Maktab darsliklarini tayyorlashda yangi yondashuvlar oʻrganilmoqda

“Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasidagi siyosat” mavzusidagi to’rt kunlik seminar davom etmoqda.

25 Avgust 2020
Ученица делает презентацию у доски.
UNICEF Uzbekistan

TOSHKENT, 2020-yil 25-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Taʼlim markazi, BMT Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari ishtirokidagi “Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasidagi siyosat” mavzusidagi to’rt kunlik seminar davom etmoqda.

Xalqaro ilgʻor tajriba va standartlarni hisobga olgan holda ishtirokchilar darsliklar va adabiyotlar sifatini oshirish yoʻllari va yangi yondashuvlarni, shuningdek umumiy oʻrta taʼlim uchun muqobil oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalarini muhokama qilyaptilar. Xalqaro ekspertlar jahon darajasidagi ilgʻor tajribalar bilan oʻrtoqlashib, Oʻzbekistonda umumiy oʻrta taʼlim sifatini oshirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini bermoqdalar.

“Seminar darslikka nisbatan qoʻllaniladigan siyosatni yangilash hamda darsliklarning sifatini qanday qilib yaxshilashi mumkin degan savolga javob berishi bilan ahamiyatlidir”,- dedi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov. “Unda maktablarda berilishi yoki erkin savdoga chiqarilishi mumkin boʻlgan qator darsliklarni tasdiqlash tizimlari, ularni tanlash, taʼlim-nashriyot sektorini rivojlantirish, darsliklar bilan taʼminlash tizimidagi xarajatlarni boshqarish masalalari muhokama etiladi hamda asosiy strategik takliflar berildi”, — deb taʼkidladi u.

“Ta'lim sohasidagi islohotlar yangi o'qitish uslublariga mos keladigan darsliklar bo’lishini talab qiladi", Dipa Shankar, UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi Ta'lim bo’limi rahbari. 

Taʼlim sohasidagi xalqaro ekspert, darsliklarni nashr qilish masalalari boʻyicha 30 yillik tajribaga ega boʻlgan mutaxassis Endi Smart boshchiligida oʻtkazilayotgan mazkur seminar davomida maktab darsliklarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish imkoniyatlari boʻyicha takliflar muhokamaqilindi va erishilgan natijalar boʻyicha fikr almashildi. Uning fikricha, yangi avlod darsliklarini yaratish o’qitiladigan fan boʻyicha mutaxassislar, oʻqituvchilar, darsliklar mualliflari hamda muharrirlaryaqindan hamkorlik qilishlarini talab etadi.

“Ta'lim sohasidagi islohotlar yangi o'qitish uslublariga mos keladigan darsliklar bo’lishini talab qiladi. Darsliklarning sifati har bir bolaning ta'lim olishida muhim rol o'ynaydi hamda har bir o'qituvchi uchun bilim manbai hisoblanadi. Shuning uchun UNICEF darsliklarni qayta ko'rib chiqish va takomillashtirish bo'yicha Respublika ta'lim markazi va Xalq ta'limi vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qiladi ”, dedi Dipa Shankar, UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi Ta'lim bo’limi rahbari.

Seminarda taklif etilgan ilgʻor xalqaro tajriba asosida darsliklarni yaratish texnologiyasi hamda mexanizmlari takomillashtiriladi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun murojaat qiling:

Mohira Nurullayeva, Matbuot kotibi, Xalq ta'limi vazirligi qoshidagi Respublika ta'lim markazi

Telefon:9989 99 997 80 60

Elektron pochta: mohiranurullayeva2@gmail.com

***

Yana Chicherina, Ta’lim masalalri bo’yicha mutaxassis, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: 99893 590 88 89

Elektron pochta: ychicherina@unicef.org

***

Nargiza Egamberdiyeva, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: 99893 380 34 19

Elektron pochta: negamberdieva@uncief.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.