O'zbekistonga COVID-19ga qarshi emlash uchun vaktsinalarning birinchi qismi keltirildi
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan 660 ming dozadagi AstraZeneca vaksinasi yetkazib berildi.
17 mart kuni erta tongda UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade va Sog'liqni saqlash vazirligi vakillari Toshkent aeroportida O'zbekiston uchun ajratilgan COVID-19ga qarshi vaksinalarining birinchi qismini qabil qilishdi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan 660 ming dozadagi AstraZeneca vaksinasi yetkazib berildi.
Vaksinalar Sanitariya-epidemiologiya farovonligi va sog'liqni saqlash xizmatining maxsus sovuqxonasiga olib borildi. Ushbu inshoot Vaksinalar va immunizatsiya bo'yicha global alyans (GAVI) va UNICEF ko'magida qurilgan va jihozlangan.
Xuddi shu kuni Munir Mamedzade vaksinalarni O'zbekiston hukumatiga topshirishga rahbarlik qildi. Tantanali tadbirda Sog'liqni saqlash vazirligi, BMT agentliklari va COVAX donor mamlakatlarining elchilari qatnashdilar. Ular COVAX tashabbusining COVID-19 sababli yuzaga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi ahamiyatini ta'kidladilar.
Amerika Qo'shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Quvayt elchilari va Evropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari donor davlatlar global pandemiyaga qarshi kurashga o'z hissalarini qo'shish imkoniyatidan mamnun ekanliklarini bildirdilar va bu borada amalga oshirilgan ulkan ishlarni ta'kidladilar. UNICEF, JSST va Jahon banki vaktsinalarini sotib olish va yetkazib berish ishlarida ishtirok etgan barchaga o'z minnatdorchiligini bildirdilar.
O'zbekiston sog'liqni saqlash vazirining o'rinbosari Bahodir Yusupaliyev o'z nutqida vaksinalarni olib kelish tadbirlarning bir qismi ekanligini aytib, vaktsinalarni siatli saqlash va tarqatilishini ta'minlash ham muhimligini t’kidladi. Shu bois sovuqlik zanjiri inshootlarining mavjudligi, vaksinalarni saqlash uchun zarur bo'lgan haroratni ushlab turish uchun elektr energiyasining uzluksizligini ta'minlash juda muhimdir. Shaxsiy himoya vositalari va emlash uchun shpritslar saqlanadigan maxsus ombor ham jihozlangan.
«Bu COVID-19 ga qarshi vaksinalarni butun dunyoda odilona taqsimlash maqsadiga erishish yo‘lidagi tarixiy qadamdir,» - dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. «Vaksinalarga teng va odilona ega bo‘lish pandemiyani to‘xtatishda o‘ta muhimdir, shu bois vaksinalarga hamma ega bo‘lishini ta'minlashimiz zarur.»
Yetkazib berilgan 660 000 doza vaksinalar COVAX O‘zbekiston uchun ajratgan 2 256 000 doza vaksinalarning birinchi qismidir. Vaksinalarning qolgan qismi yaqin oylarda keltiriladi.