Hukumat rasmiy vakillari va yoshlar O‘zbekistonda bolalarning odil sudlovdan foydalanishlari bo‘yicha strategiya va harakatlar rejasini muhokama qilmoqdalar

Bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash bo‘yicha o’smirlarning takliflari qarorlar qabul qiluvchilarga taqdim etildi

05 Dekabr 2023
UNICEF
UNICEF

TOSHKENT, 2023 yil 5 dekabr Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, hukumat, fuqarolik jamiyati, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek yoshlar O‘zbekistonda bolalarning odil sudlovdan foydalanishi masalalarini muhokama qilmoqdalar.

O‘zbekistonda qonun ustuvorligi islohotlarning hozirgi bosqichida, bolalar uchun odil sudlov muammolari alohida ustuvor vazifa sifatida qaralmaydi. Biroq, bolalarning odil sudlovga eaga bo’ishlari ularning yoshi, yetukligi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir bolaning huquqiy imkoniyatlarini kengaytirishni talab qiladi.

Bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini isloh qilish BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining O‘zbekiston bo‘yicha yakuniy xulosalari va tavsiyalarida bir necha bor ta’kidlangan.

Hamkorlar bolalarning odil sudlovdan foydalanishlari bo‘yicha strategiya va harakatlar rejasi loyihasini muhokama qilmoqdalar. Bolalarga nisbatan odil sudlovning yanada ixtisoslashgan tizimi va huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga nisbatan jinoiy ta’qibdan chetlashtrush choralarini joriy etish uchun mazkur strategiya asos bo’lishi kutilmoqda.

Ushbu strategiyaning asosiy qoidalariga quyidagilar kiradi:

  • Bolalarning odil sudlovdan foydalanishni ta'minlash uchun mavjud normativ-huquqiy bazani takomilashtirish.
  • Jinoiy, fuqarolik sudlov tizimlarining ixtisoslashuvini ta'minlash, ularda huquqbuzarlik sodir etgan hamda jabrlanuvchi va boshqa bolalarning bolaning eng ustun manfaatlarini kafolatlash hamda tegishli tartib-taomil va mexanizmlarni moslashtirish orqali do‘stona muhitni yaratish.
  • Bolalarning odil sudlovdan foydalanish sohasida idoralararo hamkorlikni kengaytirish, davlat dasturlarini ishlab chiqish, mazkur sohani monitoring qilish va baholash uchun ma'lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va ulardan foydalanish.
  • Huquq va manfaatlari buzilgan yoki shunday ehtimoli mavjud bo‘lgan bolalarga o‘z vaqtida va yetarli darajada yuridik yordam ko‘rsatilishini ta'minlash, shuningdek bolalar va yoshlarga huquqiy ta'lim-tarbiyani uzviy va tizimli olib borishni tashkil qilish.
  • Bolalar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va ozodlikdan mahrum etish jazosini oxirgi chora sifatida qo‘llash.

Bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishda Adliya vazirligi boshchiligida idoralararo ishchi guruhi tashkil etilgani, uning tashabbusi bilan bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha strategiya va harakatlar rejasi ishlab chiqilishi muhim qadam bo‘ldi.

“Bolalar uchun adolatli va ular manfaatlariga to‘laqonli mos keluvchi huquq tizimini yaratish barchamizning pirovard masadimiz. Bu maqsad yo‘lida yagona huquq ijodkorligini ta'minlash bizning burchimizdir”, - dedi adliya vaziri o'rinbosari Sherzod Rabiyev.

Mazkur davra suhbati oldidan 14-17 yoshli bolalar bilan O‘zbekistonda bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash bo‘yicha muhim maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Ularning tavsiya va takliflari inobatga olinadi.

“Bolalar kattalar kabi odil sudlovga huquqlari bor. Buni ta’minlash uchun adliya tizimlari bolalarning ehtiyojlari, yoshi, zaif jihatlari, yetuklik darajasi, jinsi, sharoitlari va alohida huquqlarini hisobga olishi kerak”, — dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Bolalarni himoya qilish bo‘limi rahbari Antonia Luedeke. “Bolalarning odil sudlov tizimidagi tajribasi va ularga qanday munosabatda bo‘lingani nafaqat bolalar huquqlarini zudlik bilan bugungi kunda himoya qilish va alamga oshirishga, balki bolaning kelajakda adliya muassasalariga ishonishi yoki ishonmasligiga ham bevosita ta’sir qiladi”,—deb ta’kidladi u.

O‘zbekistonda bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash uchun bolalar huquqlari bo‘yicha vakil (bolalar ombudsmanı) rolini kuchaytirish hamda tegishli davlat organlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

“Bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyati nafaqat turli guruhlardagi bolalar tushgan murakkab vaziyatlarga maqbul javob berish uchun sud yurituvi tizimini mustahkamlashdan iborat bo‘lib, bu jarayonda kompleks yondashuv asosida ishlashni taqazo etadi. Ya'ni,  odil sudlov tizimi bilan ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimlari o‘rtasidagi yaqindan hamkorlik bilan bir qatorda odil sudlov doirasiga kirgan bolalar bilan ishlaydigan ijtimoiy xodimlar va maxsus mutaxassislarning yanada ixtisoslashuvini talab etadi”, dedi Oliy Majlis bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.


OAV uchun kontaktlar: 

Boburjon Donayev

Adliya vazirligi

Huquqni qo‘llash departamenti mas'ul xodimi

 

Telefon: +998947089077

El. pochta: boburjondonayev@gmail.com

Safinas Ahayeva

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Bolar himoyasi masalalari bo’yicha mutavassis

Теlefon: +998935505282

El. pochta:

sahayeva@unicef.org

Nargiza Egamberdiyeva

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Теlefon: +998933803419

El. pochta: negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.