Ơzbekistonda migratsiya ta'siridan bolalarni himoyalash bơyicha loyiha ishga tushirildi

Ơzbekiston Xotin-qizlar qơmitasi va UNICEF, Evropa Ittifoqi kơmagida, migratsiya ta'siridan bolalarni himoyalash bơyicha loyihani ishga tushirdi

19 May 2019
press photo
UNICEF

Ơzbekiston Xotin-qizlar qơmitasi va UNICEF, Evropa Ittifoqi kơmagida, migratsiya  ta'siridan bolalarni himoyalash bơyicha loyihani ishga tushirdi. Ushbu loyiha Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo hamda Markaziy Osiyo mintaqalaridagi sakkizta mamlakatida, jumladan Ơzbekistonda amalga oshiriladi.

2020 yilning oxirigacha tơrtta viloyatda – Buxoro, Farg’ona, Surxandaryo va Xorazm viloyatlarida mazkur loyiha bơyicha tadbirlar olib boriladi. Muhojir ota-onalar tomonidan tashlab ketilgan bolalarga parvarish va himoya etishmasligi mumkin. Migratsiya  ta'sir kơrsatgan oilalar qiyinchilikka duch keladi va ijtimoiy himoyaga muhtoj bơladi. Bunday oilalar va bolalarga vasiylik va homiylik organlari, Xotin-qizlar qơmitasi, oilaviy markazlar va nohukumat tashkilotlari, shuningdek Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bơlinmalari tomonidan viloyat va tuman darajasida yordam kơrsatiladi.

Ushbu idoralarning migratsiya  ta'sir kơrsatgan oilalarga sifatli ijtimoiy xizmatlar kơrsatish sohasidagi salohiyatini oshirish, shuningdek bolalarni himoya qilish tizimidan foydalanishni  yaxshilash maqsadida Xotin-qizlar qơmitasi va  UNICEF  yaqindan hamkorlik qiladilar. Ushbu loyiha doirasida muhojirlarning oilalari va farzandlarining  ehtiyojlarini aniqlashga yơnaltirilgan tadqiqot ơtkaziladi.

«UNICEFning hisobotiga kơra, dunyoning boshqa mintaqalariga nisbatan migratsiya  ta'sir kơrsatgan bolalarning  eng katta ulushi Osiyoga tơg’ri keladi,»—dedi Sasha Graumann,  UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari. «Evropa Ittifoqi kơmagida UNICEF muhojir ota-onalari tomonidan tashlab ketilgan bolalar hamda tranzit jarayonidagi bolalarning  yanada  yaxshi  himoyasini ta'minlashni maqsad qilib olgan. Umid qilamizki, Hukumat va xalqaro tashkilotlarning birgalikdagi xatti-harakatlari Ơzbekistonda bolalarga vasiylik qilish tizimini takomillashtirishga ơz hissasini qơshadi. Bunga bolalarni zơravonlik va  kspluatasi dan himo lash, sog’liqni saqlash va ta'lim singari asosiy xizmatlardan foydalanish imkoni tini, shuningdek ularning qonuniy maqomini ta'minlash kiradi».

«Migratsiya  muammosi nafaqat Markaziy Osiyoda bơlibgina qolmay, balki global xarakterga  ga. Tobora kơproq odamlar  yaxshi hayot va daromad qidirib, uylarini va oilalarini tark  etmoqdalar,»- deb ta'kidladi Evropa Ittifoqining Ơzbekistondagi Delegasiyasi rahbari,  elchi  Eduards Stiprays. «Biroq  yaqqol iqtisodiy manfaatlardan tashqari migratsiya  boshqa jiddiy oqibatlarga ham olib kelishini kơramiz. Ushbu muammolarni hal qilish uchun Evropa Ittifoqi «Janubiy, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyoda migratsiya  ta'siridan bolalarni himoyalash» loyihasi doirasida multimintaqaviy tashabbusni qơllab-quvvatlashga qaror qildi. Ushbu loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlarida amalga oshiriladi hamda muhojirlarni qabul qiluvchi asosiy mamlakatlar bơlgan Qozog’iston va Rossiyadagi vaziyat tahlilini ơz ichiga oladi.»

«Biz birgalikda muhojirlar oilalarining bolalarini  e'tiborga oladigan bola himoyasi bơyicha barqaror siyosatni ta'minlashimizga ishonamiz,»-dedi Ơzbekiston Bosh vaziri ơrinbosari, Xotin-qizlar qơmitasi raisi Tanzila Narbaeva. «Bundan tashqari, loyihani amalga oshirish BMTning Bola huquqlari bơyicha qơmitasining tavsiyalarini bajarishga imkon beradi hamda Ơzbekistonda Bola huquqlari tơg’risidagi konvensiyaning bajarilishini tashkil  etish masalalari bơyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash ishining samarali bơlishiga kơmaklashadi,»-deb qơshimcha qildi u.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

About UNICEF

UNICEF promotes the rights and wellbeing of every child, in everything we do. Together with our partners, we work in 190 countries and territories to translate that commitment into practical action, focusing special effort on reaching the most vulnerable and excluded children, to the benefit of all children, everywhere.

For more information about UNICEF and its work for children, visit www.unicef.org.

Follow UNICEF on Twitter and Facebook