JSST va UNICEF COVID-19 davrida emlashlar hajmi kamayishi haqida ogohlantirmoqda

COVID-19 pandemiyasidan avval emlash qamrovi 10 yil davomida 85 foizda darajasida bo’lgani bilan har yili 14 million nafar bolalar emlanmagan

22 Iyul 2020
Ребенок в ожидании вакцинации.
UNICEF/UNI350163/Ijazah

JENEVA/NYU YORK, 2020 yil, 15-iyul – Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va UNICEF bugun dunyo bo'ylab hayot uchun muhim bo’lgan vaksinalarni qabul qilayotgan bolalar soni keskin kamayishi haqida ogohlantirmoqda. Bu COVID-19 pandemiyasi sababli ta’minot va emlash xizmatlarini taqdim etishdagi uzilishlar bilan bog'liq.  JSST va UNICEF chop etgan yangi ma’lumotlarga ko’ra, ushbu uzilishlar bolalar va o'smirlarni kasalliklarga qarshi keng ko’lamli emlash sohasida qiyinchiliklar bilan erishilgan yutuqlarni yo’qqa chiqazish tahdidini solmoqda. So‘nggi o'n yil davomida emlash qamrovini yuqori darajaga olib chiqishga sekin sur’atlar bilan erishilgan edi.

JSST va UNICEF chop etgan 2019 yil bo’yicha emlash qamrovining bahosi to'g'risidagi eng so’nggi ma’lumotlar, odam papillomasi virusi (OPV) vaksinasining 106 mamlakatda tadbiq etilishi kabi yutuqlar va bolalarni ko'proq kasalliklardan himoya qilish imkoniyatlarini qo’ldan boy berish xavfi mavjud ekanini ko'rsatmoqda. Masalan, 2020 yilning birinchi choragi bo‘yicha dastlabki ma'lumotlar dunyo bo'ylab, mamlakat ichidagi va mamlakatlararo nisbatan qaralganda, difteriya, qoqshol va ko'kyo'talga qarshi emlashning uchchala dozasini ham (AKDS3) qabul qilgan bolalar sonining sezilarli darajada kamayganligi va 28 yil ichida birinchi marta AKDS3 qamrovi kamayganini ko’rsatmoqda.

"Vaktsinalar jamoat sog'lig‘ini saqlash tarixidagi eng kuchli vositalardan biri bo'lib, hozirgi kunda emlanayaotgan bolalar soni har qachongidan ham ko'proqdir", deyi JSST bosh direktori doktor Tedros Adhanom Ghebreyesus. "Ammo pandemiya ushbu yutuqlarni xavf ostiga qo'ydi. Rejali emlashlar o’tkazilmaganligi sababli o’ldini olish mumkin bo’lgan dard va o'lim COVID-19 oqibatlariga qaraganda ancha katta bo'lishi mumkin. Ammo bunday bo'lishi shart emas. Emlash ishlarini pandemiya paytida ham xavfsiz ravishda amalga oshirish mumkin va biz davlatlarni hayotni saqlab qoluvchi ushbu muhim dasturlarni davom ettirishga chaqiramiz."

