O’zbekistonda uy xo’jaliklari bilan so’rovnoma o’tkazishga asoslangan Multiindikator klaster kuzatuvlari boshlandi

06 Aprel 2021

 

TOSHKENT, 5 aprel 2021 yil  – Bugun O'zbekistonning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to'g'risida muhim ma'lumotlarni yig'ish boshlandi.

Ushbu tadqiqot uy xo’jaliklari bilan so’rovnoma o’tkazishga asoslangan Multiindikator klster kuzatuvlari bo’lib, MICS deb ataladi. Ma'lumotlarni yig'ish bugun boshlanib, 2021 yil 31-iyulgacha davom etadi. Hukumat va MICS doirasida hamkorlik qilayotgan tashkilotlar mahalla va oilalarni tadqiqotchilarni xonadonlariga kiritib, ma'lumot taqdim etishda ko’mak berishga chorlaydi.

To’plangan ma'lumotlar va ko'rsatkichlar O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo'lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim bo'ladi va xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni, rivojlanish va xizmat ko’rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalag oshirish uchun ham zarurdir.

MICS Davlat statistika qo’mitasi va UNICEF tomonidan amalga oshirilmoqda. Avval MICS O’zbekistonda 2006 yilda o’tkazilgan edi.

So'nggi yigirma yil ichida 100 dan ortiq mamlakatlarda bolalar va ayollar farovonligining asosiy ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etish va ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan siyosatni shakllantirishga yordam berish uchun 300 dan ortiq MIKS tadqiqotlari o’tkazildi.

#####

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Jamoliddin Ismailov, MICS dasturi bo’yicha maslahatchi

Теlefon: +99893 550 97 76

El. pochta: jismailov@unicef.org

***

Nargiza Egamberdiyeva, Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Теlefon: +998 93 380 34 19

El. pochta: negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.