Mehnat migratsiyasi bolaning nigohida

Oʻn bir yoshli Ahadjon onasi uni yetimxonada qoldirib, mamlakatni tark etish toʻgʻrisidagi qiyin qarorga kelguniga qadar, hayot naqadar mashaqqatli boʻlganligini eslaydi.

UNICEF Uzbekistan
Ребенок у окна.
UNICEF Uzbekistan/2020
25 Fevral 2021

Oʻn bir yoshli Ahadjon onasi uni yetimxonada qoldirib, mamlakatni tark etish toʻgʻrisidagi qiyin qarorga kelguniga qadar, hayot naqadar mashaqqatli boʻlganligini eslaydi.

“Bizning turar joyimiz yoʻq edi. Onam hech qayerda ishlamasdi. Biz ikki oy davomida buvim dafn etilgan qabristonda yashadik, shundan keyin onam meni "Mehribonlik" bolalar uyida qoldirish toʻgʻrisidagi qiyin qarorni qabul qilishga majbur boʻldilar. - Ahadjon, 11 yoshda.

Ahadjon walking away with his only close person.

Bunday qismatda u yolgʻiz emas.

Koʻpayib borayotgan dalillar shuni koʻrsatadiki, ota-onalar oʻz oilalari uchun tirikchilik qilish ilinjida mamlakatni tark etar ekanlar. Oʻzbekistondan ham mehnat muhojirlari safiga qoʻshilayotgan odamlar soni koʻpaymoqda.

Biroq, muhojirlarning vatan tashqarisidagi hayoti har doim ham farovon boʻlmaydi. Norasmiy dalillar shuni koʻrsatdiki, muhojirlar oʻz hayotida juda koʻp muammolarga duch keladi. Ammo ularning orasida eng asosiy muammo shundaki, koʻpincha muhojirlar farzandlarini  oʻz mamlakatlaridagi qarindoshlariga tashlab ketishadi, bu esa bolalariga oʻta salbiy ta’sir koʻrsatadi.

Masalan, yaqinda oʻtkazilgan "Migratsiyaning Oʻzbekistondagi bolalarga ta’siri" mavzusidagi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekistondagi mehnat muhojirlarining aksariyati farzandlarini qarindoshlariga vasiylikni rasmiylashtirmasdan qoldirar ekanlar. Bundan tashqari, Ahadjon bilan sodir boʻlgani kabi, ota-onalarning migratsiyasi bolalarni yopiq muassasalarga joylashtirishga olib kelishi mumkin. 

Tadqiqot koʻrsatishicha, turli sharoitlarda bu holat bolalarga doimo chuqur psixologik ta’sir koʻrsatadi. Ota-onalar ketganidan keyin bolalar oʻzlarini zaif, yolgʻiz va tushkun his qilishlari mumkin. Masalan, bolalarning koʻpchiligi tashvish va psixologik stressni boshdan kechiradi, bu esa oʻz navbatida bolalar farovonligining boshqa jihatlariga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.

Muhojir ota-onalar tomonidan tashlab qoʻyilgan bolalarga tegishli global va mintaqaviy ustuvorliklarni hal qilish uchun mamlakatimizda Yevropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan moliyalashtirilgan "Janubi-Sharqiy, Janubiy va Markaziy Osiyoda migratsiya ta’sirida boʻlgan bolalarni himoya qilish" loyihasi 2018 yildan buyon faol ishlamoqda. Loyiha ota-onalardan biri yoki ikkalasi tomonidan qoldirilgan 403 nafar bolalar mavjud (220 nafar oʻgʻil bolalar va 183 nafar qiz bolalar) 204 ta oilani qamrab olgan.

Migrantlarning bolalari va oilalariga yordam berish uchun loyihaning maslahat qoʻmitasi aniqlangan muammolarni hal qilish maqsadida bir nechta tavsiyalar berishda muhim rol oʻynadi. Tadqiqot natijalariga koʻra, qoʻmita ijtimoiy xodimlarga migrantlar oilalari oʻz bolalari uchun vasiylikni rasmiylashtirishda ularga yordam koʻrsatish topshirigʻini berdi.

Dasturni amalga oshirish natijasida paydo boʻlgan yana bir muhim tavsiya, mahalliy shahar hokimiyatlari va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda, oilalarni qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini yaratish orqali Oʻzbekistonda ijtimoiy himoyalash tizimini kengaytirish zaruratini ta’kidlashdan iborat boʻldi. Qoʻmita, shuningdek, migratsiya toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan oldin odamlarni oʻz mamlakatlarida yoki mintaqalarida mavjud boʻlgan ish imkoniyatlari toʻgʻrisida xabardor qilish uchun mutaxassislarni jalb qilish muhimligini ta’kidladi.

Vazirlik va idoralar vakillariga sogʻliqni saqlash xizmatlaridan umumiy foydalanish, norasmiy ta’lim dasturlari va maktabgacha ta’limni butun Oʻzbekiston boʻylab qamrab olishni yaxshilashga koʻmaklashish topshirildi.

Shuningdek, migrantlar oilalariga kundalik ishlarini boshqarishda qoʻshimcha koʻmak va koʻrsatmalar berilishi yuzasidan qaror qabul qilindi, shunda bolalar qoʻshimcha uy yumushlarini bajarmasliklari kerak, negaki bu ularning norasmiy ta’limda qatnashishlariga toʻsqinlik qilishi mumkin.

Young Nigora taking care of her siblings.

"Men onlayn tarzda ta’lim ololmadim, chunki dars paytida xolalarimga shaftoli terishga yordam berardim ... hozir esa men ovqat ham pishiraman, uyni ham tozalayman va ukalarim va singlimga gʻamxoʻrlik qilaman" - Nigora, 16 yoshda.

2020 yilning boshida loyihaning maslahat qoʻmitasi mehnat muhojirlari farzandlari uchun maktablar, kollejlar va mahalliy jamoalarda professional psixologik qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini kengaytirish muhimligini ta’kidladi. Aniqlangan muammolar koʻrib chiqildi va mutaxassislar ularni hal qilish uchun faol ishladilar.

2020 yilda oilalarga vasiylik/homiylikni rasmiylashtirishda yordam berildi. Kasb-hunar ta’limi va moddiy ahvolni yaxshilash boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgandan soʻng, loyiha tomonidan qamrab olingan oilalarda, boshqa oilalarga nisbatan, bir qishiga toʻgʻri keladigan daromad ulushi 65 foizga oshganligi kuzatildi.

Migrantlarning barcha oilalariga (204 ta oila) naqd pul va oziq-ovqat shaklida bir martalik moddiy yordam berildi, ba’zilariga dori-darmon bilan yordam koʻrsatildi.

Timur and his close people

“Bizga yer berildi, hozir biz shu yerda uch xonali uy quryapmiz. Hukumat menga Germaniyada oyogʻimni operatsiya qilishga yordam berdi, endi men yaxshi yuryapman. Onam ishlayapti, A’zam esa maktabdan keyin xolamning doʻkonida yuk tashuvchi boʻlib ishlayapti"- Timur, 12 yoshda.

Yevropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan moliyalashtirilgan "Janubi-Sharqiy, Janubiy va Markaziy Osiyoda migratsiya ta’sirida boʻlgan bolalarni himoya qilish" loyihasi oʻz ishini davom ettirmoqda va koʻplab bolalar va ularning oilalari hayotini yaxshilashga yordam bermoqda.