UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade

Janob Munir Mamedzade UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimida ish faoliyatini boshladi.

20 Avgust 2020
Мунир Мамедзаде, представитель ЮНИСЕФ в Узбекистане
UNICEF

Janob Munir Mamedzade UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimida ish faoliyatini boshladi.

So'nggi uch yil davomida u UNICEFning Qirg'izistondagi vakili o'rinbosari sifatida ishlagan, UNICEF dasturlarini boshqarish, mazkur tashilotdagi hamda BMT tizimidagi tarmoqlararo hamkorlikni muvofiqlashtirish bo’yicha mas’ul bo’lib, dasturlarni boshqarish guruhining raisi vazifasini bajargan. U UNICEFning Ozarbayjon, Moldova, Nepaldagi vakolatxonalarida, shuningdek Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha mintaqaviy vakolatxonasida ishlagan.

UNICEFdagi mehnat faoliyatidan avval janob Munir Mamedzade turli sohalarda bir qator lavozimlarda, xususan yoshlar masalalari bo’yicha yirik nodavlat tashkilotining ijrochi direktori, Ozarbayjonda Inson huquqlari bo'yicha Ombudsman idorasining xalqaro bo'limi boshlig'i lavozimlarida ishlagan. U inson huquqlari, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik rahbarlik tajribasiga ega.

Janob Munir Mamedzade Moskva Davlat Ochiq Universitetini iqtisodiyot mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. U Shveytsariyaning Friburg Universitetida ta’lim olib, bolalar huquqlari sohasidagi ilg'or dastur bo’yicha magistr darajasiga ega bo’lgan.

Munir Mamedzade Ozarbayjon fuqarosi. Ingliz, rus va turk tillarini yaxshi biladi. Oilali, 11 yoshli o'g'li bor.

***

Qo’shimcha ma’lumot uchun UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasiga murojaat qiling:

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Telefon: 998 93 380 34 19

El. pochta:negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.