Markaziy Osiyoda barqaror hamjamiyatlarni shakllantirish hamda bolalarning oilalardan ajratilishi, deinstitutalizatsiyaga barham berish uchun ijtimoiy xizmatlarga sarmoyalarni koʼpaytirish zarur
Ushbu haftada Oʼzbekiston hukumati Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari ishtirokidagi ijtimoiy xizmatlarni mustahkamlash va mintaqadagi bolalar, oilalar va zaif aholining farovonligini oshirish masalalariga qaratilgan forumga mezbonlik qilmoqda
TOSHKENT/JENEVА, 2024 yil 5 sentyabr – Davlat organlari, ilmiy doiralar va bolalar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari vakillari bugun Markaziy Osiyo boʼylab ijtimoiy xizmatlarga sarmoyalarni koʼpaytirishga chaqirdilar va bu xizmatlar oilalardan ajratishning oldini olish, aholining zaif qatlamlarini qoʼllab-quvvatlash va barqaror hamjamiyatlarni shakllantirishda muhim rol oʼynashini taʼkidladilar.
"Markaziy Osiyoda barqaror hamjamiyatlarni shakllantirish – ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar orqali bolalar, yoshlar, ayollar va oila farovonligiga koʼmaklashish" nomli forumda harakatga chaqiriq eʼlon qilindi. Аholini ijtimoiy himoya qilish milliy agentligi, UNICEF va Kolumbiya universiteti tomonidan tashkil etilgan mazkur forum shu haftada Toshkentda Oʼzbekiston hukumati koʼmagida boʼlib oʼtdi.
Forum aholining zaif qatlamlari, jumladan, bolalar, nogironligi boʼlgan shaxslar, gender zoʼravonligi qurbonlari hamda qariyalarga ijtimoiy xizmat koʼrsatish sifatini oshirish, shuningdek, Markaziy Osiyodagi internat muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar sonining koʼpligi muammosini hal yetishga qaratildi. Forum barcha fuqarolar, ayniqsa aholining eng zaif qatlamlari uchun asosiy xizmatlardan adolatli foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash toʼgʼrisidagi hukumatlarga qaratilgan murojaat bilan yakunlandi.
Mazkur hujjatda bolalarga gʼamxoʼrlik hamda ayollar huquqlariga qaratilgan yuqori sifatli ish olib borish uchun ijtimoiy xizmatlar sohasidagi mutaxassislar faoliyatini moliyalashtirish qatʼiyan tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, ayollar va qizlarga nisbatan zoʼravonlikka qarshi kurash dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, oiladan ajratishning oldini olish va ularni qoʼllab-quvvatlash hamda internat tipidagi yirik bolalar muassasalarini qadamba-qadam yopish boʼyicha xizmatlarni tashkil etish hukumatlarga tavsiya qilindi.
Ushbu daʼvatda, shuningdek, oʼzgarishlarni ragʼbatlantirish uchun mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish, bolalar, yoshlar, oilalar va hamjamiyatlarning xabardorligini oshirish va imkoniyatlarini kengaytirish zarurligi taʼkidlanadi.
"Bizning pozitsiyamiz aniq: kambagʼallik, nogironlik yoki ijtimoiy jihatdan qiyin xulq-atvori tufayli yoki oilasi oʼz uyida unga gʼamxoʼrlik qilishi uchun zarur boʼlgan xizmatlardan foydalana olmaganligi sababli bironta ham bola muqobil muassasalarga joylanmasligi kerak. Bunga erishish uchun bolalar va oilalar uchun keng qamrovli va izchil ijtimoiy xizmatlar tizimi zarur. Bu tizim oila markaziy oʼrin tutadigan bolalarni himoya qilishning ishonchli mexanizmlariga asoslangan boʼlishi kerak,"- dedi UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo boʼyicha mintaqaviy direktori Rejina de Dominichis.
UNICEFning yaqinda chop etilgan "Markaziy Osiyoda oilalar birligini saqlab qolish" tahliliy bayonida qayd etilishicha, internat muassasalarida yashovchi bolalar ulushi dunyo darajasidagi oʼrtacha koʼrsatkichdan ikki baravar koʼp. Hozirgi kunda Markaziy Osiyoning beshta davlatida 60 ming bola internat muassasalarida istiqomat qiladi.
UNICEF mintaqadagi hukumatlar va hamkor tashkilotlar bilan oilalarni saqlab qolish, oila va jamiyat gʼamxoʼrligini qoʼllab-quvvatlash maqsadida ish olib boradi. Bunda deinstitutsionalizatsiya siyosati va dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish kiradi. Bunday siyosat va dasturlarda bolalarni oilalaridan ajratishning oldini olish uchun oilani himoya qilish va qoʼllab-quvvatlash xizmatlarini kengaytirish, oila va hamjamiyat asosidagi gʼamxoʼrlik qilishni targʼib qilish, oilani birlashtirish, reintegratsiya va mustaqil hayotga xavfsiz oʼtishni taʼminlash maqsad qilingan. UNICEF, shuningdek, hukumatlar va milliy statistika idoralari bilan birgalikda muqobil parvarishdagi bolalar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi, qiyosiyligi va sifatini yaxshilash boʼyicha ish olib bormoqda.
UNICEF haqida
UNICEF dunyoning eng murakkab nuqtalarida, eng kam taʼminlangan bolalarga yordam berish maqsadida ishlaydi. 190 dan ortiq mamlakat va hududlarda biz har bir bola uchun, hamma joyda, hamma uchun yaxshiroq dunyo qurish yoʼlida ishlaymiz.
Qoʼshimcha maʼlumot olish uchun murojaat qiling:
Irina Mazur Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi rahbari UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo boʼyicha mintaqaviy vakolatxonasi El.pochta:
| Diana Isaeva Bolalar himoyasi masalalari boʼyicha maslahatchi UNICEFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi El.pochta: | Nargiza Egamberdieva Jamotchilik bilan aloqalar boʼyicha maslahatchi UNICEFFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi El.pochta: [email protected] |
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to'g'risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagram da kuzatib boring.