Oʻzbekistonda bolalarni parvarishlash tizimini isloh qilish

2030 yilgacha internat muassasalarida bironta bola qolmasligi uchun

UNICEF
Reforming the child care system in Uzbekistan
UNICEF 04.10.2021
04 Oktabr 2021

Yaqinda qabul qilingan noinstitutsionallashtirish siyosatiga qaramay, Oʻzbekistonda yuzlab bolalarni tarbiyalayotgan yirik internat muassasalari hanuzgacha bu boradagi soʻnggi chora emas, balki bolalarni parvarishlashning ustun turgan muqobil varianti sifatida faoliyat yuritmoqda.

UNICEFning bolalarni himoya qilishga oid tadqiqotiga koʻra, bolalar internat muassasalariga tushib qolishining asosiy sabablari sifatida qashshoqlik, oilaviy muammolar, migratsiya va ajrashishlar kabi holatlar кўрсатилган.

Rasmiy hukumat ma'lumotlari[1] shuni koʻrsatadiki, 2018 yilda har xil turdagi internat muassasalarida 26 532 bola yashagan, ularning aksariyati nogironligi bo’lgan bolalar.

Bolalar koʻpincha nogironlik holatida yoki ularning oilasi moddiy jihatdan qiynalayotgan hollarda internat muassasalariga joylashtiriladi. Bunday hollarda bolalar oilaviy muhitda oʻsish huquqidan mahrum boʻladi, - deydi bola huquqlari boʻyicha Oʻzbekistondagi vakil Aliya Yunusova. Bolalarni oilasidan ajratish oʻrniga, muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash va ularning bolalariga yordam berish yaxshiroqdir.

Oʻzbekistondagi internat muassasalarida yashovchi bolalar soni har 100 ming bolaga 255 tani tashkil etadi, bu dunyo boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan ikki baravar koʻp. Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarning eng katta qismini 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalar tashkil etadi, lekin ota-ona qaramogʻidan mahrum bolayotganlar orasida ikki yoshgacha boʻlgan bolalar tobora ortib boryapti.   

Ota-onalar oʻz farzandlarini bolalar muassasalarda qoldirib, ular shu yerda barcha kerakli narsalarga ega boʻlishadi, deb oʻylaydilar, lekin bu notoʻgʻri. Bola yakkalangan holda ulgʻayadi va uning ma’naviy-madaniy rivojlanishiga jiddiy putur yetkaziladi”, - deb ta’kidlaydi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Diloram Toshmuxamedova.

Shu sababli, UNICEF bola huquqlari boʻyicha Vakil va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining koʻmagida Toshkent viloyatida “Internat muassasalarida yashayotgan bolalar toʻgʻrisida xarita tuzish va ma'lumotlarni yigʻish tadqiqotini boshlab yubordi. Ushbu tadqiqot Oʻzbekistonda bolalarni parvarishlash tizimini isloh qilish uchun haqiqiy ma’lumotlarni toʻplashga qaratilgan.

Biz yopiq muassasalarga joylashtirilgan bolalar uchun oilaviy muhitni yaratib bera olmaymiz. Har bir bola oilada oʻsib ulgʻayishi kerak, - deydi Toshkent viloyati Hokimi Davron Hidoyatov.

Bolalar internat muassasalarida parvarishlanishiga boʻlgan qaramlikni kamaytirish va bolalar uchun eng yaxshi ekanligi isbotlangan har bir bolaning oilaviy muhitda rivojlanishini ta'minlash maqsadida quyidagi yondashuvni qoʻllash zarur. Oilani asrab qolishga qaratilgan  oldini olish choralari ustuvorlikka ega boʻlishi kerakligi bilan bir paytda, bola internat muassasasiga keraksiz joylashtirilishi va u yerda yashashining oldini olish uchun bolani, eng yaxshisi, u yashagan hududda, oilaviy muhitda muqobil parvarishlash variantlarini ham ishlab chiqish zarur.  

Umuman olganda, “hamma uchun bitta joy” yondashuvidan individual harakatlarga oʻtish lozim. Bolalar va ularning oilalarining jamiyatdagi turli ehtiyojlarini, shuningdek, muqobil tartibda parvarishlanayotgan bolalar ehtiyojlarini qondirish uchun “gʻamxoʻrlik paketlari” talab qilinadi.

Oʻnlab yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida qoʻlga kiritilgan koʻplab ma’lumotlar institutsional parvarish bolalarning rivojlanishi va farovonligiga zarar yetkazishidan dalolat beradi. Bolalar, xususan yosh bolalar, hissiy va jismoniy rivojlanishida sezilarli kechikishlarga duch kelishi mumkin, - deb ta'kidlaydi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bolalarni himoya qilish boʻyicha mutaxassisi Antonia Lyudeke.

UNICEF har bir bola oilaviy muhitda ulgʻayish va yashash huquqiga ega, deb hisoblaydi va Oʻzbekiston Prezidentining bolalarni parvarishlash tizimini isloh qilishni jadallashtirish, shu jumladan bolalar uchun yangi internatlarini yaratishni taqiqlash va bunday muassasalarga joylashtirilgan bolalarni bosqichma-bosqich oʻz oilalariga va jamiyatlariga qaytarishni rejalashtirish haqidagi qarorini olqishlaydi. Lekin qayta integratsiyalashuv jarayonini puxta rejalashtirish, bolalar va ularning oilalarini esa butun jarayon davomida qoʻllab-quvvatlash zarur.

 


[1] Davlat Statistika Qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan rasmiy statistika va 2018 yilda vazirliklardan yigʻilgan ma'muriy ma'lumotlar, UNICEF.