Yoshlar ovozi muhim
Xorazm yoshlari mahalliy hukumat vakillari bilan maslahat uchrashuvlarini o’tkazmoqdalar

UNICEF, ‘Yuksalish’ umummilliy harakati va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorlikda Xorazm viloyati yoshlari va mahalliy hokimiyat organlari vakillarining maslahat uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir yoshlarga o'z fikrlarini rasmiy shaxslarga yetkazish imkoniyatini beradi hamda yoshlar va hukumat o'rtasida samarali muloqot uchun zamin yaratadi.
Xorazmning turli tumanlaridan kelgan 14 dan 26 yoshgacha bo'lgan 39 nafar yigit-qizlar tadbirda ishtirok etdilar. Yoshlar bugungi kunda ularni nimalar ilhomlashtirishi mumkinligi hamda kelajakda muvaffaqiyat qozonishlari uchun atroflarida qanday o'zgarishlar bo'lishi kerakligi to’g’risidagi fikrlarini bayon etdilar. Mavjud muammolar va ularning sabablari to’g’risida mulohaza qilar ekanlar, ular o’zlari va tengqurlarining ehtiyojlarini e’tiborga oladigan innovatsion yechimlarni taklif qildilar. Talabalar va mehnat bozori o’rtasida bog’liqlikni ta’minlaydigan markazlarni tashkil qilish, oila rishtalarini mustahkamlash uchun o’smirlarning ota-onalariga ruhiy yordam berish, safarlar paytida kitob mutolaa qilish uchun temir yo’l vokzallarida kutubxonalar tashkil qilish, viloyatda ko'ngillilik madaniyatini mustahkamlash va dam olish uchun qo'shimcha joylarni barpo etish shular jumlasidandir.
Maslahat uchrashuvi davomida yoshlar o’z takliflarini Xorazm viloyati yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviyat bo’yicha viloyat hokimi o’rinbosariga, vazirliklar va ilmiy muassasalar rahbarlariga hamda ommaviy axborot vositalari vakillariga taqdim etilar. Hukumat vakillari yoshlarning firk va tashabbuslarini qo’llab-quvvatladilar.
"Butun dunyoda yoshlar innovatsiyalar va taraqqiyotni ilgari suruvchi kuchdir. Yoshlarga o'z hayotlariga taalluqli bo'lgan masalalar yuzasidan nuqtai nazarlarini bayon qilish uchun imkoniyat va maydonlar taqdim etilsa, hukumat va hamjamiyatlar yigit-qizlarni ularga taalluqli masalalarni hal qilishda qo'llab-quvvatlasalar, yoshlar o’z hayotlari, oilalari va hamjamiyatlarini yanada takomillashtirishga qodir ekanliklariga, O’zbekistonning osuda, inklyuziv va barqaror rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shishlari mumkinligiga ishonadilar va bunga harakat qiladilar,” -dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi Ijtimoiy siyosat bo'lim rahbari Yuliya Oleynik. "Xorazm viloyati rasmiy vakillari va yoshlar o'rtasidagi bugungi muloqotning maqsadi ham aynan shudir," - deb ta’kidladi u.
“Tashkilotimizning asosiy vazifalaridan biri bu — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning sa'y-harakatlari va kuchlarini safarbar etishga qaratilgan. Ơylaymizki, hamkorlikdagi ushbu loyiha yurtimizdagi iqtidorli yoshlarning fikrlarini ơrganishga, eng yaxshi takliflarni esa kelgusida respublika darajasida tadbiq etishga xizmat qiladi,” – dedi ‘Yuksalish’
Umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov.
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to’g’risida
Ơz faoliyati orqali UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta'minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va barcha bolalarning, xususan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qơyilgan, alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlari yơlida harakat qilamiz.
UNICEF va uning O’zbekistondagi faoliyati tog’risida tơliq ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
‘Yuksalish’ umummilliy harakati to’g’risida
‘Yuksalish’ umummilliy harakati xalq va ishbilarmon doiralari bilan ochiq muloqot o'rnatish, jamoat nazoratining samarali tizimini shakllantirishga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati tashkilotlarini, shuningdek muassasalar, fuqarolar, ayniqsa yoshlarni safarbar qiladi.