O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bo‘yicha UNICEF bayonoti

28 Avgust 2020

TOSHKENT, 27 avgust 2020 yil – UNICEF O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun o‘z vaqtida qabul qilingan hujjat hamda O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tiziminini yanada takomillashtirishga qaratilgan qadam sifatida qutlaydi.  

Ko‘plab xalqaro tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, kam ta'minlangan yoki turli zaifliklarga ega bo‘lgan oilalarda bolalarni maktabda o‘qishi bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish kambag‘al va ijtimoiy zaif bolalarga ta'sir qilib, ularning maktabga muntazam ravishda borishlariga to‘sqinlik qiladi, oilada o‘quv materiallarining borligi esa bolalarning darslarni o‘zlashtirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumatning maktab yoshidagi bolalarning 15 foizga yaqinini maktab bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning bir qismini qoplash bo‘yicha tashabbusi, shubhasiz, bu yukni yengillashtiradi va bu bilan maktabga qatnash va ta'lim olishni yaxshilashga hissa qo‘shadi. Bu esa bolalarning ta'lim olish huquqini amalga oshirish demakdir”, dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade.

«Ishonchim komilki, ushbu bir martalik investisiya yordamga muhtoj oilalarga COVID-19 ta'sirini yengishda yordam beradi, hamda O‘zbekistonda shoklarga javob bera oladigan ijtimoiy himoya tizimini yaratishda birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz inson kapitaliga barqaror investisiyalar qilishga va hech bir bola e'tibordan chetda qolmasliliga olib keladi.»

UNICEF O‘zbekiston hukumati bilan ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish sohasida hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda, BMTning boshqa vakolatxonalari bilan birgalikda, oilalar va bolalar farovonligini ta'minlashni ustuvor vazifa qilgan holda, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan islohotlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda UNICEF moliyaviy va texnik ko‘mak bermoqda.» 

Bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish kechiktirib bo‘lmaydigan masaladir. Afsuski, so‘nggi yigirma yilda O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish darajasida talaygina va kattalishib boraetgan muammolar mavjud. 2009 va 2018 yillar oralig‘ida 14 yeshgacha bo‘lgan bolalar uchun nafaqa oladigan oilalar soni 67 foizga, 2 yeshgacha bola parvarishi uchun nafaqa oladigan oilalar soni 61 foizga kamaydi. Natijada, 2018 yilga kelib, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning atigi 17 foizi 14 yeshgacha bolalar uchun nafaqa yoki 2 yeshgacha bola parvarishi uchun nafaqa oluvchi oilalarda yashagan.

O‘zbekiston hukumati 2020 yil oxiriga qadar kam ta'minlangan oilalar orasida nafaqa oluvchilar sonini 50 foizga oshirish choralarini ko‘rmoqda, lekin ijtimoiy nafaqalar qamrovini kengaytirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu qo‘shimcha resurslarni talab qiladi, biroq buni udallashning choralari mavjud.

UNICEF bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda O‘zbekiston hukumatiga doimiy ravishda texnik ko‘mak ko‘rsatib borishga tayyorligini yana bir bor ta'kidlaydi. Hozir mavjud bo‘lgan ‘demografik imkoniyatlar davrini’ e'tiborga olgan holda, bu nafaqat to‘g‘ri ish, balki mamlakatning kelgusi ravnaqiga oqilona investisiya hamdir.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.