Har bir bola g'amxo'r oilada ulg'ayish huquqiga ega

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish

UNICEF Uzbekistan
eu training
UNICEF Uzbekistan
19 Dekabr 2019
(Bolaning ismi shaxsni himoya qilish uchun o'zgartirildi)

Termiz shahridagi oilalardan biridagi bolalar ularning ota-onasi chet elga ishga ketgani bois buvisining qaramog’ida qoldilar. Ota-onalari yuborgan pul eng zarur narsalarga etar, bolalar esa ularni borgan sari ko’proq sog’ininar edilar.

Keksa ayol uchun 15 yoshli nabirasi bilan til topishish tobora qiyinlashib borardi. Muxlisa o’zidan ancha katta qizlar bilan do’stlasha boshladi. Ular Muxlisaga ular bilan yashashni, biror ish orqali pul topishni taklif qilishdi. Muxlisa maktabga bormay qo’ydi, uyidan ketdi.

Bir kuni dugonalar Toshkentga borishga qaror qilishdi, Muxlisani ham taklif qilishdi. Postlardan birida DAN xodimi ularning mashinasini to'xtatdi. Voyaga etmagan qizn notanish kattalar bilan ekanligi unda shubha uyg’otdi..

Muxlisa Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining (IIB) Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markaziga (VEIHYKM) yuborildi. Ushbu markaz qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan o'smirlarning oila va jamiyatga qayta integratsiyasiga yordam beradi. Markaz bolalarning holati va ehtiyojlarini baholaydi, voyaga etmagan bolani oilaga qaytarish yoki yo’piq ta'lim muassasasiga joylashtirish haqida xulosa chiqaradi. Markaz, shuningdek, o'smirlar uchun vaqtincha boshpana bo'lib, u erda bolalar 45 kun davomida ularga tegishli ish hujjatlari voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha idoralararo komissiyaga va keyinchalik sudga yuborilguniga qadar yashab turishadi.

Muxlisa yopiq muassasada qoldirilishi mumkin edi. Markaz psixologi u bilan uchrashishdan oldin, Ichki ishlar vazirligi tomonidan mamlakatning 14 viloyatidan kelgan Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazi xizmatlarining menejerlari, psixologlari va ijtimoiy ishchilari uchun UNICEF ko'magida tashkil etilgan ikkita treningda qatnashgan edi. Trening ishtirokchilari huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, migratsiya ta'sirida bo'lgan bolalarni himoya qilish bo'yicha ijtimoiy ish ko'nikmalariga o'rgatilgan edilar.

«Muxlisaga yordam berish uchun men yangi bilimlarni hayotga tatbiq etishga qaror qildim,– deydi Mohida Jo'raeva, Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam markazi Surxondaryo viloyati psixologi. –  Qizning ahvolini o'rganib chiqib, biz uning qarindoshlari bilan uchrashdik, uning buvisiga pensiyani rasmiylashtirishda yordam berdik. Shuningdek, Muxlisaga homilylik qilish to’g’risida Yoshlar ittifoqining viloyat bo'limi bilan kelishib oldik. Chet eldagi ota-onasi blan bog’lanib, uning onasini qaytishga, bolalari bilan birga bo'lishga ko’ndurdik. Endi qiz uyda yashaydi va maktabga boradi. Va bu holat alohida hol emas. Ushbu treninglar bizga bolalarga yordam beradigan samarali vositalarni taqdim etadi».

обсуждение участников тренинга
UNICEF Uzbekistan

Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri bolaning oilada o'sishi va tegishli parvarishga ega bo’lish huquqini ta'minlashdan iborat.

Joriy yilning 27-29 noyabr kunlari O'zbekistonning 14 viloyatdagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazlarining ijtimoiy ishchilari va psixologlari uchun navbatdagi trening bo'lib o'tdi. Avvalgilariga o'xshab, ushbu trening "Migratsiya ta'sirida bo'lgan bolalarni himoya qilish" loyihasi (2018–2020) doirasida amalga oshirildi. Loyiha Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan bo’lib, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va UNICEF tomonidan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri bolaning oilada o'sishi va tegishli parvarishga ega bo’lish huquqini ta'minlashdan iborat. Xalqaro standartlarga muvofiq, bolani ixtisoslashtirilgan yopiq muassasaga joylashtirish boshqa iloji bo’lmagan holdagina eng so’nggi chora bo'lishi kerak. Ushbu maqsadga erishish uchun Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazlarida bilimli, yuqori malakali ijtimoiy xodimlar va psixologlar ishlashlari kerak. Ular bolalarning holatini har tomonlama baholash va har bir bolaning manfaati uchun tegishli choralarni ko'rish uchun bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak.

«Trening menga qiyin hayot sharoitida bo'lgan bolalar bilan qanday qilib yangi usulda ishlash kerakligi haqida tushuncha berdi, – deb takidladi Bahrom Saidov, Bukhoro viloyati Ichki ishlar bo’limi Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazi rahbari. – Uyga qaytganimdan keyin, o'z bilimlarimni hamkasblarim bilan o’rtoqlashaman.»

14 viloyatning Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazlarining xodimlari o'smirlarga ijtimoiy va huquqiy yordam ko'rsatish sohasidagi xalqaro va mahalliy tajriba bilan tanishdilar. Ular kelgusi hamkorlik to'g'risida kelishib oldilar va bolalarni yopiq muassasalarga joylashtirishning oldini olish sohasida hamkorlikni kuchaytirish bo'yicha tavsiyalar berdilar.