COVID-19 sababli yuzaga kelgan uzilishlar

COVID-19 pandemiyasi tufayli kamida 30 ta qizamiqqa qarshi emlash kampaniyalari bekor qilingan yoki ular bekor qilinish xavfi ostida, bu esa 2020 va undan keyingi yillarda qizamiqning yangitdan tarqalishiga olib kelishi mumkin. AQShning Kasalliklarni nazorat qilish markazlari, Sabin Vaktsinatsiya instituti va Jons Xopkinsning Bloomberg jamoat sog'lig’ini saqlash instituti bilan hamkorlikda o'tkazilgan UNICEF, JSST va Gavi tashkilotlarining yangi tezkor so’rovi natijalariga ko'ra, unda ishtirok etgan 82 mamlakatning to'rtdan uch qismi 2020 yil may oyi bo’yicha o’zlarining emlash dasturlarida COVID-19 bilan bog'liq uzilishlar ro’y bergani haqida ma’lum qilganlar. Xizmatlar uzilishining sabablari turlicha. Xizmatlar taqdim etilgan taqdirda ham, odamlar uydan chiqishni istamasligi, transportdagi uzilishlar, iqtisodiy qiyinchiliklar, harakatlanishdagi cheklovlar sababidan, yoki COVID-19 bilan kasallangan odamlarga duch kelish qo'rquvi shular jumlasidandir. Ko'pgina tibbiyot xodimlar ko‘rsatadigan xizmatlarga, ularning harakatlanishdagi cheklovlar yoki COVIDga qarshi javob choralarini ko’rishga safarbar qilinganlari, shuningdek, himoya vositalarining yetishmasligi tufayli, murojaat etish imkoni yo‘q.

"COVID-19 rejalashtirilgan emlash tadbirlarini juda qiyin vazifaga aylantirib qo’ydi", dedi UNICEF ijrochi direktori Genrietta For. “Biz vaksinalar qamrovi pasayishining oldini olishimiz, bolalar hayotiga boshqa kasalliklar havf solmasidan avval shoshilinch ravishda emlash dasturlarini qayta boshlashimiz zarur. Sog'liqni saqlash sohasidagi bir inqirozini boshqasiga almashtira olmaymiz”.

Dunyo miqyosidagi qamrov darajasining bir joyda to’xtab qolishi

Emlash qamrovidagi progress COVID-19 xurujidan avval, AKDS3 va qizamiqqa qarshi vaksinalar qamrovi 85 foiz bo‘lganida to'xtashni boshlagan edi. Bugungi kunda yangi tug'ilgan chaqaloqni, u 5 yoshga to'lguniga qadar, umumjahon darajasida tavsiya etilgan barcha vaksinalar bilan to'liq emlash ehtimoli 20 foizdan kam.

2019 yilda qariyb 14 million bola qizamiq va AKDS3 kabi hayot uchun muhim bo’lgan vaksinalar bilan emlanmadi. Ushbu bolalarning aksariyati Afrikada yashaydi va ehtimol boshqa sog'liqni saqlash xizmatlaridan ham foydalanish imkoniga ega emas. Ularning uchdan ikki qismi o'rta va kam daromadli 10 mamlakatlardadir: Angola, Braziliya, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Hindiston, Indoneziya, Meksika, Nigeriya, Pokiston va Filippin. O'rta daromadli mamlakatlarda istiqomat quluvchi bolalar kasallik yukining ortib borayotgan ulushini tashkil qiladi.

Mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha progress va muammolar

Emlash qamrovi bo’yicha bir oz oldinga siljishlar kuzatildi. So'nggi 10 yil ichida AKDSning uchinchi dozasi bo'yicha mintaqaviy qamrov darajasi, ayniqsa Hindiston, Nepal va Pokistonda 12 foiz punktiga oshdi. Biroq, ushbu osonlik bilan erishilmagan yutuqni COVID-19 keltirib chiqargan uzilishlar bekor qilishi mumkin. Efiopiya va Pokiston kabi sezilarli yutuqlarga erishgan davlatlarda, agar emlash xizmati iloji boricha tezroq qayta yo’lga qo’yilmasa, ortga chekinish xavfi mavjud.

Vaziyat ayniqsa Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlariga taalluqli, u yerlarda tarixan yuqori bo’lib kelgan qamrov darajasi so'nggi o'n yil ichida pasayishni boshlagan. Braziliya, Boliviya, Gaiti va Venesuelada emlash qamrovi 2010 yildan beri kamida 14 foiz punktiga shiddat bilan pasaygan. Hozirgi kunda ushbu davlatlar COVID-19 keltirib chiqargan o’rtamiyona va og'ir darajadagi uzilishlarga duch kelmoqdalar.

