O'zbekistonga Pfizer-BioNTech vaksinasining 1,2 million dozasi keltirildi, UNICEF bu vaksinani saqlash uchun zarur bo'lgan sovuqlik zanjirini tayyorlashda yordam berdi

ТOSHKENT, 13 sentabr 2021 yil – Vaksinalarning adolatli taqsimlanishi amalga oshirilar ekan, AQSh hukumati O’zbekistonga Pfizer-BioNTech vaksinasining 1,200,000 dozasini taqdim etdi. UNICEF COVAX dasturi bo'yicha ularni yetkazib berishni ta'minladi, shuningdek vaksinani saqlash uchun o'ta sovuq omborni tayyorlash uchun uskunalar sotib olishga ko'maklashdi.
"Biz COVID-19 ga qarshi kurashda global birdamlikkning guvohi bo’lyapmiz va pandemiyaga qarshi kurashda ko'rsatilayotgan yordam uchun minnatdormiz",- dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʼi Bahodir Yusupaliev. “Bugun olingan vaksinalar butun mamlakat bo'ylab tarqatiladi", deya qo'shimcha qildi u.
COVAX tadbirlaridan tashqari, UNICEF umumiy hajmi 3064 litr bo'lgan sakkizta o'ta past haroratli muzlatgichni sotib oldi va etkazib berdi. Bu Pfizer-BioNTech vaksinasinining 1,2 million dozasini ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan sovuqlik talablariga muvofiq
-70 ° C darajada saqlash uchun etarlidir. Tegishli emlash xodimlari vaksinani to'g'ri saqlash va qo'llash bo'yicha o'qitildi.
"Bu ko'p tomonlama amaldagi hamkorlikni namoyish etadigan g'ururlanish vaqtidir. Biz COVAX orqali vaksinalarni bo’lishish, yetkazib berish va subsidiyalashni davom ettirayotgan AQShning qo'llab-quvvatlashini olqishlaymiz”, - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. "COVID-19 ga qarshi turli vaksinalarini saqlash va tarqatishga qo'yiladigan talablarga javob beruvchi sovuqlik zanjirini ta’munlashda Hukumatni qo'llab-quvvatlash uchun UNICEF O’zbekistonda hamkorlar bilan tinimsiz ishlashni davom ettiradi."
COVAX dasturi doirasida COVID-19 ga qarshi emlash dasturini amalga oshirishni tezlashtirish uchun O'zbekistonga yaqin oylarda qo'shimcha dozadagi vaksinalar keltirilishi kutilmoqda. COVAX dasturi, daromad darajasidan qat'i nazar, dunyoning barcha mamlakatlarini xavfsiz va samarali COVID-19 ga qarshi vaksinalar bilan ta'minlashga qaratilgan.
Hamkorlar pandemiya bilan kurashning, shuningdek iqtisodiy tiklanish va normal hayotga qaytishning muhim elementi bo'lgan COVID-19 ga qarshi emlanishga da’vat etadilar.
"COVAX orqali vaksinalarning tarqatilishi, ayniqsa maktablarning qayta ochilishini inobatga olgan holda, o'z vaqtida amalga oshirilmoqda. Qo'shma Shtatlar hukumatining ehsoni odamlarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Hammamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak, sog'liqni saqlash va ijtimoiy chora-tadbirlarga rioya qilishimiz hamda o'z himoyaiz va COVID-19 ning yangi to’lqining oldini olish uchun navabatimiz kelganida emlanishimiz zarur",- dedi JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari doktor Liann Kuppens.
Ommaviy axborot vositalari murojaat qilishlari uchun kontaktlar:
Malika Djalalova
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʼyicha mutaxassis
El.pochta: djalalovam@who.int
***
Nargiza Egamberdiyeva
UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʼyicha maslahatchi
El.pochta: negamberdieva@unicef.org
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to’g’risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.