OTB va UNICEF O‘zbekiston hukumatini COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlamoqda

UNICEF OTBning moliyaviy ko‘magi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda COVID-19 bilan kasallanganlarga tibbiy xizmat sog‘liqni saqlash xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini (ShHV) harid qildi.

08 Sentabr 2020
Специалист проверяет коробки с медицинскими принадлежностью.
UNICEF Uzbekistan/2020

TOShKENT, 2020 yil 9 sentyabr – Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga 952 ming dollarlik tibbiyot vositalarini yetkazib berdi.

UNICEF OTBning moliyaviy ko‘magi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda COVID-19 bilan kasallanganlarga tibbiy xizmat sog'liqni saqlash xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini (ShHV) harid qildi. Bu vositalar orasida 71,100 kombinezonlar va 8,000 baxila, shuningdek, laboratoriya tekshiruvlarini tez va sifatli o‘tkazish uchun RNA Mini to‘plamlari ham keltirildi.

«Mamlakatdagi karantin cheklovlarining yumshatilganligiga qaramay, O‘zbekistonda COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanib bormoqda. Ammo ushbu infeksiyaning mamlakat aholisi o‘rtasida tarqalish darajasi hamon yuqori bo‘lgani bois biz hali ham juda ehtiyotkor bo‘lishimiz zarur», - dedi OTBning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Sindi Malvichini xonim. «Avvalo, biz koronavirusga qarshi kurashda oldingi qatorlarda turgan sog‘liqni saqlash xodimlarini himoya qilishimiz zarur. Shu sababli, biz UNICEF bilan birgalikda etkazib bergan ShHV juda dolzarb bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab tibbiyot xodimlarining xavfsizligini ta'minlashga mo‘ljallangan. OTB O‘zbekiston xalqining COVID-19 pandemiyasini yengishdagi sa'y-harakatlarida doim ko‘makdosh bo‘lib qoladi».

Yetkazib berilgan barcha tibbiy uskunalar va ShHV O‘zbekistonning barcha viloyatlariga, jumladan, chekka hududlarga taqsimlanadi.

«ShHV, test to‘plamlari va zarur dori-darmonlar kabi muhim tibbiyot vositalarining yetarlicha bo‘lishini ta'minlash kasallik tarqalishini nazorat qilishda hamda sog‘liqni saqlash xizmatlarining uzluksizligini ta'minlashda juda muhimdir», - dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Munir Mamedzade. "UNICEF tibbiyot buyumlarini sotib olish va yetkazib berish tizimini yanada takomillashirishda Sog‘liqni saqlash vazirligiga doimo ko‘mak berishga tayyor va shu o‘rinda moliyaviy yordam uchun OTBga o‘z minnatdorchiligini bildiradi,"- deb ta'kidladi u.

OTB haqida

OTB Osiyo-Tinch okeani mintaqasida rivojlanish, barqarorlik va birdamlikni ta'minlashga erishish maqsadiga qat'iy intilib, kambag‘allikka barham berish borasidagi ishlarini ham davom ettirmoqda. OTB 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 68 mamlakat uning aksiyadorlari hisoblanadi va ulardan 49 tasi mintaqada joylashgan mamlakatlardir.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun murojaat qiling:

Nargiza Egamberdieva, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: 99893 380 34 19

Elektron pochta: negamberdieva@uncief.org

***

Dildora Yavmutdinova, Matbuot kotibi, OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi

Telefon: 99890 321 87 23

Elektron pochta: dyavmutdinova@adb.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.