UNICEF va Gavi O‘zbekistonda emlash dasturini mustahkamlash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga 3,2 million AQSh dollari qiymatidagi axborot texnologiya jihozlarini va chiqindilarni boshqarish qurilmalarini beg’araz yordam sifatida topshirdi

17 Noyabr 2023
UNICEF
UNICEF

TOSHKENT, O‘ZBEKISTON – 2023 yil 17-noyabr – UNICEF va Vaktsina alyansi Gavi bugun O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga 3,2 million AQSh dollaridan ortiq qiymatga ega  beg’araz yordam ko‘rsatilishini e’lon qildilar.

Gavi yordami O'zbekiston bo'ylab taqdim etilgan uskunalar va chiqindilarni boshqarish resurslarini o’z ichiga oladi. Xayriya qilingan 3000 ta planshet va 221 ta haroratni masofadan nazorat qilish tizimidan iborat AT jihozlari O‘zbekistonda immunizatsiya dasturini modernizatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Dasturni raqamlashtirish orqali Sog‘liqni saqlash vazirligiga vaksinalar bilan qamrab olishni samarali kuzatish, vaksinalarni yetkazib berish zanjirlarini kuzatish va umumiy immunizatsiya boshqaruvini yaxshilash imkonini beradi.

AT jihozlari bilan bir qatorda, UNICEF va Gavi Andijon, Namangan, Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlaridagi 28 ta sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek, Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazini chiqindilarni qayta ishlash uskunalari va yillik harajat materiallari bilan ta’minladi. Bundan maqsad mamlakatning sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlash borasidagi sa'y-harakatlarni qo’llab-quvvatlashdir.

Mazkur yordam immunizatsiya uchun barqaror va adolatli tizimlarni rivojlantirish, sogʻliqni saqlash tizimining mustahkam ishchi kuchini shakllantirish va emlash boʻyicha aholining ishonchini mustahkamlash boʻyicha UNICEF va GAVIning birgalikdagi saʼy-harakatlari natijasidir.

“Ta’kidlash joizki, 8000 dan ortiq emlash bo‘yicha xodimlar o‘z vaqtida emlash qaydl etilgan hujjatlar bilan tanishish va immunizatsiya bilan qamrab olinishi kerak bo’lgan aholini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fursatdan foydalanib, mazkur sohada ishlaydigan barcha hamkorlarni chiqindilarni boshqarish bo‘yicha raqamli va iqlim o’zgarishlariga chidamli texnologiyalarni joriy etgani va tatbiq qilgani bilan tabriklayman”, — dedi Gavi kompaniyasining O‘zbekistondagi portfeli bo‘yicha katta menejeri Yan Kastilyos Franka.

O'zbekistonda immunizatsiya dasturining umumiy sifati va xavfsizligini ta'minlash uchun chiqindilarni to'g'ri boshqarish muhim ahamiyatga ega.

“Biz O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi emlash dasturini kuchaytirish ustida ishlayotganini qo‘llab-quvvatlayotganimizdan faxrlanamiz”, – dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini ijro etuvchi Joffri Ijumba. “Ushbu muhim AT jihozlari va chiqindilarni boshqarish qurilmalarini taqdim etish orqali biz O‘zbekistondagi har bir bolaning hayotni saqlab qoluvchi vaksinalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishiga va oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan himoyalanishiga yordam beramiz”.

O‘zbekistonda immunizatsiya dasturini raqamlashtirish hamda chiqindilarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish birga olib borilishi vaktsinatsiya qamrovini ta’minlashdagi ‘yicha kamchiliklarni bartaraf etishga, ma’lumotlar sifati va hisobotini yaxshilashga yordam beradi. Bu Sog'liqni saqlash vazirligiga vaksinalarni tarqatish bo'yicha ko'proq asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi hamda barcha bolalar uchun, ularning yashash jpyi yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatidan qat'i nazar, asosiy vaksinalar va xavfsiz tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi.

“Emlash dasturimizni modernizatsiya qilishda UNICEF va Gavi ko‘magidan minnatdormiz, – deydi Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalk va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbari Bahodir Yusupaliyev. “AT jihozlari va chiqindilarni boshqarish qurilmalarining xayriya qilinishi bizga vaksinalarni yetkazib berish zanjirini yaxshiroq boshqarish, emlash qamrovini kuzatish va pirovardida O‘zbekistondagi bolalar salomatligi ko’rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi”.

Emlashning universal qamroviga erishish va har bir bolaning sog'lom va to’laqonli hayot kechirish imkoniyatiga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida UNICEF va Gavi O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligini qo'llab-quvvatlashga sodiq bo’lib qoladilar. Ushbu AT jihozlari va chiqindilarni boshqarish qurilmalarini taqdim etish ularning sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlash va butun dunyo bo'ylab bolalar uchun muhim vaksinalardan foydalanish imkoniyatini yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlarining bir qismidir.

UNICEF to’g’risida

Biz qilayotgan barcha ishlarda UNICEF har bir bolaning huquqlari va farovonligini himoya qiladi. Hamkorlarimiz bilan birgalikda biz 190 ta mamlakat va hududlarda ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish uchun ishlaymiz, alohida e'tiborni eng zaif va istisno qilingan bolalarga, hamma joyda va hamma bolalar manfaatiga qaratamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring

Bizni Facebook , Instagram , Twitter va Telegram- da kuzatib boring

Gavi, Vaksinalar alyansi to’g’risida

Gavi, Vaksinalar alyansi davlat-xususiy sheriklik bo'lib, dunyodagi bolalarning yarmini dunyodagi eng xavfli kasalliklarga qarshi emlashga yordam beradi. 2000 yilda tashkil etilganidan beri Gavi butun avlodni - 981 milliondan ortiq bolalarni emlashda yordam berdi va 16,2 milliondan ortiq kelajakdagi o'limning oldini oldi, 73 ta kam daromadli mamlakatlarda bolalar o'limini ikki baravar kamaytirishga yordam berdi. Gavi, shuningdek, sog'liqni saqlash tizimlarini qo'llab-quvvatlash, shuningdek, Ebola, vabo, meningokokk va sariq isitmaga qarshi vaktsinalar uchun global zaxiralarni moliyalashtirish orqali global sog'liqni saqlash xavfsizligini yaxshilashda muhim rol o'ynaydi. Yigirma yillik taraqqiyotdan so'ng, Gavi endi keyingi avlodni himoya qilishga e'tibor qaratmoqda, birinchi navbatda, hatto bitta vaksinani ham olmagan nol dozali bolalar. Vaksinalar alyansi millionlab odamlarning hayotini saqlab qolish, epidemiya tarqalishining oldini olish va o'zini o'zi ta'minlash yo'lidagi mamlakatlarga yordam berish uchun innovatsion moliya va eng yangi texnologiyalardan - dronlardan tortib biometrikagacha - foydalanadi.

Qo'shimcha ma'lumotni www.gavi.org saytidan oling va biz bilan Facebook va Twitter orqali bog'laning.

Ommaviy axborot vositalari murojaatlari uchun kontaktlar:

Maftuna Saidova

 

Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

Axborot xizmati rahbari

 

Elektron pochta: maftuna.saidova@sanepid.uz

Telefon:

+998 99 8412590

Umidjon Xudoyqulov

 

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Immunizatsiya masalalari bo’yicha maslahatchi

 

Elektron pochta: ukhudaykulov@unicef.org

Telefon:

+998 93 5509775

 

Nargiza Egamberdieva

 

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

 

Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

Telefon:

+998 93 3803419

 

 

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.