Oltita shahar hokimi bolalar va yoshlar manfaatlari va ehtiyojlari e’tiborga olingan harakat dasturlarini taqdim etdilar
ТОSHKENT, 2023 yil 21-fevral – Bugun “Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusi doirasida Andijon viloyatining Asaka, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon, Navoiy viloyatining Zarafshon, Surxondaryo viloyatining Termiz, Xorazm viloyatining Yangibozor, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo’ston shaharlari hokimlari bolalar va yoshlar farovonligini oshirish bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan harakat dasturlarinin taqdim etdilar.
2022 yil 29-aprelda “Yuksalish” umummilliy harakati, Yoshlar ishlari agentligi va UNICEF ushbu shaharlar hokimliklari bilan O‘zbekistonda “Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolagan edilar. Ushbu tashabbusni Shveytsariya hamkorlik agentligi qo'llab-quvvatlamoqda.
O‘tgan yili hamkor tashkilotlar mahalliy hokimiyat organlariga bolalar va yoshlarning ahvolini yaxshilash bo‘yicha harakat dasturini ishlab chiqish va rejalashtirish jarayoniga yoshlarni jalb etish bo‘yicha uslubiy va texnik yordam ko‘rsatdilar. Ayni paytda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, xalqaro ekspertlar mahalliy hokimiyat vakillariga natijaga yo'naltirilgan rejalar tuzish ko'nikmalarini yanada yaxshilashda ko’mak berdilar. Yoshlar maslahat kengashlari ham tashkil etildi. Onlayn va yuzma-yuz maslahatlashuvlar orqali 10 mingga yaqin bolalar va yoshlar hokimliklarning harakat dasturlarini tuzish jarayoniga jalb etildi. Bunda yangi formatagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari muhim o‘rin tutdi, rahbarlar va yoshlar o‘z shaharlarida bolalar va yoshlar bilan bog‘liq ijtimoiy masalalarni muhokama qildilar.
Bugun, barcha harakatlar dasturlari ko'rib chiqilganidan so’ng, Muvoqlashtiruvchi qo'mita ular orasidan uchta eng yaxshisini tanlaydi. Har bir g'olib bolalar va yoshlarning ahvolini yaxshilash bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun 30 ming AQSh dollari miqdorida qo'shimcha resurslarga ega bo’ladi. Ushbu mablag‘lar sarflanishini “Yuksalish” umummilliy harakati, Yoshlar ishlari agentligi va UNICEF vakillaridan iborat ishchi guruh nazorat qiladi.
2023 yil oxiriga borib harakatlar dasturlari amalga oshirilishining muvaffaqiyati baholanadi va g‘olib shaharlarga “Bolalar va yoshlarga do’stona munosabatdagi shahar” unvoni beriladi. Bundan tashqari, bolalar va yoshlar manfaatlari e’tiborga olingan holda davlat boshqaruvi tizimini hamda milliy va mahalliy darajadagi dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Batafsil ma’lumot olish uchun murojaat qiling:
Elvina Mustafina, “Yuksalish” umummilliy harakati Matbuoy xizmati rahbari Теlefon: + 998 90 646 1300 El.pochta: info@yumh.uz
|
Sharofiddin Xonimov, El.pochta: sharofiddin_2017@mail.ru
|
Inna Volfson, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘smirlar va yoshlar rivojlanishi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tel. 99893 505 5256 El.pochta: iwolfson@unicef.org |
Nargiza Egamberdiyeva, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Tel. 99893 380 3419 El.pochta:negamberdieva@unicef.org
|
OAV uchun mas'ul xodimlar
О ЮНИСЕФ
ЮНИСЕФ работает в некоторых из самых сложных мест в мире, чтобы помочь самым обездоленным детям. В 190 странах и территориях мы работаем для каждого ребенка, везде, чтобы построить лучший мир для всех.
Для получения дополнительной информации о ЮНИСЕФ и его работе в Узбекистане, посетите www.unicef.uz.
Следите за ЮНИСЕФ на Twitter | Facebook | Instagram