Maktabgacha ta’lim pedagog-tarbiychilari uchun yangi hududiy pedagogik mahorat markazlarini tashkil etish orqali O‘zbekistonda sifatli ta’lim islohotini ilgari surish

27 May 2025
UNICEF
UNICEF

SAMARQAND, 2025 yil 28-may – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi (UNICEF), Oʻzbekiston hukumati va Islom taraqqiyot banki (ITB) bugun sifatli maktabgacha ta’limning muhimligini taʼkidladi va maktabgacha taʼlim muassasalari pedagoglarini tayyorlashga barqaror sarmoya kiritish zarurligini eʼtirof etdi.

O‘zbekistonning Samarqand shahridagi Maktabgacha ta’lim pedagogika mahorati markazining ochilish marosimida ana shunday ta’kidlandi. Ushbu markaz Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha taʼlimdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida ITB tomonidan moliyalashtirilayotgan oʻn bir (11) hududiy markazdan biridir.

"UNICEF tomonidan biz Islom taraqqiyoti bankining maktabgacha taʼlimga qaratilgan mazmunli va sezilarli sarmoyasini qullab-quvvatlaymiz. Biz bilamizki, bunday sarmoyalar mamlakatlar uchun katta daromad keltiradi,” dedi UNICEFning Ijrochi direktori Ketrin Rassel xonim markazning ochilish marosimida soʻzlagan nutqida. "Biz pedagog kadrlar ta'limdagi har qanday muvaffaqiyatli islohotning markazida ekanligiga qat'iy ishonamiz va ularning malakasini oshirish ham sifatli, ham inklyuziv ta'limga erishish uchun muhim ahamiyatga egadir".

Ushbu ilg’or sarmoya yordami o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limning global afzalliklari yaxshi hujjatlashtirilgan va uzoq muddatli bo‘lsa-da, masalan, yuqori sifatli maktabgacha ta’lim olgan kam ta’minlangan oila bolalari ko‘proq ta’lim olishlari, yuqori daromadga ega bo’lishlari va kattalar sifatida jinoiy adliya tizimi bilan kamroq aloqada bo‘lishlari mumkinligini ko‘rsatadi.

UNICEF 2023-yil dekabr oyidan boshlangan 50 million AQSH dollarlik "O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasining ijrochi hamkori bo‘lib, maktabgacha ta’lim sifati va undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha loyihaning a oshirmoqda.

UNICEF 2023-yil dekabr oyida maktabgacha ta’lim sifatini va undan foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida boshlangan 50 million AQSh dollari miqdoridagi ITB tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish” loyihasining amalga oshiruvchi hamkori bo‘lib, UNICEF hozirda tarbiyachi va pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirish bo’yicha islohotlarda yordam ko’rsatmoqda (2,3 million dollarlik hamkorlik).

Samarqandda joylashgan Markaz bilan bir qatorda UNICEF, ITB va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hozirgacha beshta hududiy oʻquv markazlarini tashkil etgan boʻlsa, qolgan 6 ta markaz 2025-yil oxirigacha tashkil etiladi.

“ITBning ta'lim sektorini qo'llab-quvvatlashi uning sifat va inklyuziv ta'lim inson kapitalini rivojlantirishning kaliti ekanligiga qat'iy ishonchiga asoslanadi. Bu barqaror o'sishni qo'llab-quvvatlash uchun inson kapitalini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratuvchi ITB a'zo-mamlakatlari hamkorlik strategiyasiga (2022-26) mos keladi. Erta bolalik davridagi ta’lim va rivojlanish sarmoyalarining qaytarilishiga oid global dalillarga ega bo‘lgan holda, ITB O‘zbekistonning barcha bolalarga hayotining dastlabki bosqichlaridan boshlab sifatli ta’lim berish bo‘yicha intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bizning ushbu loyihaga kiritgan sarmoyamiz ITB Oʻzbekiston hukumatini maktabgacha ta’lim xizmatlari, o‘quv dasturi va pedagog kadrlar sifatini yaxshilashga sarmoya kiritish orqali maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyati va sifatini yaxshilash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. UNICEF maktabgacha ta’lim tashkilotlari ekotizimini yaxshilashda uzoq vaqtdan beri tutgan o’rni hisobga olgan holda, ITB hukumat sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda UNICEF bilan hamkorlik qilmoqda," - dedi Olmaota mintaqaviy markazi rahbari Ali Xon.

Dastur Oʻzbekiston hukumati boshchiligidagi oʻtgan yillarda maktabgacha taʼlim sohasida erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarga o’z hissasini qushdi, bu esa maktabgacha taʼlimni 2017-yildagi 30 foizdan 2025-yilda 77 foizga koʻtarilishiga sabab buldi. Ish, shuningdek, UNICEFning maktabgacha taʼlimi soxasodagi tarixiy koʻmagiga asoslanadi, shular jumlasidan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivijlanishiga qo’yiladigan talablar, maktabgacha ta’lim dasturi va pedagoglarnin kasbiy rivojlanishiga innovatsion yondashuvlarni joriy etishndir.

Hududiy pedagogik mahorat markazlari maktabgacha ta’lim tajribasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faol pedagogikani taklif etadi. Ular maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari malakasini oshirish sifatini oshirish, jumladan, multimedia va aralash ta’limdan foydalanish kabi yangi zamonaviy metodika va yondashuvlarni chuqur joriy etishda muhim rol o‘ynaydi.   Bugungi kunga qadar 6,5 mingdan ortiq pedagog va menejerlar yangi ishlab chiqilgan o‘quv dasturidan foydalandilar va maktabgacha ta’limning barcha xodimlari - taxminan 170 ming xodim, shu jumladan tarbiyachi-pedagoglar, menejerlar va metodistlar loyihaning ITB-UNICEF qo‘shma komponentidan foydalanadilar.

“Pedagogik mahorat markazlari maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ular nafaqat o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini ta’minlaydi, balki mamlakatimizning eng yosh fuqarolari uchun sifatli ta’limning barqarorligini ham kafolatlaydi. Biz o‘qituvchilarni rivojlantirishga kiritilayotgan sarmoya – bu O‘zbekiston kelajagiga kiritilgan sarmoya, deb qat’iy ishonamiz", dedi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova.

Islom taraqqiyot banki haqida

Islom taraqqiyot banki ko'p tomonlama rivojlanish banki bo'lib, u a'zo mamlakatlar va butun dunyo bo'ylab musulmon jamoalarida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga ko'maklashish orqali biz xizmat ko'rsatayotganlar hayotini yaxshilashga harakat qiladi va keng miqyosda ta'sir ko'rsatadi. ITB va uning ishi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun https://www.isdb.org/ saytiga tashrif buyuring. ITB faoliyatini kuzatib boring: Twitter Facebook Linked In

 

UNICEF haqida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida, dunyoning eng kam ta'minlangan bolalariga yordam berish uchun ishlaydi. 190 mamlakat va hududlarda biz hamma uchun yaxshiroq dunyoni qurish uchun hamma joyda har bir bola uchun harakat qilamiz. UNICEF va uning bolalarga qaratilgan faoliyati haqida batafsil ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring. UNICEF faoliyatini kuzatib boring TwitterFacebook | Instagram

 

 

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling:

Dilfuza Sobirova

Matbuot kotibi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Telefon:

+998 99 898 18 39

 

Vazira Nazarova

Bolalarning erta rivojlanishi masalalari bo’yicha maslahatchi

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: +998933803007

El.pochta: [email protected]

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilk bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: +998933803419

El.pochta: [email protected]

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: [email protected]

UNICEF to'g'risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagram da kuzatib boring.