Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi qurolli mojarolar hududlaridan bolalar va ayollarni o’z vataniga qaytarish va ularni jamiyatga samarali reintegratsiyasi borasidagi xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqdalar

26 Mart 2021
Видео репатриации проигрывается на онлайн конференции
UNICEF Uzbekistan/2021/Sorochin

TOSHKENT, 2021 yil 26 mart - O'zbekiston tajribasiga asoslanib, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) va O'zbekiston Respublikasining bolalar huquqlari bo'yicha vakili UNICEFning ko'magi bilan "Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida qurolli mojaro hududlaridagi bolalar va ayollarni o’z vataniga qaytarish va ularni jamiyatga samarali reintegratsiyasi bo'yicha xalqaro hamkorlik" mavzusida onlayn konferentsiya o’tkazdi.

Konferentsiyaning maqsadi ushbu sohada tajriba almashish, yutuqlar va qiyinchiliklarni muhokama qilish hamda ayollar va bolalar repatriatsiyasi va reintegratsiyasi bo'yicha tavsiyalar ishalb chiqishdir.

"UNICEF ushbu ilg'or tajriba almashinuviga ko’mak berishdan mamnun bo’lib, bugun ushbu anjumanda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlar bilan hamkorlikni davom ettirishga umid qiladi, chunki biz qurolli to'qnashuvlardan jabr ko'rgan bolalar huquqlarini himoya qilish uchun birgalikda ish olib boramiz,"- dedi Afshan Xаn, UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo  mamlakatlari bo’yicha mintaqaviy direktori.

Konferentsiya ishtirokchilari barchani tashvishga solayotgan masalalarni belgilab, samarali hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

“Bola huquqlari to'g'risidagi deklaratsiyada belgilangan tamoyillar bizning faoliyatimiz uchun asos bo'lib, ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarga alohida himoya va parvarish, shu jumladan kerakli huquqiy himoyaga muhtoj bo'lgan bolalar uchun maxsus g'amxo'rlikni amalga oshirishga asoslangan,"- dedi Aliya Yunusova, O’zbekiston Respublikasi Bola huquqlari bo'yicha vakili.

Muharrirlar uchun eslatma

O'zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan 2019 yil may va oktaabr oylarida "Mehr-1" va "Mehr-2" tadbirlari doirasida O'zbekiston Respublikasi hukumati Suriya va Iroqdagi qurolli mojaro hududlarida bo’lgan ayollar va bolalarni vatanga qaytardi. 2020 yil dekabrda va 2021 yil martda “Mehr-3” va “Mehr-4” kampaniyalari doirasida yana bir guruh ayollar va bolalar Suriya va Afg'onistondan olib kelindi. Shunday qilib, 2019 yildan beri O'zbekiston o'z fuqarolari bo’lgan 300 dan ortiq bolalarni va 100 dan ortiq ayollarni mamlakatga qaytarib olib keldi.

Xalqaro ekspertlar O'zbekiston tajribasini yetarli darajada samarali deb baholab, uni mintaqadagi va butun dunyodagi mamlakatlar bilan o’rtoqlashihsga loyiq deb topdilar.  

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling:

Sattor Raxmatov, Inson huquqlari bo’yicha vakil kotibiyati Bola huquqlarini ta’minlash sektori mudiri

Telefon: +998995113902

Elektron pochta: info@ombudsman.uz 

***

Nargiza Egamberdiyeva, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha maslahatchi

Telefon: +998 93 380 34 19

Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.