldiga darslarini tayyorlashda yordam berish uchun tashrif buyurdi.

Qiyinchiliklar

Ziddiyatli tomonlar o'rtasida bunday kelishuvga erishish ancha mushkul. "Jabrlanuvchilar ko'pincha huquqbuzarni jazolash uchun ularni ozodlikdam mahrum etishni talab qiladilar. Lekin biz har doim murosaga kelishga harakat qilamiz. Fasilitatorlarimiz jabrlanganlarga bolalar sodir etgan huquqbuzarligini anglashga imkon berish ularni panjara ortiga qo'yishdan yaxshiroq ekanini tushuntiradilar", - deydi loyihada yaqindan ishtirok etayotgan "Oila" tadqiqot markazi rahbari Umida Turg'unova.

Madina Gobozovaning aytishicha, jabrlanganlarga etkazilgan ziyon uchun moddiy to’lovni amalga oshirish uchun voyaga yetmaganlar ko’pincha ish topishi kerak, bu esa oson emas, ayniqsa, davom etayotgan pandemiya paytida. "Bu muammoni ijtimoiy xodim sifatida hal qilish qiyin, chunki bizda hech qanday vakolatyo’q. Bu borada huquq-tartibot va davlat organlari loyihaga yordam berishini istayman", - deydi u.

Madinaning aytishicha, u hozirgacha oltita adliya tizimidan chiqarish holatida ishtirok etgan, ulardan beshtasi muvaffaqiyat qozongan. Oxirgisi esa, jalb qilingan voyaga yetmagan huquqbuzar uch oy oldin o'z ishini yo'qotgani sababli tovon to'lashga qodir emasligidan cho'zilib ketdi, deydi u.

Hayotlarni tiklash

Barcha chora-tadbirlar mo'ljallanganidek ish bersa, adliya tizimidan chiqarish huquqbuzarlik sodir etgan  bolalar va ularning oilalari uchun hayotni o'zgartiradigan tajriba bo'lishi mumkin.

Anvarning misoli shunday holatlardan biridir. Uning aytishicha loyihada o'tkazilgan uch oy nafaqat uni sudlangan degan nomdan asradi, balki o’z xatosini haqiqatdan ham qabul qilish va boshqalarga, va o'ziga o’z hulq-atvorini to’g’rilashga qodir ekanligini isbotlashga yordam berdi. "Men o'z oldimga maqsad qo'yib, keyin harakat qilib unga erisha olishimni bilib oldim", - deydi u.

Anora uchun o’gli avarigacha qanday bo’lsa shunday qaytgani asosiy natija bo’ldi. «Uni ichki ishlar organlari olib ketishsa, u avvalgidek bo'lmaydi deb qo'rqardim. Menimcha, u bunday muhitda bo’lish uchun yetarlicha katta emas», - deydi u va Anvar haqiqatan ham qaytib kelganini qo'shimcha qiladi.

Anora loyiha davomida o'g'lini qo'llab-quvvatladi, har doim u bilan birga bo'lib, unga vazifalarni bajarishda yordam berdi. Anora ushbu jarayon ular o'rtasidagi rishtalarni avvalgidan ham kuchliroq qilganini his qiladi. Anora Anvar loyihani muvaffaqiyatli yakunlagan kuni ijtimoiy xodimlar bilan yakuniy uchrashuvini eslaydi: "Ikkovimiz ham o'sha so'nggi uchrashuvdan chiqqanimizda Anvar meni quchoqladi va u sabab bo'lgan barcha qiyinchiliklardan afsusda ekanligini aytdi. O'sha onni hech qachon unutmayman".