O‘zbekiston yo‘l harakati xavfsizligi sharhi: Birinchi o‘rinda odamlarning xavfsiz harakatlanishiga e’tibor qaratish lozim

28 May 2024
UNICEF
UNICEF

TOSHKENT, 2024 yil 29-may – BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE), UNICEF va Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekistonda yoʻl harakati xavfsizligi tizimini batafsil baholagan Yoʻl harakati xavfsizligi sharhi YHXSh taqdimotini o’tkazdilar. Ushbu hujjat BMTning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy hujjatlariga rioya qilish darajasini hisobga oladi va hayotni saqlab qolish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni taklif qiladi. YHXSh rus va o‘zbek tillarida joriy yilning iyun oyi oxirigacha e’lon qilinadi.

“O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi sohasi ilgari xalqaro mustaqil ekspertlar tomonidan o‘rganilmagan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi va UNICEF mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishga yordam beradigan bunday hamkorlik tashabbusi bilan chiqdi”, dedi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Olim Saidov.

Mazkur tahlil yo‘l harakati xavfsizligi milliy tizimini rivojlantirishning eng muhim jihatlarini belgilab, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berdi. Shuningdek, YHXSh yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni keltiradi va BMTning yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq asosiy huquqiy hujjatlariga rioya qilish muhimligini ta’kidlaydi. Ularni amalga oshirish zarurati milliy va mahalliy darajada yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishning samarali vositasi sifatida qayd etilgan.

“So‘nggi o‘n yil ichida O‘zbekiston hukumati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlarini namoyish etdi”, dedi BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi mintaqaviy maslahatchisi Nenad Nikolich. ""Biroq yoʻl-transport hodisalari mamlakatda oʻlimning beshta asosiy sabablaridan biri boʻlganligi sababli, yoʻl harakati xavfsizligining eng zaif ishtirokchilariga e'tibor qaratgan holda, milliy yoʻl harakati xavfsizligi tizimini muntazam ravishda takomillashtirish zarur".

Oʻzbekistonda yoʻl-transport hodisalari va oʻlimlar soni juda yuqori boʻlib, Yevropa Ittifoqidagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 45 foizdan yuqoridir. Bunday raqamlar juda katta iqtisodiy xarajatlarga olib keladi.  Oʻzbekiston boʻyicha ma'lumotlarning turli manbalariga ko’ra, ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 2,6% dan 3,8% gacha tashkil qiladi.

O‘zbekistonda avtomillar sonining jadal ko’payishi va iqtisodiy faollikning o‘sib borayotganini hisobga olgan holda, o‘lim va jarohatlar sonini, shuningdek, inson, ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlar va sog’liqni saqlash sektoriga bo’lgan yukni kamaytirish bo‘yicha barcha darajadagi maqsadli chora-tadbirlar orqali yo‘l harakati xavfsizligi muammosini kompleks hal etish zarurati tug‘iladi.

“Yoʻl-transport hodisalari Oʻzbekistonda 5 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan bolalar va yoshlar oʻlimining asosiy sababi hisoblanadi. Bu o‘limlarning oldini olish mumkin va buning uchun ilmiy asoslangan yechimlar mavjud”, dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Joffri Ijumba. “UNICEF hamkor tashkilotlar salohiyatini oshirish, jamoalar oʻrtasida xabardorlikni oshirish va mahalliy va milliy hamkorlok orqali resurslarni safarbar qilish uchun hukumatga ko’mak berishda davom etadi”.

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan siyosiy darajadagi sodiqlik kelgusidagi ijobiy o’zgarishlar uchun mustahkam asosdir. Sharhda keltirilgan tavsiyalarni amalga oshirish O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishga yordam beradi.

YHXSh natijalaridan kelgusida yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha samarali strategiyalar, harakatlar va tadbirlarni ishlab chiqish uchun foydalanish zarur. Shuningdek, xulosalar yo‘l harakati xavfsizligi xulq-atvorini yaxshilash, mahalliy bilim, tadqiqot va salohiyatini takomillashtirish, yo‘l harakati xavfsizligi uchun mas’uliyat va javobgarlikni oshirish, O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini takomillashtirishning afzalliklari haqida aholining xabardorligini oshirish uchun foydali bo’ladi.

Muharrirlarga eslatma:

Yoʻl harakati xavfsizligi sharhi benefitsiar mamlakatlarga yo'l harakati xavfsizligi tizimini mustahkamlash va milliy yo'l harakati xavfsizligi ko'rsatkichlarini samarali tahlil qilish va yaxshilashga yordam berishga qaratilgan. U milliy institutsional, huquqiy va me'yoriy-huquqiy bazala, texnik, moliyaviy va statistik salohiyatdagi kamchiliklarni, shuningdek, mamlakatning yo'l harakati xavfsizligini boshqarish tizimini yaratish yoki yangilashga to'sqinlik qiladigan boshqa iqtisodiy yoki ijtimoiy muammolarni aniqlaydi. Yo'l harakati xavfsizligini boshqarish tizimining barcha elementlarini va ular o'rtasidagi aloqalarni baholash o'zining joriy samaradorligini oshirishga intilayotgan har qanday mamlakat uchun juda muhimdir. Batafsil

 

OAV murojaatlari uchun kontaktlar:

 

Shuhrat Umarxo’jayev

So’gliqni saqlash masalalari bo’yicha maslahatchi

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

E-mail: 

sumarkhojaev@unicef.org 

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha maslahatchi

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

E-mail:

 negamberdieva@unicef.org

Podpolkovnik

Aziz Muradov

IIV Jamoat xavfsizligi 
boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Matbuot xizmati rahbari

Telefon: +99897 177 70 40

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.