Xalqaro konferentsiyada Oʼzbekistondagi institutsional bolalar parvarishidan ularni oilaviy muhitda oʼstirishga oʼtish yoʼllari muhokama qilinmoqda

Ekspertlar Oʼzbekistonda bolalarni parvarish qilish tizimini isloh qilish boʼyicha yagona va tizimli yondashuvni muhokama qilmoqdalar

29 Iyun 2021

TOShKENT, 29 iyun 2021 yil – Oʼzbekistonda bolalarni parvarish qilish tizimini xalqaro ilgʼor tajribaga muvofiq ravishda isloh qilish maqsadida, UNICEF va hamkor tashkilotlar noinstitutsionllashtirishni tezlashtirish boʼyicha birinchi xalqaro konferentsiyani bugun Toshkentda oʼtkazdilar.

«Har bir bola oilaviy muhitda tarbiyalanishini taʼminlash maqsadida noinstitutsionallashtirish Milliy strategiyasini yaratishning dolzarb masalalari” deb nomlangan konferentsiyaning maqsadi Oʼzbekistondagi bolalarga institutsional gʼamxoʼrlikdan ular oila va jamiyat muhitida oʼsishlari uchun yoʼlni belgilab olishdir. Mazkur tadbir Oʼzbekiston Senatining Yoshlar, madaniyat va sport ishlari qoʼmitasi tomonidan UNICEF va Oʼzbekiston Respublikasining gender tengligi boʼyicha komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

«Har bir bola oilaviy muhitda tarbiya topishga, ota-ona mehrini, yaqinlari eʼtibori va gʼamxoʼrligini his qilib yashashga toʼla haqli»,- dedi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva.

Soʼnggi rasmiy maʼlumotlarga koʼra, Oʼzbekistondagi internat muassasalarida yashovchi bolalarning ulushi shu yoshdagi aholining har 100 ming kishisiga 255 tani tashkil etadi, bu dunyo boʼyicha oʼrtacha koʼrsatkichdan ikki baravar koʼpdir (100 mingga 120 bola).

Oʼzbekiston noinstitutsionallashtirish siyosatini ishlab chiqdi va tegishli harakatlar rejasini qabul qildi. Biroq, yirik internat muassasalari soʼnggi chora emas, balki muqobil parvarishning eng asosiy koʼrinishi boʼlib qromoqda. Institutsionllashtirish darajasi yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

«Oʼz oilalari va qarindoshlari bolalarga gʼamxoʼrlik qilganida ular gullab-yashnashi hamda institutsionllashtirish naqadar ziyonli ekani haqida UNICEF ishonchli maʼlumotlarga ega. Bolalar hamjamiyatlarda ulgʼaysa, ularning barcha rivojlanish natijalari sezilarli darajada yaxshiroq boʼlishini bilamiz», - dedi UNICEFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. "Institutsional parvarishni qoʼllashni soʼnggi chora deb biladigan hamda eng muhtojlar, jumladan uch yoshdan kichik va nogironligi boʼlgan farzandlarni oʼstirayotgan oilalarga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarning keng koʼlamini yaratishni nazarda tutadigan bolalar parvarishining zamonaviy tizimini barpo etishda Hukumatni qoʼllab-quvvatlashga tayyormiz."

Tadbir davomida milliy tashkilotlar, shuningdek xalqaro ekspertlar Oʼzbekistondagi bolalarni parvarishlash tizimini isloh qilish sohasidagi vaziyatni muhokama qildilar. Tadbir ishtirokchilari bolalar parvarishining zamonaviy tizimini ishlab chiqish boʼyicha eng ilgʼor xalqaro va milliy tajriba hamda bu sohadagi saboqlar bilan oʼrtoqlashdilar.

Xalqaro darajada bolalarni parvarish qilish sohasi katta muassasalar oʼrniga oilaviy va jamoatchilik asosida bir qator xizmatlar koʼrsatish sari oʼzgarmoqda. Shu bois tadbir ishtirokchilari Oʼzbekistoda noinstitutsionllashtirish jarayonini tezlashtirish boʼyicha tavsiyalar berdilar. Mahalliy darajada nazoratni yaxshilab borib, yangi internat muassasalarining ochilishiga yoʼl qoʼymaslik; oilalarni qoʼllab-quvvatlash va reintegratsiya xizmatlarini, shuningdek oila va hamjamiyatda muqobil parvarishni kuchaytirish; mavjud internat muassasalarini bolalar va oilalar uchun ijtimoiy xizmatlar markazlariga aylantirish shular jumlasidandir.

Batafsil maʼlumot olish uchun murojaat qiling:

 

Аzizbek Turdiyev

 

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʼmitasi bosh maslahatchisi

 

Telefon: + 99871  238 26 52

El. pochta: madaniyat@senat.gov.uz

 

Nargiza Egamberdiyeva

 

UNICEFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi

jamoatchilik bilan aloqalar boʼyicha maslahatchisi

 

Telefon: +998 93 3803419

El. pochta: negamberdieva@unicef.org

 

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyati bilan Twitter | Facebook | Instagram ижтимоий ijtimoiy tarmoqlarida tanishib boring.