UNICEF hamda Maktabgacha ta’lim agentligi maktabgacha ta’lim bilan universal qamrovga erishish yo'lida hamkorlik qilish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar

15 Dekabr 2023
UNICEF
UNICEF

TOSHKENT, 2023 yil 15 dekabr - Bugun UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Alberto Biankoli va Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin Islom taraqqiyot banki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar.

Loyihaning maqsadi maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va O‘zbekistondagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Hamkor tashkilotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, jumladan mamlakatning chekka hududlaridagi ta’lim-tarbiya muhitini sifat jihatidan yaxshilash bo‘yicha birgalikda ish olib boradilar.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli modellarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli tajribaga asoslanib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining milliy tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, ushbu tadbirlarni xususiy sectorni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi. Olis hududlarda suv ta’minoti, sanitariya-gigiyena ob’ektlarining sifati va xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

UNICEF va Maktabgacha taʼlimi Agentligi Islom taraqqiyot bankining ushbu loyihaga kiritgan yangi sarmoyasini yuqori baholaydi. Bu Oʻzbekistonning 2030-yilga borib maktabgacha taʼlimning universal qamroviga erishishga qaratilgan strategiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida maktabgacha ta’lim xizmatlarining sifat standartlariga javob berishini ta’minlash uchun UNICEF o‘zining jahon miqyosidagi tajribasidan foydalangan holda  Maktabgacha ta’lim agentligining sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi. Hamkor tashkilotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog va rahbarlarining malakasini oshirish tizimini isloh qilishga e’tibor qaratadilar. Pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy klaster markazlari tashkil etilib, ular to‘liq jihozlanadi. UNICEF maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarini malakasini oshirish dasturini modernizatsiya qiladi.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.