Sog'liqni saqlash masalalarida dunyo hamjamiyati COVID-19 bilan bog'liq uzilishlar tufayli qo’ldan boy berilgan vaziyatni tiklashga harakat qilar ekan, UNICEF va JSST davlatlarga emlash dasturlarini qayta ko’rib chiqish va ularni samarali tiklsh borasida quyudagilar orqali ko’mak bermoqda:

  • Xizmatlarni qayta yo’lga qo’yish - COVID-19 pandemiyasi davrida mamlakatlar gigiyena qoidalari va jismoniy masofani saqlash bo'yicha berilgan tavsiyalarga rioya etgan hamda tibbiyot xodimlariga shaxsiy himoya vositalarini yetkazib bergan holda muntazam emlash xizmatlarini xavfsiz ravishda ta’minlay oladilar;
  • Xizmatlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, bolalarni parvarish qiluvchilarga emlash xizmatlaridagi o’zgarishlarni tushuntirish uchun ular bilan faol muloqotni yo’lga qoyishda tibbiyot xodimlariga yordam berish;
  • Emlash qamrovidagi kamchiliklarni bartaraf etish va kollektiv immunitetni shakllantirish;
  • Ijtimoiy jihatdan zaif bolalar yashaydigan hamjamiyatlarni qamrab olish uchun rejalashtirilgan emlash xizmatlarini kengaytirish.  

###

Muharrirlar uchun eslatmalar

Fotosuratlar, hisobot, axborot fayllarini va mavzuga oid video lavhalarni UNICEF saydida bu yerdan yoki JSST saytida bu yerdan yuklab olishingiz mumkin. 15-iyul kuni Markaziy Evropa vaqti bo’yicha 14.00dan keyin, quyidagi hisobotda keltirilgan ma'lumotlar tahlili bilan tanishing, Biz vaziyatni qo’ldan boy bermoqdamizmi? yoki vaksina qamrovi to'g'risidagi to'liq axborotni  UNICEF yoki JSST web-sahifasida ko'rib chiqing. Axborotga tegishli taqdimot va grafikalar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Axborot haqida

2019 YIL EMLASH QAMROVINING BAHOSI

Har yili UNICEF va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) 195 mamlakat uchun emlash qamrovining yangi bahosini ishlab chiqadi, bu esa har bir bolani hayot uchun muhim bo’lgan vaktsinalar bilan qamrab olishda qanchalar unumli ishlatishimizni tanqidiy baholaydi. 2019 yil uchun emlash qamrovining bahosini ishlab chiqish bilan bir qatorda, JSST va UNICEF tomonidan amalga oshiriladigan baholash jarayonida, hozirda mavjud bo'lgan eng so'nggi ma'lumotlar emlash bilan bog’liq tarixiy ma'lumotlarga solishtiriladi va qayta ko'rib chiqiladi. 2019 yildagi qayta ko’rib chiqish ishlari doirasida 1980 yildan 2019 yilgacha bo'lgan 39 yillik qamrov baholari jam bo’lgan. AKDS3 qamrovi emlangan bolalar ulushini baholash uchun ko'rsatkich sifatida ishlatiladi va bir yoshgacha bo'lgan bolalar uchun hisoblanadi. Emlangan bolalarning taxminiy soni, BMTning 2019 yil uchun Dunyo aholisi istiqbollarida (WPP) taqdim etilgan aholiga doir ma'lumotlardan foydalangan holda, hisoblab chiqiladi. Axborot byulleteni.

