Munir Mamedzade
UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

Munir Mamedzade UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimida ish faoliyatini 2020-yilning avgust oyida boshladi.
So'nggi uch yil davomida u UNICEFning Qirg'izistondagi vakili o'rinbosari sifatida ishlagan, UNICEF dasturlarini boshqarish, mazkur tashilotdagi hamda BMT tizimidagi tarmoqlararo hamkorlikni muvofiqlashtirish bo’yicha mas’ul bo’lib, dasturlarni boshqarish guruhining raisi vazifasini bajargan. U UNICEFning Ozarbayjon, Moldova, Nepaldagi vakolatxonalarida, shuningdek Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha mintaqaviy vakolatxonasida ishlagan.
UNICEFdagi mehnat faoliyatidan avval Munir Mamedzade turli sohalarda bir qator lavozimlarda, xususan yoshlar masalalari bo’yicha yirik nodavlat tashkilotining ijrochi direktori, Ozarbayjonda Inson huquqlari bo'yicha Ombudsman idorasining xalqaro bo'limi boshlig'i lavozimlarida ishlagan. U inson huquqlari, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik rahbarlik tajribasiga ega.
Munir Mamedzade Moskva Davlat Ochiq Universitetini iqtisodiyot mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. U Shveytsariyaning Friburg Universitetida ta’lim olib, bolalar huquqlari sohasidagi ilg'or dastur bo’yicha magistr darajasiga ega bo’lgan.
Munir Mamedzade Ozarbayjon fuqarosi. Ingliz, rus va turk tillarini yaxshi biladi. Oilali, 11 yoshli o'g'li bor.