O'zbekiston hukumati vaksinalar havfsizligini ta'milamoqda

Birinchi zamonaviy vaksinalar omborxonasi minglab bolalarga sifatli vaksinalar etkazib berishni ta'minlaydi

29 Aprel 2019
press photo
UNICEF

UNICEF va Sog'liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyati uchun eng zamonaviy sovutgichlar bilan jihozlangan vaksinalar omborxonasini ishga tushirdi. Mazkur inshoot O'zbekiston bolalari salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Yangi vaksinalar omborxonasi bir yoshgacha bo'lgan 64 400 bolani emlashga etarli bo'lgan 31 000 litr, yani 440 kub metr hajmdagi vaksinalarni saqlash imkonini beradi. Iscida yurish mumkin bo'lgan ikkita sovutgich kameralarda vaksinalarni sifatli saqlash uchun zarur bo'lgan Selsiy bo'yicha 2-8 daraja iliq doimiy ravishda ushlab turiladi. 5 yoshgacha bo'lgan bolalarning soni oshgani inobatga olgan holda yangi omborxona hajmi avvalgisiga nisbatan ikki barobar oshirildi.

UNICEF shuningdek tegishli hodimlarning malakasini oshirish, vaksinalar omborxonasini boshqarish uchun zarur yo'riqnomalarni taqdin etich, vaksinalarni tashish uchun sovutgichli avtomobillarni va sumkalarni yetkazib berishda ham ko'maklashmoqda. 

"Gap vaksinalarning havfsizligi tog'risida ketar ekan, ularni etkazib berishni va logistikani boshqarish juda muhim rol o'ynaydi. Mazkur sovuqlik ombori kelgusida uzluksiz ishlashi malakali hodimlar va Hukumatning ushbu tizimni boshqarish va uning ishlashini ta'minlash uchun zarur sarmoyalarni kiritish borasidagi majburiyatiga bog'liq bo'ladi," - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.

UNICEF butun O'zbekiston bo'ylab 21 ta sovuqlik omborxonalarini qurish rekonstruksiya qilishda Sog'liqni saqlash vazirligiga ko'mak bermoqda. Mazkur inshootlar Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoda eng yaxshi vaksinalar omborxonalari bo'ladi. 

 

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

ЮНИСЕФ ҳақида
Ўз фаолияти орқали ЮНИСЕФ ҳар бир боланинг ҳақуқ ва фаровонлигини таъминланишига эришишга ҳаракат қилади. Ушбу мажбуриятни амалий ҳаракатларга айлантириш мақсадида биз ҳамкорларимиз билан биргаликда дунёнинг 190 мамлакат ва ҳудудларида иш олиб борамиз ва барча болаларнинг, хусусан, ижтимоий жиҳатдан яккалаб қўйилган, алоҳида эътибор ва ёрдамга муҳтож болаларнинг манфаатлари йўлида ҳаракат қиламиз.

ЮНИСЕФ ва унинг Ўзбекистондаги фаолияти тўғрисида тўлиқ маълумот олиш учун  www.unicef.uz сайтига ташриф буюринг.