COVID19 cheklovlari VPChga qarshi muvaffaqiyatli emlashni amalga oshirish uchun to‘siq bo‘la olmaydi

Egizak o‘g‘illari va 10 yoshli qizini COVID-19 dan asrash bilangina band bo’lib, bolalarini vaksinatsiya jadvaliga muvofiq emlatish esiga ham kelmadi.

UNICEF Uzbekistan
Медсестра набирает лекарство в шприц.
UNICEF Uzbekistan/2020
17 Sentabr 2020

Svetlana 36 yoshda. Pandemiyagacha u dam olish kunlarini oilasi bilan uydan tashqarida o’tkazar edi. Ammo COVID-19 bois o‘rnatilgan cheklovlar sababli u Toshkentdagiuyida qolmoqda. Faqat oziq-ovqat sotib olish uchun niqob va qo‘lqoplarni kiygan holda ko‘chaga chiqadi. Egizak o‘g‘illari va 10 yoshli qizini COVID-19 dan asrash bilangina band bo’lib, bolalarini vaksinatsiya jadvaliga muvofiq emlatish esiga ham kelmadi  .

"Rostini aytsam, pandemiya paytida emlash haqida o‘ylamagan ham edim", - deydi u.

VPCh vaksinasi qizlar va ayollarni bachadon bo‘yni saratonidan himoya qiladi. Kasallikning dastlabki vaqtida o‘zini oshkor qilishi mumkin bo‘lgan alomatlari kam bo‘lgani tufayli bu shafqatsiz kasallik, saraton kasalligining butun dunyoda eng ko‘p o‘limga olib keladigan turlaridan biridir. O‘tgan yili UNICEF va JSST O‘zbekistondagi barcha to‘qqiz yoshli qizlarga mamlakat bo‘ylab poliklinikalar va maktablarda emlashning birinchi dozasi berilishini ta'minlash bo‘yicha  Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan olib borilayotgan faoliyatga ko‘maklashdi. Shuningdek, mazkur idoralar vaksina haqidagi mish-mishlarni bartaraf etish, uning salomatlikka qanday yordam berishi mumkinligidan xabardor qilish va maktablarda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini o‘qitish bo‘yicha birgalikda ish olib bordilar.

Karantin sharoitiga qaramay, joriy yilning may oyida qizlarni VPCh vaksinasining ikkinchi dozasini bilan emlash kerak edi, aks holda vaksina samarasiz bo‘ladi. Poliklinikalar emlashlar davom etishi to‘g‘risida xabarni ota-onalarga bevosita ravishda yetkazdilar, ota-onalar va bolalar bilishi lozim bo‘lgan xavfsizlik choralari to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.

"Biz allaqachon vaksinaning birinchi dozasini oldik, shuning uchun ikkinchi dozani olishimiz kerakmi yoki yo‘qmi degan savol paydo bo‘lmadi", deydi Svetlana. «Bu zarurat edi. Shuning uchun biz pandemiya paytida ham emlash uchun poliklinikaga bordik”.

“Men ona sifatida farzandlarimni kasalliklardan himoya qilish uchun barcha choralarni ko’raman.Shuning uchun men doimo bolalarimni emlataman”.

Maktablar yopiq bo‘lgani sababli, ota-onalar qizlarini poliklinikalardagi emlash punktlariga olib bordilar. COVID-19 yuqishining oldini olish uchun barcha choralar ko‘rildi; tibbiyot xodimlari tana haroratini o‘lchadilar, shundan so‘ng, qo‘llarini dezinfeksiya qilib, ota-onalar va qizlarning barchasi niqob kiyib, boshqa oilalar bilan to‘qnash kelmasliklari uchun binoga ijtimoiy masofani saqlagan holda navbat bilan kirdilar. Sog‘liqni saqlash xodimlari himoya kombinezonlari, niqobl va qo‘lqoplarni kiyib oldilar. UNICEF va JSST immunizatsiya jarayonidagi xavfsizlikni ta'minlash choralari to‘g‘risidagi xabarlar va videofilmlarni ijtimoiy tarmoq kanallari orqali tarqatildi, ota-onalarga chop etilgan eslatmalar, tibbiyot xodimlariga esa yo’riqnomalar  yetkazib berildi.

“Bolalar ukollarni yoqtirmaydi. Qizim VPCh vaksinasining ikkinchi dozasini olganidan xursand bo‘ldi deb ayta olmayman. U emlash naqadar muhimligini yushungani uchun poliklinikaga bordi”, - deydi Svetlana va shunday qo‘shimcha qiladi: “Men ona sifatida farzandlarimni kasalliklardan himoya qilish uchun barcha choralarni ko’raman.Shuning uchun men doimo bolalarimni emlataman”.

Pandemiya keltirib chiqargan qiyinchiliklarga qaramay, Svetlana singari ota-onalar, Sog‘liqni saqlash vazirligi, JSST va UNICEF o‘rtasidagi hamkorlik VPChga qarshi emlashning ikkinchi bosqichi juda muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minladi hamda qamrov darajasi 96% atrofida bo‘ldi. Demak, yaqin yillarda bachadon bo‘yni saratoni kasalligi minglab holatlarining oldi olinadi.