O'zbekiston himoyaga muhtoj bolalar va oilalarning farovonligi uchun ijtimoiy ishlarni kuchaytiradi

Xalqaro forumda bolalarning ijtimoiy himoyasini yaxshilashga qaratilgan strategik va barqaror yondashuvlar muhokama qilindi

UNICEF Uzbekistan
eu training
UNICEF Uzbekistan
19 Dekabr 2019

2019 yil 21-22 noyabr kunlari Toshkentda "O'zbekistonda bolalar va oilalar farovonligini ta'minlashda ijtimoiy ishni mustahkamlash " mavzusida forum bo'lib o'tdi.

Respublika bolalarning Ijtimoiy moslashuvi markazi, "Sen Yolgiz Emassan" jamg'armasi, "Oila" markazi, Sog'liqni saqlash, Xalq ta'limi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari, O'zbekiston Milliy universiteti va UNICEF tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir BMT Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning 30 yilligiga bag’ishlandi. Unda ijtimoiy sohaning turli jabhalarida ishlayotgan mutaxassislar, jumladan xalqaro va mahalliy ekspertlar, siyosatchilar, parlament a'zolari, davlat idoralari vakillari, tadqiqotchi va amaliyotchilar ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi O'zbekistonda ijtimoiy ishlarni samarali rejalashtirish va bu sohani rivojlantirish bo'yicha uzoq muddatli echimlarni ishlab chiqish, shuningdek ushbu sohaga muntazam ravishda investitsiya kiritish va shu orqali himoyaga muhtoj oilalar farovonligini ta’minlash uchun barqaror yondashuvni qabul qilish uchun hukumatning harakatlar strategiyasiga hissa qo'shishdan iboratdir. Shuningdek, tadbirda bolalarni himoya qilish bo'yicha islohotlarni kuchaytirish uchun ijtimoiy xizmat xodimlarini o'qitish va qo'llab-quvvatlash, ushbu tadbirlarni rejalashtirishning samarali usullari ko'rib chiqildi.

“Biz ijtimoiy xizmatlarga ishchi kuchini qanday rejalashtirish, rivojlantirish va investitsiya qilishni o'rganishimiz kerak."

Forumda oilaviy muhitdan mahrum bo'lgan bolalarga xizmat ko'rsatish borasidagi ishlar, shuningdek nogironligi bo’lgan bolalar integratsiyasi hamda ijtimoiy va huquqiy xavf guruhlaridagi bolalar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

UNICEFning mintaqaviy vakolatxonasining bolalarni himoya qilish bo'yicha maslahatchisi, Stela Grigorash: “Hatto muassasalar hukumatlar tomonidan yaxshi moliyalashtirilgan va kichik guruh bolalar uchun mo'ljallangan mamlakatlarda ham ularning barchasi bolalar uchun zararli hisoblanadi. Shuning uchun biz ushbu yondashuvdan uzoqlashishimiz kerak. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, jismoniy va jinsiy zo'ravonlik bunday maxsus muassasalarda ko'proq uchraydi,”-dedi. U bolalar oilaviy muhitda eng yaxshi rivojlanishini ta'kidladi.

Stela Grigorash, shuningdek, 2018 yilda Buxarestda bo'lib o'tgan konferentsiyada 20 dan ortiq mamlakatlar tomonidan ma'qullangan Mintaqaviy harakatga chaqiriqni kelgusida amalga oshirishga da’vat etdi. Unda ijtimoiy xizmatla sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish asosiy tamoyillari, shu jumladan ijtimoiy sohaning umumiy ta'riflariga rozilik bildirilgan, jumladan. xizmat ko'rsatish va ijtimoiy xodimlarning vakolatlarini kengaytirish masalalari ham kurilgan. “Biz ijtimoiy xizmatlarga ishchi kuchini qanday rejalashtirish, rivojlantirish va investitsiya qilishni o'rganishimiz kerak. Ular bizga mahalliy miqyosda juda zarur. Davlat tomonidan ijtimoiy ishchilarni qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega,"- dedi u.

"Qonun bilan ziddiyatda bo’lgan bolalar ko'pincha vaziyatlarning qurboni bo'lishadi va ularning barchasi odil sudlovdan bahramand bo'lishlari uchun huquqiy yordam olish huquqiga ega."

Nogironligi bo’lgan bolalar uchun ijtimoiy xizmatlar bo'yicha munozaralar sog'liqni saqlash tizimidagi mavjud modeldan ijtimoiy modelga o'tish zarurligi ta'kidlandi. Bu jamoalarning ijtimoiy integratsiya jarayonlariga ko'proq jalb qilinishini anglatadi.

Shuningdek, ishtirokchilar inklyuziv ta'lim berishda nogiron bolalarning ijodiy qobiliyatlaridan foydalanish usullarini ham o'rganib chiqdilar

Penniy Kakama, UNIVEFning Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha mintaqaviy vakolatxonasining bolalarni himoya qilish bo'yicha mutaxassisi, bolalar uchun odil sudlovni ta'minlashdagi asosiy muammolar haqida gapirdi. "Qonun bilan ziddiyatda bo’lgan bolalar ko'pincha vaziyatlarning qurboni bo'lishadi va ularning barchasi odil sudlovdan bahramand bo'lishlari uchun huquqiy yordam olish huquqiga ega", dedi u o'z murojaatida.

Forum ishtirokchilari, shuningdek, O'zbekistonning bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida so'nggi yillarda amalga oshirgan chora-tadbirlar, shu jumladan, ushbu sohadagi qonunchilik bazasini rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlar haqida gapirishdi. Shu bilan birga, bolalarning ijtimoiy himoyasi tizimini yaratish uchun hal qilinishi kerak bo'lgan masalalar hali ham mavjud.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, O'zbekistonda bolalarni himoya qilish muassasalari mavjud bo'lsa ham, ular bir qator omillar, masalan agentliklar o'rtasida muvofiqlashtiruvning sustligi, ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishning yaxlit tizimi yo'qligi va malakali mutaxassislarning etishmasligi kabi sabablar uchun samarali ishlamayapti. Ma'ruzachilar ta'kidladilarki, mamlakat malakali ijtimoiy ishchilarni tayyorlashga, jumladan, ish boshqaruvchisi darajasida, mavjud kadrlardagi bo'shliqlarni bartaraf etish va bolalarning sezgir himoyasi tizimlarini ta'minlash uchun sarmoya kiritishi juda muhimdir.

Forum ishtirokchilari samarali ijtimoiy xizmat kadrlarini rivojlantirish uchun asosiy shartlarni belgilab oldilar. Ijtimoiy ishchilar uchun kasb va lavozimlarni aniqlash va ishlab chiqish zaruriyati mavjudligi aytib o’tildi. Bu sohadagi o'quv dasturlari tegishli fanlar bo'yicha ta'lim va o'qitish sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiq bo'lishi lozimligiga e’tibor qaratildi. Ijtimoiy xizmat xodimlari kam ta'minlangan oilalarga tashrif buyurishlari, ularning ahvolini baholashlari va yordam ko'rsatish uchun zarur choralar ko'rilishi zarurligi ta’kidlandi.