O’zbekiston yoshlari hukumat darajasida qaror qabul qilishda faol ishtirok etmoqdalar
Yigit-qizlar yoshlar ishtirokiga oid masalalarni hukumat va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan muhokama qildilar

TOSHKENT, 29 iyun 2020 yil – “Yuksalish” Umummilliy harakati, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda U-Report loyihasining O’zbekistondagi hamkorlari O’zbekiston Yoshlar kuniga bag’ishlangan “Yoshlarni joriy islohotlar va qaror qabul qilish jarayonlariga jalb etish” mavzusida suhbat o’tkazdilar.
Onlayn tarzida amalga oshirilgan ushbu tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, BMT agentliklari hamda davlat va jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari, shuningdek mamlakatning barcha hududlaridan yoshlar ishtirok etdilar.
Suhbat ishtirokchilari davlat va yoshlarning hamkorlikdagi faoliyatlariga oid bir qator masalalarni muhokama qildilar. Xususan, U-Report platformasi orqali O’zbekistondagi davlat organlari va yoshlar o’rtasidagi muloqotlar natijalari, yoshlarning fikr va mulohazalari asosida davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan amaliy tadbirlar natijalari muhokama qilindi. Yoshlar hayotiga oid masalalarning yechimini birgalikda topishda hukumat va yoshlarni bir-birlariga yaqinlashtirishda U-Report platfomrasining tutgan o’rni e’tirof etildi.
So’zga chiqqanlar joriy islohotlarni amalga oshirishga oid qarorlarni qabul qilishda yoshlarning ovozi muhim ekanligini ta’kidladilar. Jumladan, Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oila” markazi, “Yuksalish” UMH hamda boshqa davlat va jamoatchilik tashkilotlari vakillari so’zga chiqdilar. Ular U-Report so’rovlari jarayonida yoshlarning bildirgan fikrlari asosida amalga oshirilgan ishlarning natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdilar.
Muharrirlar uchun ma’lumot
U-Report loyihasi O’zbekistonda 2018 yilning oktyabr oyida ishga tushirildi. Mazkur platforma 81 000 dan ziyod yoshlarni birlashtiradi va ular o’z hayotlariga oid masalalar xususida fikrlarini bayon etadilar.
Bugungi kunda U-Report loyihasi O’zbekistonda operativ ravishda butun mamlakat miqyosida yoshlarning fikrlarini o’rganish imkonini beruvchi yagona va o’ziga xos platformadir.
U-Report platformasida o’tkazilgan so’rovlarning natijalaridan 20 ga yaqin davlat va jamoatchilik tashkilotlari foydalanadilar. Oliy Majlis Senati, Xalq ta’limi, Adliya, Innovatsiyon rivojlanish vazirliklari, “Oila” markazi va BMT agentliklari shular jumlasidandir.
Loyiha O’zbekiston Yoshlar ittifoqi va UNICEF tomonidan, Oliy Majlis Senati va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda, mobil aloqa operatorlari ko’magida tashlik etilgan.
U-Report loyihasiga @UreportUzbBot Telegrami boti (agar internet aloqasi bo’lmasa – 1122 qisqa raqamiga START so’zini yozib SMS yo’llash) orqali ulanish mumkin.
Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:
Nargiza Egamberdieva, Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
Telefon: 99893 380 34 19
Elektron pochta: egamberdieva@unicef.org
Jamila Nurajnova, U-Report loyihasi rahbari
Telefon: 99890 315 58 51
Elektron pochta: jnurjanova@unicef.org
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to’g’risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.