Ovqatlanish
Bolalar va homilador ayollar o'rtasida oziq-ovqat etishmovchiligini hal qilish

Muammolar
BMT Bolalar jamg’armasi ( UNICEF) Ơzbekiston hukumatiga bolalar va homilador ayollar ơrtasida oziqlanish tanqisligiga qaratilgan ilmiy-amaliy isbotlangan ma'lumotlarga asoslangan qonun – qoidalar va dasturlar yaratishda kơmaklashmoqda. Jamg’arma oziqlanish, oziq – ovqat maxsulotlarini boyitish, aholini oziqlanish va mikrooziqlanish tanqisligi borasida xabardor qilish tashviqotlari, hamda oziqlanish tanqisligini nazorat qilish imkoniyatlarini kuchaytirish bơyicha me'yoriy – qonuniy asosni ishlab chiqish va joriy qilishda qơllab – quvvatlaydi.
UNICEF Bolalar va chaqaloqlarni parvarish qilish dasturini joriy qilish hamda 6-24 oylik bolalarni qơshimcha oziqlantirishga rag’batlantirish orqali, kơkrak suti bilan oziqlantirish va optimal oziqlantirish amaliyotlarini ilgari suradi.
Shu bilan bir qatorda tashkilot oilalar bolalarni dastlabki yoshlaridan boshlab tơg’ri oziqlantirish uslublaridan boxabar ekanliklarini ta'minlovchi interaktiv va mahalla tadbirlariga asoslangan dasturlarni ham qơllab – quvvatlaydi.
Yutuqlarimiz
UNICEF tomonidan “Yod etishmovchiligining oldini olish haqida” qonun, “2009 – 2011 yillar uchun Oziqlanishni takomillashtirish Milliy strategiyasi”, 2010 yilda Ơzbekiston aholisi ơrtasida mikronutrientlar tanqisligini bartaraf qilish tơg’risida” qonun kabi me'yoriy hujjatlarni qabul qilinishida amaliy kơmak kơrsatdi va imkoniyatlar yaratib berdi.
UNICEF sog’liqni saqlash mutaxassislari salohiyatini oshirishda, “Bolalar va chaqaloqlarni oziklashtirish” dasturi va unga qơshimcha holda “Kơkrak suti bilan istisnosiz oziqlantirish”, “Bolaga do’stona munosabatdagi kasalxona tashabbusi”, “Ơsish – rivojlanishni monitoringi” kơrsatmalari ostida optimal oziqlanish amaliyotlarini keng yoyishda kơmaklashdi.
Sog’liqni saqlash vazirligiga vitamin A tanqisligi va 6-59 oylik bolalar orasida qizamiq kasalligining oldini olishda UNICEF tomonidan kơmak berildi. Mamlakat miqyosida 98% bolalar vitamin A bilan ta'minlandi.
UNICEF Qoraqalpog’iston hududida yashovchi aholi orasida uy sharoitida oziqlanish ta'minotini joriy qilgan holda 6-24 oylik bolalarga “Bolalar va chaqaloqlarni oziqlantirish” dasturi tavsiya qilgan mikronutrientlar tanqisligini bartaraf qiluvchi qơshimcha mikronutrient kukundorilari bilan ta'minladi. Dastlabki natijalar 35-40% bolalar ơrtasida anemiya kơrsatkichi pasayganligini isbot qildi.
UNICEF Sog’liqni saqlash vazirligiga chaqaloqlarni faqat kơkrak suti bilan oziqlantirish amaliyotini qơllanilishi va kơkrak sutini sog’liqni saqlash tashkilotlarida ơzga sun'iy oziqalari bilan almashitrishga rag’batlantirmaslikka qarata sayyi harakatlarni qơllab – quvvatladi. 2010 yilga kelib, 35 nafar tug’ruqxona va dastlabki tibbiy yordam muassasasi bolalarga do’stona munosabatdagi shifoxonalar deb tan olindi.
Istiqboldagi rejalar
UNICEF Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida bola ơsishini monitoring qilish, bo’yi va vazni normadan past bo’lgan bolalarga zarur yordam ko’rsatish maqsadida zamonaviy mexanizmlar ustida taxlillar olib borish va qarorlar qabul qilishni yơlga qơyishni qơllab – quvvatlashda davom etadi.
UNICEF umumjahon miqyosida tan olingan “Bola va chaqaloq oziqlanishi” dasturi tibbiy ta'lim ơquv dasturiga kiritilishiga imkoniyat yaratishga ko’maklashadi va amaliy qơllanmalar bilan ta'minlaydi. Shu bilan birga amaliyotdagi shifokorlar va hamshiralar tomonidan oziqlanish uslublari bơyicha maslahatlar berish borasida imkoniyatlarini kuchaytiradi.
UNICEF tomonidan ona va bola oziqlanish masalalari borasida mahalliy imkoniyatlarni kuchaytirishga qaratilgan “Jamoatchilikka asoslangan” yondashuvi ishlab chiqiladi va tadbiq qilinadi.
UNICEF mikronutrient tanqisligini bartaraf qilishda shu jumladan yod, temir va vitamin A tanqisligi, tashviqotlar, me'yoriy – qonuniy asoslar va mutaxassislar imkoniyatlarini kuchaytirish orqali amaliy kơmak berishda davom etadi.