Greta Tunberg va Human Rights Act nodavlat tashkiloti UNICEF uchun koronavirusga qarshi kurashga qaratilgan va bola huquqlariga asoslangan kampaniyani boshlamoqda

Ekologiya himoyachisi yoshlarni, o’zining boshqa tarafdorlarni, barchani UNICEFning bolalar hayotini saqlab qolishga qaratiligan muhim faoliyatini qo'llab-quvvatlashga chaqirmoqda

01 May 2020
грета тунберг
UNICEF/UNI325446/Hellberg

Nyu-York, 2020 yil 30 aprel – Iqlim o’zgarishiga qarshi kurash faoli Greta Tunberg bugun Daniyaning Human Act nodavlat tashkiloti bilan birgalikda UNICEFning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish va bolalarni uning bevosita va bilvosita ta'siridan himoya qilish bo'yicha harakatlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida bola huqualarini himoya qilishga asoslangan kampaniyani boshladi. Pandemiyaning bolalar hayotiga ta’siri natijalariga oziq-ovqat yetishmovchiligi, sog'liqni saqlash tizimiga haddan tashqari bosim, zo'ravonlik va ta'lim olish imkoniyatlarini yo'qotish kabi masalalar kiradi.

“Iqlim o’zgarishi bilan bog’liq inqiroz singari, koronavirus pandemiyasi bolalar huquqlari sohasidagi inqirozdir,” - dedi Tunberg. “Bu hozirgi va yaqin kelajakni o'z ichiga olgan davrda barcha bolalarga o'z ta'sirini ko'rsatadi, va bunda zaif guruhlar ko'proq aziyat chekadi. Men barchangizni UNICEFning bolalar hayotini saqlab qolish, ularning sog'lig'ini himoya qilish va ta'lim olish jarayonini davom ettirish borasidagi muhim sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlashingizni so'rayman.”

Kampaniya Human Act va Greta Tunberg jamg'armasi nomidan UNICEFga 200 000 AQSh dollari miqdorida xayriya yordami berish bilan boshlanmoqda. Yaqinda Greta Tunberg o'zining global faolligi uchun Human Act jamg’armasi tomonidan taqdirlanib, uning jamg'armasiga 100 000 AQSh dollari miqdorida mukofot puli o'tkazildi. Ushbu mabla’ Human Act jamg’armasi tomonidan ajratilgan qo'shimcha 100 000 AQSh dollari miqdoridagi mablag' bilan birga UNICEFga o’tkaziladi.  

Kampaniyadan tushgan mablag'lar UNICEFning COVID-19 bilan kurashish bo'yicha favquloddagi vaziyatlar bo’yicha dasturlarini amalga oshirishga, jumladan sovun, niqoblar, tibbiyot qo'lqoplari, gigiena to'plamlari, himoya vositalari bilan ta'minlash, hayotni saqlasj uchun muhim bo’lgan ma'lumotlarni tarqatish va sog'liqni saqlash tizimiga ko'mak berishga yo'naltiriladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan shu oyda e’lon qilingan hisobotida, bolalar COVID-19 pandemiyasi oldida eng zaif guruhlardan biri bo'lishi xavfi haqida ogohlantirilgan. Shu davrgacha, bolalar ushbu kasallikning sog’likka bevosita ta'siriga uchramasalar-da, inqiroz ularning umumiy farovonligiga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Xususan, barcha yoshdagi va barcha mamlakatlardagi bolalar salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlardan va ba'zi hollarda, kasallik tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralarning oqibatlaridan aziyat chekmoqdalar.

Global miqyosda UNICEFning COVID-19ga qarshi faoliyati bolalar uchun zarur xizmatlarni davom ettirgan holda virusning tarqalish ko’lamini kamaytirish va uning bolalarga ta'sirini yumshatish uchun hamkorlar bilan birgalikda ishlashga qaratilgan. Bu quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Bolalar, ayollar va aholining boshqa zaif qatlamlari uchun asosiy materiallar va xizmatlarning mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatini ta'minlash.
  • Qo'llarni sovun bilan yuvish to'g'risidagi xabarlarni keng ommalashtirish.
  • Tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini, jumladan himoya kiyimlari, tibbiyot qo'lqoplari va niqoblar, shuningdek kislorod kontsentratorlari va dori-darmonlarni sotib olishda hukumatlarga yordam berish.
  • Maktabga bora olmaydigan bolalar uchun masofaviy ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish.
  • Jabrlangan bolalar va oilalarning ruhiy salomatligini ta’minlash va ularga ruhiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish.
  • Zarur immunizatsiya tadbirlari hamda bolalarga boshqa xizmatlarni ko'rsatishda yordam berish.

“Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash dunyo miqyosida insoniyat ko’rgan eng ulkan kurashdir ", dedi UNICEFning ijrochi direktori Genrietta For. “Bolalar va yoshlar COVID-19ning salbiy ta'siriga uchrashi mumkin bo’lgan asosiy guruh sanalgani tufayli, ular bu ofatga qarshi kurashda faol ishtirok etishni istashlari tabiiydir. Greta Tunberg o'zining faolligi bilan yoshlar dunyoni o'zgartirishga va bunda peshqadam bo'lishga tayyorligini isbotladi. UNICEF Greta va uning safdoshlari nafaqat ushbu pandemiyaga qarshi kurashishni tanlaganlaridan, balki o'z harakatlarini UNICEF bilan hamkorlikda amalga oshirishga bel bog'laganliklaridan juda mamnundir.”

###

 

Muharrirlarga eslatma

Multimedia materiallarini bu yerda yuklab olish mumkin.

Kampaniya haqida

Kampaniyaning asosiy sahifasiga kirish: www.unicef.org/coronavirus/join-greta

UNICEF haqida

UNICEF dunyodagi eng nochor bolalarga yordam berish uchun dunyoning barcha mamlakatlarida faoliyat olib boradi. Biz 190 dan ortiq mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, hamma uchun yaxshiroq dunyoni qurish uchun harakat qilamiz. UNICEF va uning bolalar manfaatlari yo’lidagi faoliyati haqida ko'proq ma'lumot bilan www.unicef.org. da tanishish mumkin.

Human Act Jamg’armasi haqida

Daniyaning Human Act Jamg’armasi dunyo miqyosida qashshoqlikka qarshi kurashish va barcha uchun erkinlik, tinchlik va adolatni targ'ib qilish bo'yicha faoliyat olib boruvchi NNT sanaladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun murojaat qiling;

Ingeborg Ekblom, UNICEF Shvetsiya 46709955916 / ingeborg.ekblom@unicef.se

Kurtis Cooper UNICEF, Nyo-York +917 476 1435 / kacooper@unicef.org

Dailo Alonso UNICEF, Jeneva + 41 79 601 9917 / dalonso@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF haqida

UNICEF dunyodagi eng nochor bolalarga yordam berish uchun dunyoning barcha mamlakatlarida faoliyat olib boradi. Biz 190 dan ortiq mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, hamma uchun yaxshiroq dunyoni qurish uchun harakat qilamiz. UNICEF va uning bolalar manfaatlari yo’lidagi faoliyati haqida ko'proq ma'lumot bilan www.unicef.org. da tanishish mumkin.