COVID-19: XQXQYOJF, UNICEF va JSST bolalarni himoya qilish va maktablarning xavfsiz ishlashini qo'llab-quvvatlash bo'yicha yo’riqnoma ishlab chiqdi

Yo’riqnona ma'murlar, o'qituvchilar, ota-onalar va bolalar uchun zarur amallar ro’yxati hamda amaliy choralar tavsifidan iborat

13 Mart 2020

Bolalar va maktablarni COVID-19 dan himoya qilish bo'yicha qo'shma yo’riqnomani yuklab oling.
 

JENEVA / Nyu-York, 2020 yil 10 mart - Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi (XQXQYOJF), BMT Bolalar jamg’armasi (UNICEF) va Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) bugun bolalar va maktablarni COVID-19 (koronavirus) yuqishidan himoya qilishga yordam beradigan yangi yo’riqnomani e'lon qildi. Mazkur qo’llanma maktablar xavfsizligini ta’minlashda foydali bo’ladigan muhim maslahatlarni, shuningdek amaliy choralar ro’yxati va tavsifibi o’z ichiga oladi. U, shuningdek, milliy va mahalliy hokimiyat organlariga ta'lim muassasalarida favqulodda vaziyatga rejalarni moslashtirish va tadbiq qilish bo’yicha ma’lumot beradi. 

Maktab yopilgan taqdirda, qo'llanma bolalarning o'qishi va farovonligiga potensial salbiy ta'sirlarni kamaytirish bo'yicha ko’rsatmalarga rioya qilishni maslahat beradi. Bu ta'limning uzluksizligini ta'minlash uchun rejalar tayor bo’lidhini nazarda tutadi.  Onlayn ta'lim strategiyalari, radieshittirish shaklidagi fanlar bo’yicha darslar, barcha bolalar uchun zarur xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash shular jumlasiga kiradi. Ushbu rejalar maktablarni xavfsiz ravishda qayta ochish uchun zarur choralarni ham o'z ichiga olishi kerak. 

Maktablar yopilmagan joylarda bolalar va ularning oilalari xabardor va himoyalangan  bo’lishini ta’minlash uchun quyidagi tadbirla ramalga oshirilishi zarur:

  • Bolalarga o'zlarini qanday himoya qilishlari haqida ma'lumot berish;
  • Qo'llarni to’g’ri yuvish va gigiyena amaliyotlarini rag'batlantirish, shuningdek gigiyena vositalari bilan ta'minlash;
  • Maktab binolarini, ayniqsa suv etkazib berish va sanitariya joylarini tozalash va zararsizlantirish; hamda
  • Havo oqimi va ventillyatsiyani kuchaytirish. 

Ko'rsatma COVID-19 tarqalishi tasdiqlagan mamlakatlar uchun ishlab chiqilgan bo’lsa-da, boshqa barcha holatlarda ham dolzarbdir. Ma’rifiy tadbirlar o'quvchilarni viruslar tarqalishining oldini olish haqida boshqalarga to’g’ri ma’lumot berish, uyda, maktabda va o’z hamjamiyatlarida kasallikning oldini olish va nazorat qilish uchun targ'ibotchi bo'lishlariga undashi mumkin. Maktablar xavfsiz ravishda faoliyat ko’rsatisi, yoki yopilgan maktablarning qayta ochilishi ko'pgina jihatlarni e’tiborga olishni talab qiladi. Agar hamma narsa to’g’ri qilinsa, bu aholi salomatligini muhofaza qilishga hissa qo’shishi mumkin.

Masalan, Gvineya, Liberiya va Syerra-Leoneda 2014-2016 yillarda Ebola virusi tarqalishi davrida maktab xavfsizligini ta’minlash tamoyillariga amal qilish virusning maktablarda tarqalishining oldini olishga yordam berdi.

UNICEF barcha – ham faoliyatini davom ettirayotga, ham o’quvchilarga masofadan dars berayotgan – maktablarni o’z o’quvchilarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga da’vat etadi. Bolalar o'zlarini va oilala a’zolarini himoya qilish uchun zarur bo’lgan qo’l yuvish va boshqa himoya choralari to'g'risidagi muhim ma'lumotlarni ularga etkazish; o’quvchilar ruxan sog’lom bo’lishlari uchun ularni qo’llab-quvvatlash; o'quvchilarni bir-biriga mehribon bo'lishga undash; virus haqida gapirganda stereotiplardan holi bo’lishga undab, stigma va kamsitishlarning oldini olishga yordam berish maktablarning vazifalaridir. 

Yangi yo’riqnoma ota-onalar va bolaalr tarbiyasi bilan mashg’ul boshqalar, shu bilan birga bolalar va o’quvchilarning o’zlari uchun ham foydali bo’lgan maslahatlar va amaliy choralarni taqdim etadi. Quyidagilar shunday choralar jumlasiga kiradi: 

  • Bolalar salomatligini kuzatib borish va ular kasal bo'lsa, uyda qoldirish;
  • Bolalarni savol berishga va tashvishlari bilan bo’lishishga undash; va
  • Yo’talganda va aks urganda bukilgan tirsak yoki qog’oz salfetka bilan og’izni berkitish, hamda yuz, ko'z, og'iz va burunga qo’l tekkizmaslik.

###

 

Qo'shimcha ma'lumot uchun murojaat qiling:

Kristofer Tidey, UNICEF Nyu-York, +1 917 340 3017, ctidey@unicef.org

Laura Ngô-Fontaine , Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi , + 41 22 730 4485 , Mob. +41 79 570 4418 , laura.ngofontaine@ifrc.org   

Tarik Jasarevich , JSST, +41227915099 , Mob. +41 79 367 6214 , jasarevict@who.int      

 

XQXQYOJF to’g’risida 

XQXQYOJF 192 Milliy Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlarini o’z ichiga olgan hamda hayotlarni saqlab qolish va jahonda qadr-qimatni targ’ib qilish uchun ishlaydigan dunyodagi eng yirik gumanitar tarmoqdir.

www.ifrc.org - Facebook - Twitter - YouTube      


JSST to’g’risida


COVID-19 haqida va koronavirusdan himoyalanish bo'yicha tavsiyalar uchun Twitter , Facebook , Instagram , LinkedIn , TikTok , Pinterest , Snapchat , YouTube-da JSST ga tashrif buyuring.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF faoliyatini Twitter va Facebook da kuzatib boring. COVID-19 haqidagi batafsil ma'lumot, bolalar va oilalarni himoya qilish bo’yicha ko’rsatmalar www.unicef.org/coronavirus da berilgan.