O‘zbekiston bolalar uchun odil sudlovni takomillashtirishga sodiqligini namoyon etmoqda

25 Avgust 2022

TOSHKENT, 2022 yil 25 avgust – Bolalar uchun odil sudlov sohasida faoliyat yuritayotgan milliy mutaxassislar va ekspertlar bugun “O‘zbekistonda bolalar uchun odil sudlovdan foydalanish imkoniyati: hozirgi holat va istiqbollar” mavzusidagi konferentsiyada yig‘ilib, O‘zbekistonda odil sudlovga erishishdagi to‘siqlar va imkoniyatlarni muhokama qilib, huquqiy islohotlar bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.

“Qizlar va o’g’il bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash har bir bolaning huquqlari, jumladan, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya hamda zo’ravonlik va shafqatsiz munosabatdan himoya qilish huquqlari buzilgan hollarda adolatli, oʻz vaqtida amalga oshiriladigan samarali himoya vositalaridan foydalanish bo’yicha qonunlar, tizimlar va amaliyotlar mavjudligini anglatadi", dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. “Adliya va aholini ijtimoiy himoya qilish tizimlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bolaning alohida ehtiyojlari, yoshi, jinsi va qobiliyatini e’tiborga olgan holda uning oliy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak”, deb ta’kidladi u.

2016 yildan buyon O‘zbekistonda milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga, qonun ustuvorligi bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani joriy etishga qaratilgan huquqiy va sud-huquq islohotlarining yangi bosqichi izchil davom etmoqda. Islohotlar davomida qonunchilikka bir qator muhim o‘zgarishlar kiritilgan bo‘lsa-da, bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash O‘zbekistonning huquqiy va qonun ustuvorligi islohotlari kun tartibida alohida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanmagan.

“Bolalar uchun odil sudlovdan foydalanish faqatgina odil sudlovni va ma’muriy tizimlarni mustahkamlashdan iborat emas. Bu turli davlat organlarining yaqin o‘zaro hamkorligi hamdir”, dedi bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova. “Bolalar uchun odil sudlov birinchi navbatda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning mavjudligini va ozodlikdan mahrum qilish faqatgina so‘nggi chora sifatida ko‘rilishini nazarda tutadi”.

Konferentsiyada Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, mas’ul davlat idoralari vakillari, soha mutaxassislari, fuqarolik jamiyati faollari, akademiklar, xalqaro ekspertlar, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan vakillari ishtirok etdilar.

Konferentsiya ishtirokchilari O‘zbekistonda bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli harakatlar to‘g‘risida kelishib oldilar. Ular har biri uchun batafsil yo‘riqnomani o‘z ichiga olgan quyidagi keng ko‘lamli tavsiyalarni berdilar:

  1. Bolalar uchun adolatli sudlovdan foydalanishni ta’minlash uchun keng qamrovli huquqiy va siyosiy asoslarni ishlab chiqish va qabul qilish.
  2. Jinoiy, fuqarolik va ma’muriy adliya tizimlarining ixtisoslashuvini ta’minlash va qonun bilan aloqada bo‘lgan bolalarning huquqlari va ehtiyojlarini qondirish mexanizmlarini moslashtirish.
  3. Qonun bilan aloqada bo‘lgan bolalarga o‘z vaqtida va etarli darajada yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash.
  4. Bolalarni ozodlikdan mahrum etishni eng qisqa muddatga so‘nggi chora sifatida qo‘llash.
  5. Siyosat va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholash uchun ma’lumotlarni to‘plash va boshqarish, shuningdek, bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyati bo‘yicha tadqiqotlarni kuchaytirish.
  6. Bolalarning huquqiy imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha tashabbuslarni boshlash va bolalarning odil sudlovdan foydalanishlarini qo‘llab-quvvatlashga oilalar va mutaxassislarni jalb qilish.
  7. Bolalarning adolatli sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun tarmoqlararo hamkorlikni kengaytirish.
  8. Bolalarning odil sudlovdan foydalanishiga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy normalar bilan kurashshish.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Safinas Axayeva

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Bola himoyasi bo‘yicha maslahatchi

Tel.: +99871 233 95 12

El. pochta: sahaeva@unicef.org

***

Nargiza Egamberdiyeva

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi

Tel.: +99871 233 95 12

El. pochta: negamberdieva@unicef.org

***

Shoxjaxon Kulturaev

Ombudsman kotibiyatining Bolalar xuquqlari himoyasi bo‘limi

Yetakchi mutaxassis

Tel.: + 99871 239 82 99

El. pochta: info_ombudsman.uzb@umail.uz

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.