UNICEF va O'zbekiston hukumati maktablarni xavfsiz qayta ochish bo'yicha hamkorlikni davom ettirmoqdalar

UNICEF Sog'liqni saqlash vazirligi va Xalq ta'limi vazirliklarini maktablarda xavfsiz muhitni ta'minlashda va doimiy ravishda o'zgarib borayotgan sog'liqni saqlash va xavfsizlik talablariga o'z vaqtida javob berishda qo'llab-quvvatlamoqda

20 Oktabr 2020
Представитель ЮНИСЕФ передают школьные учебники МНО.
UNICEF Uzbekistan/2020

TOSHKENT, 2020 yil 20 oktabr – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNICEF) COVID-19 pandemiyasi davrida respublika maktablarida o'qituvchilar va o’quvchilar uchun xavfsiz ta'lim olish muhitini ta'minlash borasida tegishli choralar ko'rilayotgan bir vaqtda, Sog'liqni saqlash vazirligining maktablarni xavfsiz qayta ochish bo'yicha muhim kommunikatsiya materiallarini etkazib berish sa'yi-harakatlarini qo'llab-quvvatladi.

Shu bilan birga, UNICEF Sog'liqni saqlash vazirligi va Xalq ta'limi vazirliklariga COVID-19 haqida bolalar va pedagoglar xabardorligini oshirish orqali milliy darajadagi sanitariya-gigiena qoidalari hamda xavfsiz ta'lim jarayonini amalga oshirish, maktablarni qayta ochishga tayyorgarlik ko'rish va o'zgarib borayotgan tibbiy talablarga o'z vaqtida javob berish bo'yicha ko'rsatmalar ishlab chiqishda ko'mak bermoqda.

“Ushbu qiyin COVID-19 davrida maktablarni qayta ochishni rejalashtirish hukumat uchun oson vazifa emas edi. Bu borada o'zaro bog'liq bo’lgan sifatli va inklyuziv ta'lim; ruhiy salomatlik va psixologik yordam; va xavfsiz maktablar sohalarida strategiyalarni qo'llab-quvvatlash muhimdir,» - dedi Alisher Shadmanov, O'zbekiston sog'liqni saqlash vaziri.

Ma'muriy, pedagogik va texnik xodimlar uchun mo'ljallangan maktablarda xavfsiz ta'lim berish jarayonini ta'minlash bo'yicha 20,000 nusxada ko'rsatmalar hamda o’quvchilar, xodimlar, ota-onalar va jamoalarning sanitariya-gigiena talablari bo'yicha xabardorliklarini oshirishga qaratilgan 223,000 dona plakatlar UNICEFning texnik yordamida nashr etildi.

UNICEF, shuningdek, COVID - 19 pandemiyasi davrida maktablarda o'zini tutish talablari, qo'llarni to'g'ri yuvish va nafas olish gigienasiga rioya qilishga oid o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida animatsion videofilmlarni taqdim etdi.

“Xavsiz muhitni yaratish bo’yicha qo’llanma va axborot materiallari mamlakatdagi 10 migdan ortiq maktablarga yetkaziladi hamda 6,2 million o’quvchi va ularning ota-onalariga sanitariya-ggiyena qoidalariga rioya qilish orqali o’z salomatligini himoyalashga yordam beradi,”-dedi Sherzod Shermatov, O’zbekiston xalq ta’limi vaziri.

O'zbekistonda pandemiya davrida yuzaga kelgan muammolarga qaramay, maktablar qayta ochildi. Qo'l yuvish joylari, jismoniy masofani saqlash, niqob taqish va haroratni tekshirish kabi tadbirlar maktab hayotiga keng tadbiq etilmoqda.

“Biz maktablarning yangi sharoitlarda qanday ochilishiga e’tibor berishimiz zarur. Moslashuvchan sxemalar va maktabdagi bolalarni har tomonlama, xususan sog'liq, ovqatlanish, psixologik tomonlardan qo'llab-quvvatlash va mavjud suv, sanitariya va gigiyena sharoitlarining minimal sifatini ta'minlash shular jumlasiga kiradi,”- dedi Munir Mamedzade, UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari. "UNICEF barcha maktablarda, jumladan qishloq va chekka hududlardagi maktablarda, sifatli xizmatlarni ta'minlash uchun joriy va kelgusidagi sarmoyalar ustuvorligini ilgari surishda davom etadi,"-deb ta’kidladu u.

Maktablarni xavfsiz qayta ochish bo'yicha ko'rsatmalarning ikkinchi qismini - uzluksiz ta'lim bo’yicha ko’rsatmalarni ishlab chiqishda UNICEF Xalq ta'limi vazirligini qo'llab-quvvatlamoqda. Uni tez kunda nashr etish rejalashtirilmoqda.

###

 

Muharrirlar uchun ma’lumot

Bolalar o'z vaqtlarining asosiy qismini maktablarda o'tkazishlari sababli barcha maktablarda suv, sanitariya va gigiena xizmatlarini ta’minlash juda muhimdir. Bu, xususan maktablar izolyatsiya tadbirlaridan so’ng qayta ochilshi davrida maktablarda xavfsiz va toza muhit yaratish orqali bu yerni COVID-19 tarqalishi markaziga aylanmasligini ta'minlaydi.

O'zbekistonda o'rtacha bitta maktabda faqat 4 ta qo'l yuvish joyi bor. O’quvchilar soni isobga olinsa, maktablardagi qo'l yuvish joylari yetarli emas: kunning birinchi yarmida (birinchi smenada) o'rtacha har 168 o'quvchiga bitta qo'l yuvish joyi to'g'ri keladi; ikkinchi smenada esa qo'l yuvish joyidan o'rtacha 84 o'quvchi foydalanadi. O'quvchilari ko'p bo'lgan shahar maktablarida qishloq yoki olis maktablarga qaraganda ushbu holat yanada qiyinroq.

Suv va sanitariya sharoitida faqat 11% maktablarda JSST va UNICEFning suv ta'minoti, sanitariya va gigiyena bo'yicha qo'shma monitoring dasturi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq asosiy yoki ilg'or sharoitlar mavjud. Taxminan 32% maktablarda xizmatlar talabga javob bermaydi yoki cheklangan.

Batafsil ma'lumot olish uchun murojaat qiling:

Yana Chicherina, Ta’lim masalalari bo’yicha maslahatchi

Telefon: 99893 590 88 89

El.pochta: ychicherina@unicef.org

***

Nargiza Egamberdiyeva, Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yocha maslahatchi

Telefon: 99893 380 34 19

El.pochta: negamberdieva@uncief.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.