Surxondaryo viloyatidagi oilalar va bolalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish

08 Yanvar 2024
UNICEF
UNICEF

Surxondaryo viloyatida hamjamiyatlarga yordam berish va aholi farovonligini oshirish maqsadiga qaratilgan uch kunlik treninglar turkumi oʻtkazildi. Mazkur tadbirlar Yevropa ittifoqi tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. Surxondaryo viloyatida inklyuziv taʼlim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni taʼminlash” nomli loyiha doirasida 350 dan ziyod mahalliy hokimiyat organlari vakillari, faol xotin-qizlar, ijtimoiy xizmat sohasi xodimlari, profilaktika inspektorlari, patronaj hamshiralar  va yoshlar yetakchilari o’qitildi.

Trening mashgʻulotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurdagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Asosiy maqsad yuqorida qayd etilgan mutaxassislarga oilalar va bolalarga hayotiy yordam ko'rsatish uchun kengaytirilgan bilim va ko'nikmalarni berish edi.

Keng qamrovli treningning diqqat markazida bolalar va oilalar ahvolini baholash asosida ularning o'ziga xos ehtiyojlariga javob berishda ijtimoiy xizmatlarning ahamiyati bo'ldi.

“Ishtirokchilar uchun baholashni o‘tkazish juda og‘ir ishdek tuyuldi, biroq nazariyani amaliyotga tatbiq etganimizda hammasi tushunarli bo‘ldi. Bunday yondashuv haqiqatan ham ko‘plab muammolarni ochib beradi va ushbu muhim ishga qiziqish uyg‘otadi”, - deydi UNICEFning ijtimoiy siyosat va bolalarni himoya qilish bo‘yicha milliy konsultanti Yulduzxon Umarbekova.

Bolalarni himoya qilish jihatlari mavzusi ham e'tibordan chetda qolmadi. Ishtirokchilar bolalarga nisbatan zo'ravonlik va ekspluatatsiya belgilarini aniqlash bo’yicha ko'nikmalarni o'rgandilar. Profilaktika tadbirlari, ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash, ijobiy intizom masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar oiladagi zo‘ravonlik muammosini hal etish masalasini o‘rganar ekanlar, uning oldini olish va bolalarni himoya qilish usullariga alohida e’tibor qaratdilar. Olingan bilimlarni amaliyotda qo'llagan holda ular real vaziyatlarni tahlil qildilar.

“Oddiy tushunarli tilda o'tkazilgan ushbu trening nihoyatda foydali bo'ldi. U kelgusida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishimiz uchun mahoratimizni oshirish imkonini berdi,” – deydi ishtirokchilardan biri Shoiraxon Sotiboldiyeva.

Ushbu trening Surxondaryo viloyatida bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashning kuchli tarmog‘ini yaratishga xizmat qiladi.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.