Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy va huquqiy yordam xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish

Yevropa Ittifoqi va UNICEF, vazirliklar va idoralar, shuningdek Surxondaryo viloyati hokimiyat orgnlari bilan hamkorlikda, mahallalarda bolalar, yoshlar, oilalar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni yaxshilashni qo‘llab-quvvatlaydi

08 Sentabr 2022

TЕRMIZ, 2022 yil 8-sentabr – Bugun Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yevropa Ittifoqi va UNICEF hamkorligida Surxondaryo viloyatida inklyuziv t'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dasturi ishga tushirildi.

Yevropa Ittifoqining dasturga hissasi 1600000 yevroni (taxminan 17 milliard so’mni) tashkil qiladi. UNICEF vazirliklar va viloyat hokimiyat organlari bilan hamkorlikda taxminan 35 000 kishini qamrab olishni rejalashtirmoqda. Dasturda asosiy e'tibor bir qator sabablarga ko‘ra, jumladan zo‘ravonlik, migratsiya, Afg‘onistondan ko‘chishga majbur bo‘lganligi bois qiyin hayotiy ahvolda bo‘lgan bolalar, yoshlar va oilalarga qaratiladi.

“Bu o‘zaro hamkorlik, integratsiyalashuv va birdamlik uchun umumiy makonlarni yaratish orqali mahalliy hamjamiyat, jumladan, afg‘on xalqining ijtimoiy hamjihatligi va farovonligini oshirishga qaratilgan ko‘p bosqichli strategiyaga ega muhim voqeadir. Shu tariqa Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni hamda uning kuchli va barqaror jamiyat qurish yo‘lidagi sa'y-harakatlarini, shuningdek, yordamga muhtoj afg‘onlar, jumladan, qo‘shni davlatlardagilarni qo‘llab-quvvatlashini bildiradi”, dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.

“Mahalliy hamjamiyatlarda yashovchilarning barchasi, ayniqsa eng zaiflari, ijtimoiy va huquqiy yordam xizmatlaridan teng foydalanish imkoniga ega bo‘lsa, hamjamiyatlar hamjihat, barqaror va farovon bo‘ladi. Muhimi, mahallalar davlat tomonidan kafolatlangan sifatli asosiy xizmatlarga ega bo‘lsalar, ular tashqi ta'sirlar va zaifliklarga chidamli bo‘lib borishadi,” dedi YuNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.

Grant doirasida ijtimoiy adolatni ilgari surishda bevosita ishtirok etuvchi ijtimoiy xizmat xodimlarining salohiyatini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratiladi. Dastur, shuningdek, ko‘p tilli maktabgacha va maktab inklyuziv ta'limi komponentlarini, ixtisoslashtirilgan yuridik yordam xizmatlarini va tanlangan guruh yoshlari uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish dasturini o‘z ichiga oladi.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

O‘z faoliyati orqali UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta'minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning, xususan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan,  alohida etibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilamiz.

UNICEF va uning O‘zbekistondagi faoliyati to‘g‘risida to‘liq ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

Faoliyatimizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: FacebookInstagram, Twitter ва Telegram