O'zbekistonda COVID-19ga qarshi emlashga nisbatan ishonchni kuchaytirish maqsadida jamoatchilik bilan muloqotlar boshlandi

03 Avgust 2021

TOSHKENT, 2021 yil 3-avgust –Sanitariya-epidemiologiya farovonligi va aholi salomatligi xizmati, UNICEF, JSST va “Yuksalish” Umummilliy harakati bilan birgalikda, COVID-19ga qarshi emlash mavzusida jamoatchilik bilan muloqotlarni boshladi. Bu mamlakatdagi jamoalarning qo'rquvini bartaraf etish va ular o'rtasida keng tarqalgan noto'g'ri ma'lumotni hal qilishdagi muhim qadamdir.

Jamoatchilik bilan muloqotlardan avval O'zbekistonning barcha hududlarida mahalla rahbarlari hamda xotin-qizlar, yoshlar va din ulamolari bilan maslahatlashuvlar o’tkaziladi. 

“Hukumat O'zbekistonda COVID-19ga qarshi emlashni yo'lga qo'yar ekan, emlashni targ'ib qilishga mahalliy jamoalarni jalb qilish muhim rol o'ynaydi", - dedi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi va aholi salomatligi xizmati boshlig’i Bahodir Yusupaliev. "Muloqot mahalliy rahbarlar uchun jamoalarning xavotirlari haqida gapirish va aholi orasida vaksinaga bo'lgan ishonchsizlikni bartaraf etish bo'yicha yechimlarni taklif qilish uchun platforma bo'lib xizmat qiladi".

Jamoa muloqotlarining dastlabki seriyasi kecha Jizzax viloyatida boshlandi. Bunday tdbirlar barcha viloyatlarda mahalliy yetakchilar va xalq hurmatiga sazovor bo’lgan shaxslarni qamrab oladi. 

"COVID-19 bilan kurashish uchun hukumat va xalqaro hamjamiyat vaksinalarni yetkazib berar ekan, jamoalar o'z qo'rquvlari va vaksinaga nisbatan qat’iyatsizlikni yengish orqali emlatishga safarbar etilayotgani muhim ahamiyat kasb etadi", - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. "Biz hozir ikkita pandemiyaning o'rtasidamiz: COVID-19 pandemiyasi hamda virus haqidagi noto'g'ri ma'lumotlar, fitna va noaniqliklardan iborat infodemiya. Jamoalar bilan muloqot etika jihatlarini e’tiborga olgan holda o’tkazilib, emlashga bo'lgan ishonchni mustahkamlaydi.”

Jamoa muloqotlarini Sog'liqni saqlash vazirligining immunizatsiya ekspertlari olib boradilar. Ular COVID-19ga qarshi emlanish bo'yicha jamoalarning xavotirlarini maslahatlashuv tariqasida muhokama qilib, emlash bo’yicha ularni qiziqtirayotgan savollarga javob beradilar. 

"Pandemiya va vaksinatsiya mamlakatning har bir fuqarosini tashvishga solmoqda, shu bois qaror qabul qilish jarayoniga aholining barcha qatlamlarini inklyuziv ravishda jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi",-dedi "Yuksalish" Umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov.

O'zbekiston, butun dunyo kabi, pandemiyaning uchinchi to'lqini bilan kurashar ekan, COVID-19ga qarshi emlanish haqida afsona va noto'g'ri ma'lumotlar muammosi saqlanib qolmoqda.

 

##

 

UNICEF haqida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz. 

UNICEF va uning faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda UNICEF faoliyatini kuzatib boring Twitter | Facebook | Instagram

 

Ommaviy axborot vositalari murojaat qilishlari uchun kontaktlar:

 

Dilfuza Nabiyeva 

Taraqqiyot uchun kommunikatsiyalar bo'yicha maslahatchi

Telefon: +998 93 5509772

E-pochta: dnabieva@unicef.org  

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqa bo'yicha maslahatchi

Telefon: +998 93 380 34 19

E-pochta: negamberdieva@unicef.org 

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.