Ta'lim sohasi mutaxassislari O'zbekistonda umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish masalalarini muhokama qildilar

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi UNICEF bilan hamkorlikda “Umumiy oʻrta taʼlim sifatini yaxshilash: Tarkib, metodologiya, baholash va oʻrganish muhiti” mavzusida xalqaro onlayn-konferensiyani tashkil etdi.

06 Avgust 2020
Ученики работают с микроскопами под присмотром учителя.
UNICEF Uzbekistan

TOSHKENT, 2020-yil 6-avgust — Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi UNICEF bilan hamkorlikda “Umumiy oʻrta taʼlim sifatini yaxshilash: Tarkib, metodologiya, baholash va oʻrganish muhiti” mavzusida xalqaro onlayn-konferensiyani tashkil etdi. Tadbir ZOOM videokonferens aloqa platformasi orqali amalga oshirildi. Konferensiyaning maqsadi Oʻzbekiston oʻqituvchilari va mutaxassislari bilan ilgʻor xalqaro tajribani almashish hamda zamonaviy maktab oʻquv dasturlari va pedagogik uslublar borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni faollashtirishga qaratildi.

Taʼlim sohasidagi siyosatni ishlab chiquvchi masʼul xodimlar, Oʻzbekiston viloyatlaridagi oʻqituvchilar, shuningdek xalqaro ekspertlar umumiy oʻrta taʼlim sohasida milliy oʻquv dasturini ishlab chiqish, oʻqitish metodikasi va baholash borasidagi masalalarni muhokama qildilar.

“Soʻnggi oʻn yillikda inson resurslari eng qimmat kapital sifatida turmush tarzini yaxshilovchi jamiyatni rivojiga xizmat qiladigan omilga aylanmoqda”, — dedi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov. “Ishonch bilan aytish mumkinki, bugun insoniyat duch kelayotgan barcha muammolarning yechimi ham, ertangi farovon hayotimizning kafolati ham sifatli taʼlimdir”, — deb taʼkidladi u.

Xalqaro ilgʻor tajriba va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda ishtirokchilar darslarning tarkibini va dars vaqtlarini qayta koʻrib chiqdilar, darsliklar va adabiyotlar sifatini oshirish yoʻllari va yangi yondashuvlarni, shuningdek umumiy oʻrta taʼlim uchun muqobil oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Xalqaro ekspertlar jahon darajasidagi ilgʻor tajribalar bilan oʻrtoqlashdilar va Oʻzbekistonda umumiy oʻrta taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tavsiyalar berdilar.

“Global dalillar shuni koʻrsatadiki, taʼlim tizimidagi chuqur islohotlar koʻp vaqt talab etadi, biroq ular yoshlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish orqali mamlakatning inson kapitalini rivojlantirishga uzoq muddatli taʼsir koʻrsatadi”, — dedi UNICEFning Oʻzbekistondagi ning taʼlim boʻlimining rahbari Dipa Shankar.”Kuchli taʼlim tizimi bilim berishning yaxshi natijalarini taʼminlaydi”, — deya qoʻshimcha qildi u.

Konferensiyaga umumiy oʻrta taʼlim sifatini oshirishga oid 2500 ga yaqin tezis, maqola va boshqa hujjatlar taqdim etilgani ushbu tadbir katta qiziqish uygʻotganidan dalolat beradi.Shulardan 200 tasi Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika Taʼlim markazining rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoq platformalarida joylashtiriladigan konferensiya materiallari elektron toʻplamiga kiritish uchun tanlab olindi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun murojaat qiling:

Mohira Nurullayeva, Matbuot kotibi, Xalq ta'limi vazirligi qoshidagi Respublika ta'lim markazi

Телефон:9989 99 997 80 60

Elektron pochta:

mohiranurullayeva2@gmail.com

***

Yana Chicherina, Ta’lim masalalri bo’yicha mutaxassis, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: 99893 590 88 89

Elektron pochta: ychicherina@unicef.org

***

Nargiza Egamberdiyeva, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: 99893 380 34 19

Elektron pochta: negamberdieva@uncief.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.