EMLASH MAVZUIDA TEZKOR SO’ROV, 2020 YIL, IYUN

UNICEF, JSST va GAVI tashkilotlari AQShning Kasalliklarni nazorat qilish markazlari, Sabin Vaktsinatsiya instituti va Jons Xopkinsning Bloomberg jamoat sog'lig’ini saqlash instituti bilan hamkorlikda 2020 yil iyun oyida yangi tezkor so’rov o'tkazdi. Unda ishtirok etgan 82 mamlakat respondentlari, shu jumladan 2019 yilda emlash qamrovi darajasi 80%dan kam bo’lgan 14 ta mamlakat, 2020 yil may oyi bo’yicha o’zlarining emlash dasturlarida COVID-19 bilan bog'liq uzilishlar ro’y bergani haqida ma’lum qilganlar. Onlayn tarzda o’tkazilgan emlash mavzuiga bag’ishlangan tezkor so'rov natijasida 82 mamlakatdagi Sog'liqni saqlash vazirliklari, ilmiy doiralar va jahon miqyosida ish yuritayotgan sog'liqni saqlash tashkilotlari vakillarini o'z ichiga olgan, 260 ta emlash masalalari bo'yicha mutaxassislardan javoblar olindi. Aprel oyida o'tkazilgan avvalgi tezkor so’rov 107 mamlakatdan 801 ta javobni to’plagan va shuni ko'rsatdiki, rejali emlash dasturlaridagi uzilishlar keng tus olgan bo’lib, barcha hududlarga o’z ta'sirini ko'rsatgan. Ushbu so'rovda qatnashgan mamlakatlarning 64 foizi rejali emlashlarda uzilishlar sodir bo’lgani va hatto to'xtatib ham qo’yilganligini ta'kidlashgan.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimida jamoat sog'lig’ini saqlash sohasida global yetakchilikni ta'minlaydi. 1948 yilda tashkil etilgan JSST, 194 ta a'zo davlatlar bilan, oltita mintaqada va o’zining 150 dan ortiq idoralari orqali sog'liqni saqlash, dunyo xavfsizligini saqlash va himoyaga muhtojlarga xizmat ko'rsatish yo’lida faoliyat yuritadi. Bizning 2019-2023 yillarga mo'ljallangan maqsadimiz yana milliard nafar odamlarning umumiy sog'liqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olish va yana qo’shimcha bir milliard odamni so’g’liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish va yana boshqa bir milliard kishiga yanada mustahkam sog'liq va farovonlikni ta'minlashdir.

COVID-19 to’g’risida so’nggi ma’lumotlarni olish va o'zingizni koronavirusdan himoya qilish bo'yicha jamoat sog'lig’ini saqlash nuqtai nazaridan berilgan tavsiyalar bilan tanishish uchun www.who.int sahifasiga tashrif buyuring va TwitterFacebookInstagramLinkedInTikTokPinterestSnapchatYouTube larda JSSTni kuzatib boring.

Vaktsinalar va emlash mavzuiga oid k’proq ma’lumotlar

COVID-19 paytida emlash tadbirlariga oid yo’l-yo’riqlar  

COVID-19 pandemiyasi davrida emlash xatti-harakatlarini JSST qanday qo'llab-quvvatlamoqda

Vaktsinalarning muvaffaqiyatli misollari kelajak uchun umid bag'ishlaydi

UNICEF eng nochor bolalarga yordam berish uchun juda og‘ir sharoitlarda faoliyat yuritadi. Biz jahondagi har bir bola manfaatlarinii ilgari surib, 190 mamlakat va hududlarda faoliyat yuritamiz va dunyoni barcha uchun yaxshiroq qilishga intilamiz. UNICEF va uning bolalar manfaatlari yo’lida olib borayotgan ishlari to'g'risida qo’shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.org sahifasiga tashrif buyuring. COVID-19 haqida ko'proq ma'lumot olish uchun www.unicef.org/coronavirus  web-sahifasiga tashrif buyuring. UNICEFning emlash dasturi haqidagi ma'lumotini bu yerdan olishingiz mumkin. UNICEFni Twitter va Facebook da kuzatib boring.

OAVning murojaatlari uchun:

Sabrina Sidhu, UNICEF Nyu York, +19174761537, ssidhu@unicef.org

Diane Abad-Vergara, JSST, +41 (0)79 200 5878, abadvergarad@who.int

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.