Ijtimoiy byudjetlashtirish
Moliyaviy siyosatda yangi yondashuvni ilgari surish

Bizning faoliyatimiz
UNICEF moliyaviy siyosatda yangi yondashuvni ilgari surmoqda - bolalar farovonligini ta’minlash uchun ijtimoiy byudjet tuzish yoki birinchi navbatda bolalar farovonligi va huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan, bolalar manfaatlarini ko‘zlovchi byudjet tuzish. Shuningdek, UNICEF ushbu sohada shaffoflik, hisobdorlik va jamoat ishtirokini kuchaytirish, byudjet mablag‘larini bolalar manfaatlarida taqsimlash maqsadida ish olib boradi, davlat xarajatlarini doimo monitoring qilish, qat’iy nazorat olib borish va samaradorligini oshirish mexanizmlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi. UNICEF ijtimoiy byudjetlashtirish masalalarida Moliya vazirligi bilan samarali hamkorlik munosabatlarini o‘rnatdi. Buning natijasida byudjet mablag‘lari bolalar ta’limi va ularning farovonligini oshirish uchun maqsadli taqsimlanishi bo‘yicha muhim tadqiqotlar o‘tkazildi. Ayni vaqtda UNICEF moliyaviy rejalashtirish bilan shug‘ullanuvchi sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari uchun tegishli o‘quvni tashkil qildi.
Yutuqlarimiz
- В январе 2019 года был опубликован отчет «Инвестиции в будущее Узбекистана: Социальная защита детей и семей в Узбекистане», который оценивает барьеры, с которыми сталкивается население Узбекистана, и на сколько эффективно настоящая система социальной защиты помогает преодолевать эти барьеры, в особенности детям и молодежи. Основываясь на оценке сильных и слабых сторон системы, в отчёте предоставлены предложения по повышению эффективности системы социальной защиты в удовлетворении потребностей детей и молодежи.
- В июле 2018 года был опубликован отчет «Поколение Узбекистана 2030: Время инвестировать в развитие детей и молодежи для получения демографического дивиденда», где ЮНИСЕФ, основываясь на собственном анализе, определил, что Узбекистан находится на стадии «раннего демографического дивиденда" и призывал Правительство эффективно воспользоваться данной возможностью посредством инвестирования в детей и молодежь, которые являются человеческим капиталом будущего для страны.
- В марте 2018 года был опубликован отчет «Структура государственных инвестиций в детей в Узбекистане: текущее состояние и перспективы развития», который представил рекомендации основываясь на результатах проведённой оценки существующей структуры государственных инвестиций в детей в Узбекистане, а также анализа международного опыта в обеспечении достаточного уровня государственных инвестиций в детей.
Istiqboldagi rejalar
- bolalar taqdim etilayotgan xizmatlar bilan qamrab olinishidan kelib chiqib, xodimlar, infratuzilma va mavjud resurslarga doir ish rejalariga viloyat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muvofiqlashtirishlar kiritilishi maqsadida ishlab chiqilgan muqobil moliyaviy modullardan O‘zbekistonning uchta maqsadli viloyatlaridagi 20ta maktabgacha muassasalarida tajriba asosida foydalanish;
- bolalar bog‘chalari va yaslilarning byudjet xarajatlarini o‘rganish, turli maktabgacha muassasalarda mablag‘larni sarflashdagi tafovutlarni aniqlash hamda bolalarni oilada parvarishlashni yaxshilashga ko‘maklashish va ijtimoiy muhofaza tizimini kuchaytirish va kengaytirish yo‘li bilan noinstitutsionallashtirish jarayonini ilgari surish;
- muhtoj oilalarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Jahon banki kabi muhim xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish siyosatini ko‘rib chiqish;
- ma’lumotlarni umumlashtirib to‘plash va jarayonga teng yondashuvlar elementlarini kiritishga asoslangan moliyaviy rejalashtirishni nomarkazlashtirish va uning uslubiyatini yaxshilash uchun salohiyatni oshirish dasturlarini amalga oshirish yo‘li bilan viloyat hokimliklariga yordam ko‘rsatish;
- muayyan sharoitlarga yanada moslashuvchan bo‘lishini ta’minlash uchun me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, bolalar uchun yanada yaxshi natijalarga erishish maqsadida respublika, viloyat va mahalliy tuzilmalar rahbarlariga mavjud mablag‘lardan samarali foydalanishda yordam berish.